Xalq musiqa ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi
Samarqand – Buxoro musiqa uslubining ijro yo’llari
Download 108.04 Kb.
|
Buxoro samarqand musiqa uslubi
Samarqand – Buxoro musiqa uslubining ijro yo’llari
Buxoro-Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha. Buxoro-Samarqand shahar va viloyat hududlarida an’anaviy shakllangan musiqiy an’analar- xalq qo’shiqlari, ashulalari, cholg’u kuylari, qaqrsak o’yin aytimlari va kasbiy musiqaga oid dostonchilik, sozandachilik, maqom san’ati keng o’rin tutadi. Mazkur uslubga xos eng muhim xususiyat bu- ikki tillilik, ya’ni o’zbek va tojik tilida ijro etish an’anasining namoyon bo’lishidir. Ikki tillilik an’anasi xalq musiqasida turlicha shakllarda aks etadi. Ayrim xalq qo’shiqlarini bir vaqtning o’zida ham o’zbek, ham tojik tillarida kuylanadigan varianti. Bunda qo’shiq bandlari o’zbek tilida, naqarot esa tojik tilida, ba’zan aksincha, ayrim xalq qo’shiqlari har ikki tilda kuylanishi imkoni mavjuddir. Xalq bayramlari, to’y-tomoshalari bilan bog’liq “ “Guli surx”, “Qayroq o’yin”, “Zang o’yin” keng tarqalgan. Buxoro-Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san’ati ham ancha keng rivollangan bo’lib, u asosan ayollar ijodi bilan bog’liqdir. Sozanda- bu yakkaxon aytimchi bo’lib, u qo’lida qayroq yoki zang (qo’ng’iroqcha) ushlab raqsga tushadi, qo’shiq bandlarini kuylaydi.Ikki –uch ayoldan iborat doirachilar dastasi yesa naqarot bilan jo’r bo’lib turishadi. Sozanda dastasida jami uch-to’rt ayol qatnashadi. Ular o’z san’atini faqat xotin-qizlar davrasida o’tkaziladigan yig’in, to’y, bayramlarda namoyish etadi. Ularning repertuari o’zbek va tojik tilida, repertuari yesa o’yin-aytimlaridan iborat bo’ladi. Buxoro-Samarqandning uslubidagi boshqa vohalarda uchratadigan janrlaridan biri bu “Mavrigi” janridir. “Mavrigi”- ko’p qismli o’yin-aytim turkum bo’lib, uning ijrosida uch va undan ortiq kasbiy xonandalar va bir ikki o’yinchi (raqqoslar) ishtirok etadi. Mavrigi asosan erkaklar tomonidan aytimlar va raqs-o’yiniga tushiladi. Jo’rsiz sifatida faqat doiradan foydalaniladi. Mavrigi aytimlarida ikki tillilik an’anasi namoyon bo’lib turadi. Mavrigixonlik asosan Buxoro va uning ayrim tumanlarida tarqalgan. Ijroda yakkaxon- bandni aytadi, naqarotchilar ishtirok etadi. Ashula ikki va undan ortiq qismlardan iborat bo’lib, dastlabki qism vazminroq ruhda bo’lgan “ Kirish”, keyingi qismlarda ritm tezlashib boradi. Shu sababli unda usullari asosiy tutadi. Download 108.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling