Xalq og’zaki ijodi
Uyga vazifani so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash
Download 171.9 Kb.
|
123-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Б аҳолаш мезонлари. “Офарин“, “Баракалло“, “Ҳаракат қил”
Uyga vazifani so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi: - So’ylang hozir qaysi dars, Tayyormisiz saboqqa? A’lo baho olish-chun Aniq, to’g’ri javobga? O’quvchi: -Hozir darsimiz o’qish. Biz o’tgan o’qish darslarda “Xalq og’zaki ijodi” bo’limi bilan tanishgan edik. Б аҳолаш мезонлари. “Офарин“, “Баракалло“, “Ҳаракат қил” сўзлари ёзилган шакллар. Dam olish daqiqasi: Shamol oppoq qorlarni Quvib-quvib xo’p yeldi. Bizga oppoq o’rmondan Archa mehmonga keldi. - Bolalar, qor ingliz tilida nima deyiladi? (snow) -Rus tilida –chi? (снег) Qor haqida ingliz yoki rus tilida she’rlar bilasizmi?(O’quvchilar she’r aytib berishadi) O’qituvchi: Qish faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz? 8-dekabr Konstitutsiya kuni 10-dekabr Madhiyamiz qabul qilingan kun 31-dekabr Yangi yil 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni Dars quyidagi shartlar asosida o’tkaziladi 1-shart: “Moychechak” usuli orqali uyga berilgan “Xalq og’zaki ijodi va uning turlari” bo’yicha ma’lumotlar berish 1-guruh - Xalq og‘zaki ijodining boshqa ijod namunalaridan farqi va uning ahamiyatli jihati shundaki, u bir inson yoki ijodkor tomonidan emas balki xalq tomonidan yaratilgan. Og‘izdan og‘izga o‘tib sayqal topib borgan. Aytish mumkinki, xalq og‘zaki ijodi dono xalqimizning chuqur ma’naviy xazinasidir. Xalq og’zaki ijodiga maqol, topishmoq, ertak, doston, qo’shiqlar kiradi. Biz yaxshi bilamizki, ona tilimiz ilk bor qulog‘imizga ona allasi orqali kiradi va ertaklar vositasida kamol topib boradi. Bir gapni ko‘p ta’kidlashadi: “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”. Haqiqatdan ham ertaklarda shunday tarbiyaviy bir kuch borki, u bizning ilk dunyoqarashimizni shakllantiradi. 2-guruh - Maqollarda mazmun qisqa va aniq, fikrlar tugal bo‘ladi. O‘quvchini xulosa chiqarishga undaydi va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Maqollarni otalar so’zi ham deb ataladi. Masalan: Vataning tinch –sen tinch. Do’st – do’stning oynasi. Kitob – bilim manbai Birlashgan o’zar – birlashmagan to’zar Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l 3-guruh - Topishmoqlarda fikr qisqa va ochiq bo‘ladi. Ya’ni fikr tugal bo‘lmaydi, mazmun aniq bo‘lmaydi. O‘quvchini topishga undaydi va ziyraklikka o‘rgatadi. Miyasini charhlaydi. Masalan: Qat-qat qatlama, aqling bo’lsa tashlama (Kitob) Yumshoq, lekin paxta emas, G’irchillaydi, taxta emas. Daraxtlarni kiyintirar, Oppoqqina, yaxtak emas. (Qor) 4-guruh - Xalq qo‘shiqlari dastlab odamlarning tabiat hodisalariga munosabati, chaqiruv, undov sifatida yaratilgan. Keyinchalik xalq turmushini, kechinmalarini, orzu-umidlari, o‘y-hayollarini ifodalovchi lirik janr sifatida katta e’tibor topgan. Xalqimiz san’atni sevuvchi xalq. Doim ham uning hayotida xalq qo‘shiqlari katta ahamiyat kasb etgan. Bugungi kunda ham hayotimizning biror bir jabhasini bu qo‘shiqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xalqimiz san’atni sevuvchi xalq. Doim ham uning hayotida xalq qo‘shiqlari katta ahamiyat kasb etgan. Bugungi kunda ham hayotimizning biror bir jabhasini bu qo‘shiqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Download 171.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling