Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari


Download 159.68 Kb.
bet10/18
Sana06.02.2023
Hajmi159.68 Kb.
#1169760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Xalq pedagogikasi 1-2-bob

I-bob bo’yicha xulosalar
Xalq pedagogikasi boy madaniyatimiz va ma`naviyatimizning ajralmas qismi bo`lib, o`tmishda yaratilgan va asrlar osha sayqal topib bugungi kungacha yetib kelgan xalq og’zaki ijodi namunalari xalqimizning ana shunday boy madaniy merosining durdonalaridir.
Xalq og’zaki ijodining durdonalari xalqimizning ma’lum davrdagi turmush tarzi, urf-odatlari, mehnat faoliyati xaq qalbidagi orzu-istaklari, g’am-tashvishlari, quvonch va armonlari ifodalanishi bilan birga har bir davrga hamnafas bo`lib yashaydi.
Xalq tomonidan yaratilib. og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tib kelgan badiiy asarlar xalq og'zaki ijodi yoki folklor (ingl. "folk” - xalq, "lore”- donolik, ya’ni xalq donoligi. donishmandligi) deb yuritiladi. Xalq og'zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo'shiqlar, maqol, matal, afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar, askiya, doston, tez aytish, masal, alla, yor-yorlar, kelin salomlar, topishmoq, naqllar, hikmatlar, pandnomalar, aforizmlar va b. Xalq og'zaki ijodining yuqorida sanab o'tilgan barcha janrlarida yosh avlodni m a’naviy-axloqiy tarbiyalash yo'llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, olijanoblik. qadr. vafo, sadoqat. yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, halollik, adolat, insof, andishalilik, insonparvarlik, kabi xislatlar ulug'lanadi, yomonlik, bevafolik, baxillik. xasislik, qo'rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, xushom adgo'ylik, andishasizlik, ochko'zlik, m as’uliyatsizlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi.


II-bob Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning amaliy mexanizmlari.
2.1.Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni.
Qadim zamonlardan buyon faylasuflar,olimlar, ota-onalar, yozuvchilar va o`qituvchi-murabbiylar kelajak avlodni axloqiy tarbiyalash masalasi bo`yicha turli yangiliklar kiritishga harakat qilib kelishmoqda.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan tartib, odob, o`zaro munosabat, muloqot va xulq- atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko`nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muxim tarkibiy qismi.
Axloqiy tarbiya –shaxsning har tomonlama shakllanishida muhim tarkibiy qismdir. U O`quvchilarga axloqiy tarsavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning axloqiy his tuyg`u va sifatlarini, ijobiy munosabatlar va xulq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.
Axloqiy tarbiya jarayonida o`quvchilar axloqiy axloqiy jihatdan kamolga yetadi.Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o`z-o`ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o`z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida bir shakli hisoblanadi.

O`quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishda.Hozirgi kunda o`qituvchilar asosan shaxsga yo`naltirilgan ta`lim nazariyasi asosida o`qitishayotganligi sababli o`quuvchilar nizoga tushmasdan faqat o`z fikrini ochiq aytishni va o`z pozitsiyasini himoya qilishni o`rganadi. Shu tarzda o`z-o`zini hurmat qilish va ahamiyatlilik shakllanadi. Biroq yuqori natijaga erishish uchun o`qituvchilar o`quvchilarga:


-vatanparvarlik tuyg`ulari,
-shaxsiy fazilatlar,
-jamoaviy munosabatlar,
-aytilmagan odob-axloq qoidalarini ham singdirib borishlari zarur.
Agar o`qituvchilar ushbu yo`nalishlarning har birida bir ozdan ishlasalar ham ajoyib bazani yaratayotgan bo`ladilar. Tarbiya faqatgina maktabda berilmaydi, oilada shakllantirilgan tarbiya maktabda sayqallanadi. Shu sababli o`quvchilarda tarbiyani bolalik paytlaridan ota-onalari, oila a’zolari shakllantirishgan bo`ladi.
Barchamizga ma`lumki shaxs kamolotiga oila, ijtimoiy muhit va irsiyat ta`sir qiladi. Bolalar tug’ulib voyaga yetgunlariga qadar qadimdan meros bo`lib kelayotgan tarbiya tamoyillarini o’zlashtirishadi. “Qush inida ko`rganini qiladi” oilada axloqiy tarbiyaga qanchalik ahamiyat berilgan bo`lsa bu bolaning tarbiyalanganlik darajasiga yaqqol ta`sir o`tkazadi.
Axloqiy tarbiya bu – xalqimizning o’z farzandlarini qanday kishilar bo’lib yetishishlari haqidagi orzu-umidlarining pedagogik inikosidir. O’zbek xalqi o’z farzandlari uchun orzu-umidlarini xalq pedagogikasi, ertak, maqol, doston va qo’shiq, shuningdek, san‘at asarlarida aks ettirib kelgan. Ulardan ijodiy foydalanish hozirda ham o’ta zarurdir. Masalaning muhim tomoni shundaki, hozirgi o’zbeklar zamon bilan hamnafas yashamoqda. Jahon miqyosida texnika va texnologiya rivojlanayotgan bir paytda O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati zamon bilan hamnafas bo`lishni taqozo qilmoqda. Shu sababli xalqimiz milliylik mafkurasiga singdirilgan barkamol farzandlarni tarbiyalashni o’z oldidagi eng yuksak maqsadlardan biri sifatida qabul qilgan. Bugungi o’zbek bolasi o’tgan asrdagi o’zbek bolasidan keskin farq qiladi. Endilikda o’zbek bolalarining qanchalik darajada milliy-madaniylashganini tadqiq qilmoq, ularni manqurtlik, kosmopolitizim, har xil aqidaparastlik va boshqa illatlardan himoyalashni doimiy asosga qo’yish payti yetdi. O’zbek bolasi siymosini yaratish uchun eng avvalo, milliy tarbiyaning huququiy me‘yoriy, sotsiologik tadbirlarini ishlab chiqmoq kerak. Mustaqil O’zbekistonning ma‘naviy hayotidagi katta yutuqlardan biri-vijdon erkinligidir. Ana shundan kelib chiqib milliylikni to’g’ri va chuqur tushunishning qanchalik maqsadga muvofiqligini, hayot o’rtaga qo’ygan muammolarning muvaffaqqiyatli hal qilinishiga yordam bera olish-olmasligini muhokama qilish kerak. O’zbek o’g’il-qizlari milliy tarbiya asosida komil inson siymosiga ega bo’lmoqlari darkor.
Axloqiy tarbiyada oilaviy muhit katta ahamiyat kasb etishini xalq maqollarida ham ko’rishimiz mumkin. “Qazisan,qartasa, asl naslinga tortasan”, “Yomon urug’dan yaxshi hosil kutma”, “Ota-ona andoza”, “Jiyda ning tagiga jiyda tushadi, olmaning tagiga olma”, “Onasini ko`rib qizini ol” kabi maqollar bizda avloq-ajdodlarning xarakter, xulq-atvor jihatlari bir biriga ta`sir ko’satishi yaqqol misol sifatida keltirilgan.



Download 159.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling