Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari


O’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning didaktik ta’minoti


Download 159.68 Kb.
bet11/18
Sana06.02.2023
Hajmi159.68 Kb.
#1169760
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Xalq pedagogikasi 1-2-bob

2.2.O’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning didaktik ta’minoti.
Chex Pedagogi Yan Amos Komenskiy bolada yoshligidan boshlab axloq va odob hosil qilish kerakligini aytib o`tgan. Axloqiy fazilatlarga mardlik, o`zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va vaziyat talab qilganda foyda yetkazishga tayyorlik, burchni ado qilish kabi xislatlarni kiritib o`tgan. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni ham muhim vazifa deb hisoblaydi.
Komenskiy axloqiy tarbiya vositalarini quyidagilar deb ta`kidlagan:
a)ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining namunasi;
b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar o’tkazish;
v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin – qullik qurolidir, deydi. Bolalarga insoniy muomalada bo’lishini aytdi.
Intizom:
a) o’qituvchining namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi,
b) o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi),
v) bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi.
Yan Amos Komenskiy ta`kidlagan fikrlar o`zimizning xalq pedagogikasida ham bir necha marotaba ta`kidlab o`tilgan. Bolani rag`batlantirish sifatida alqas, maqtash, olqishlash amalga oshirilgan
M .Murodov o ‘zbek xalqining boy o ‘yin merosini quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi:
1. Tabiiy -mavsumiy o ‘yinlar.
2. Hududiy va turli joylarga xos o ‘yinlar.
3. Turli yoshlarga xos o'yinlar.
4. Turli jinsdagilar o'yinlari.
5. Mashg‘ulot, mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o ‘yinlar.
6. Voqeaband o ‘yinlar.
7. Harakatli o'yinlar.
8. Turli vositali o ‘yinlar.
9. Hayvonlar ishtirokida o ‘tadigan o ‘yinlar6
Xalqimiz qadimdan bolalar tarbiyasiga befarq qaramagan. Yoshga monand ta’sir ko`rsatish yo`l va vositalari yaratilgan. Rag`batlantirish va jazodan o`z o`rnida foydalanishgan. . «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona» debyilganidek bolaning tarbiyasiga qo`shnilar, -mahalla faollari befarq qarashmagan. Odob-axloqida, tarbiyasida xatolik uchraganda bola jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlar qisqa va lekin o`ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan «yomon bo`ladi» iborasi bilan tavsiflangan.
Masalan, xalqimizdan qadim qadimdan non eng qadrli narsa sifatida qaralib, “non ham non, ushog`i ham non” o’gitiga amal qilingan holda nonning ushog’i bexosdan yerga tushib ketsa, «yomon bo`ladi» deb, uni qo`lga olib ko`zga surtib o`pib, chetga olib qo`yilgan.
Suvga tuflash -«gunoh» bo`ladi, «yomon bo`ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biror kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu «yomon bo`ladi» iborasi orqali yetkazilgan.
«Yomon bo`ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g`amxo`rlik tarbiyalangan, yetim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor yetkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo`lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o`ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo`ni-qo`shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan. Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo`ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
Masalan, quyosh chiqquncha uxlash munmkin emas-“yomon bo`ladi, tong sahardan eshik ochilmasa-“yomon bo`ladi”, “kunlik rizqimizdan benasib qolamiz” iboralarini ta`kidlash orqali bolalarda erta turish odatini shakllantirishgan.
Hayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, mevalarni tishlab tashlama, , qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga o`rgatilgan, hozirgi so`zimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan.
Demak, insoniylikni tarbiyalashda o`git-nasihat metodlari xalq ijodining deyarli hamma janrida turlicha shaklda va eng ko`p qo`llaniladigan metoddir. Hozir ham bu metod ota-ona, tarbiyachi va umuman kattalar tomonidan turli shaklda keng ishlatiladi.

Download 159.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling