Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 159.68 Kb.
bet2/18
Sana06.02.2023
Hajmi159.68 Kb.
#1169760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xalq pedagogikasi 1-2-bob

Muammoning o’rganilganlik darajasi.O’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash muammosi tarixiy harakter kasb etib, bu borada Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar tomonidan yaratilgan ilmiy va didaktik manbalar tarbiya ishida muhim ahamiyatga ega.
Maktab ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama rivojlantirishga oid taqiqotlar o’zbekistonlik pedagog, psixolog, filolog va faylasuflar: M.K.Abduxakimova, U.K.Adamova, Z.Azizova, B.Sarimsokov, O.Safarov. M.Yakubbekova, M.Ismoilova, D.G.Boboyeva, U.Butayeva, K.Okilova, F.B.Valixujayeva, F.N.Vaxabova, B.R.Djurayeva, X,.M.Tojiboyeva, X.A.Umarova, J.B.Yuldoshev, S.O.Gaziyeva, L.R.Muminova, S.T.Turgunov, S.T.Islomova, M.Fayzullayeva, D.J.Sharipova, K.SShodiyeva, Sh.Shodmonova, P.Yusupova, N.Djamilova, G.Mardonova, M.Y.Ayupova, Z.Raximova, M.Rustamova, D.Zaynutdinova, N.Abdullayeva, G.Nazirova va boshk. tomonidan olib borilgan.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik masalalari O.Musurmonova, R.Djurayev, O.Jamoliddinova, Z.Ismailova, U.Maxkamov, Sh.Mardonov, M.Inomova, N.Ortikov, B.Raximov, D.Ruziyeva, D.Sharipova, N.Egamberdiyeva, M.Kuronov. Z.Soliyevalar ilmiy ishlarida bolalar, o’spirinlarda ma’naviyat, axloq, milliy g’urur, madaniyatni shakllantirish, oilada va ta’lim tashkilotlarida bola shaxsini tarbiyalash, xalq ogzaki ijodi namunalarining poetik va o’ziga xosliklari ijtimoiy- pedagogik, antropologik va akmeologik nuqtai nazardan tadqiq qilingan.
Psixolog olimlar M.Davletshin, V.Karimova, E.Roziyev, B.Krdirovlar tomonidan turli yoshdagi o’quvchilarning shaxs sifatidagi kamoloti va xalq an’analari vositasida bola shaxsida milliy aksiologiyani shakllantirish muhimligining psixologik masalalari tadqiq etilgan.
Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va xorijiy mamlakatlarning M.Montessori, M.N.Bratuxina, O.V.Akulova, T.A.Kotlyakova, O.N.Pishuxina, YE.A.Avilova, A.Arushanova, M.Bakina, N.M.Eliash, R.M.Exayeva, YE.V.Yudina, E.Bern, N.A.Vasilyeva, L.M.Volobuyeva, Y.V.Gippenreyter, M.Chomayeva, N.N.Jirnova, O.L.Zvereva, T.F.Kuznetsova, YE.K.Lyutova, N.Nyukomb, L.A.Paramonova, YE.Y.Protasova, V.A.Slastenin, A.I.Mishenko, O.Solnseva, A.Fominakabi olimlar olib borib, ularning ilmiy tadqiqotlarida maktab yoshdagi bolalarni xalq ogzaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning nazariy va amaliy muammolari, zamonaviy shaxsni tarbiyalashda xalq pedagogikasi goyalari va xalq ogzaki ijodi namunalarining o’rni hamda ularni turlash mahoratining o’ziga xosliklari o’rganilgan.
O’quvchi yoshlarni axloqiy tarbiyalash yuzasidan turli soha olimlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan bo’lishiga qaramay, xalk pedagogikasi namunalari vositasida maktab yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish maxsus tadqiqot obyekti sifatida tadqiq qilinmagani, bu sohada chukur ilmiy yondashuvlar, yangi bilimlarga bo’lgan ehtiyojning zarurligi mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Download 159.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling