Tadqiqotning vazifalari:
Xalq pedagogikasi namunalarining ijtimoiy-goyaviy mazmuni, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi tarbiyaviy ta’siri, alla, ertak, maqol, topishmoq so’zlarining etimologik ma’nosi, tadrijiy rivojlanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etish hamda bolalarni xaqk ogzaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafiy, psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish;
Maktab yoshdagi bolalarni psixologik-ma’naviy rivojlanishi bo’yicha ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan xalq ogzaki ijodi namunalarini didaktik mazmuniga ko’ra tanlash, tasniflash;
Xalq pedagogikasi namunalari vositasida maktab yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimi komponentlari va tayanch kompetensiyalarini takomillashtirish;
alla, ertak, topishmoq, maqollar vositasida maktab yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishning mexanizmini takomillashtirish;
maktab yoshdagi bolalarni xalq ogzaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, metodi va vositalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chikish.
Tadkikotning obyekti maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalk ogzaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axlokiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti. xalk pedagogikasi namunalari vositasida maktab yoshdagi bolalarni ma’naviy-axlokiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishning mazmuni, metod, shakl, vositalari va texnologiyalari.
Tadqiqotning usullari. Suhbat, ijtimoiy so’rovnoma, test sinovlari, pedagogik kuzatish, tajriba-sinov va uning natijalarini tahlil qilish, tadqiqot natijalarini matematik statistika metodi asosida qayta ishlash hamda umumlashtirish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xalq pedagogikasi tarkibiga kiruvchi xalq ogzaki ijodi namunalari (alla, ertak, topishmoq, maqol so’zlarining etimologiyasi) tadrijiy-tarbiyaviy shakllanishi mazmuni yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga, tarixiy, ensiklopedik-psixologik hamda folklor manbalaridagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qo’llanilgan meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
maktab yoshdagi bolalarni xalq ogzaki ijodi namunalari vositasida psixologik-ma’naviy rivojlanish (erkalash, ardoqlash, yaxshilikka yo’naltiruvchi, o’git-nasihat, orzu-umidga yo’g’rilgan, ta’limiy alla, ertak, maqol, topishmoqlar) xususiyatlari xalq ogzaki ijodi namunalari turlarining integrativ xossalarini (ijodiy, emotsional- rag’batlovchi, variativ o’quv topshiriqlari) aniklashtirish asosida takomillashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |