Xalq ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli
Download 162 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi
- M A Q S A D I : Sinfdan tashqari o’qish darslarini samarali tashkil etish usullarini ishlab chiqish. KURS ISHINING VAZIFALAR I
- OB ’EKTI: Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida sinfdan tashqari o‘qish darslarini takomillashtirish jarayoni. KURS ISHINING PREDMETI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI A.Qodiriy nomli JIZZAX davlat pedagogika UNIVERSITETI “BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti 2-M1700-20 guruh talabasining ONA Tili o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan Mavzu: Savod o’rgatish davrida sinfdan tashqari o`qishni tashkil etish. Qabul qildi: J.LUTFULLAYEV Topshirdi: M. JOZILOV. Jizzax-2023 MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………3 1-§. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari mazmuni….6 2-§. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi………..11 3-§. Savod o`rgatish davri sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilar savodxonligini oshirishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish.…20 Xulosa……………………………………………………………………..28 Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................30 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”1. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. 5 ta tashabbusning to‘rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha bo’lib bundan ko'zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir. Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi. Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir. KURS ISHINING M A Q S A D I: Sinfdan tashqari o’qish darslarini samarali tashkil etish usullarini ishlab chiqish. KURS ISHINING VAZIFALAR I : 1. Mavzuga oid ilmiy – metodik manbalar, Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi talablari asosida boshlang'ich sinflar o'quv faoliyatini dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash. 2. Savod o'rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslari ustida ishlashning eng qulay ta'limiy – didaktik usullarni tadqiq etish. 3. Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslarida kitob tanlab oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash. KURS ISHINING METODI: Savod o‘rgatish davri o‘qish darslarida doirasidagi ishlarni, meyoriy hujjatlarni, DTS va o‘quv dasturlari mazmunini va talablarini hamda olib borilgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, tahlil qilish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi: Tadqiqot mavzusiga pedagogik, psixologik, metodik hamda ta’limga oid pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish; Nazariy-amaliy tahlil; Pedagogik kuzatish; KURS ISHINING OB ’EKTI: Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida sinfdan tashqari o‘qish darslarini takomillashtirish jarayoni. KURS ISHINING PREDMETI : Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslarining shakl, metod va mazmuni. KURS ISHINING AMALIY AHAMIYATI: Kurs ishi davomida keltirilgan metodik maslahat, xulosalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishda ochiq darslar va metodik maqolalar yozishda foydalansa bo‘ladi. KURS ISHINING T U Z I L I SH I : Kurs ishi kirish, 3 paragrif, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling