Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining
Manaviyat va marifat kengashi
NIZOMI
I bob. Umumiy qoidalar
1. Xalq talimi vazirligining Manaviyat va marifat kengashi (keyingi orinlarda Kengash deb yuritiladi) mustaqil, oz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanib, manaviy, marifiy, madaniy va boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni kozlaydi. Kengash Xalq talimi vazirligining markaziy apparati huzurida vazirning buyrugi bilan tashkil etiladi va uning faoliyati mazkur davlat organining barcha hududiy bolinmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlariga tatbiq etiladi.
2. Kengash jamoatchilik asosida manaviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar hamda umumiy orta talimni samarali tashkil etishda komaklashish uchun tashkil etiladi. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi.
3. Kengash oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlariga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq talimi vazirligining buyruqlari va mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Kengash togrisidagi nizom va unga kiritiladigan ozgartishlar hamda qoshimchalar Xalq talimi vazirining buyrugi bilan tasdiqlanadi.
5. Kengash jamoatchilik asosida unda faoliyat yuritayotgan azolardan tashkil topib, ular tomonidan oquvchilarning manaviy-axloqiy tarbiyasi va mafkuraviy immuniteti, pedagogik jamoadagi ijtimoiy-manaviy muhit va masul xodimlarning manaviy qiyofasi masalalari muhokama etib boriladi.
6. Kengash oz maqomiga kora, xalq talimi maktabining barcha bosqichlari va muassasalarida azaliy manaviy qadriyatlarimizni, milliy tarbiyaviy merosimiz va ananalarimizni, ajdodlarimizning tarbiya sohasida erishgan ilgor tajribalarini hamda zamonaviy tarbiya texnologiyalarini uygunlashtirish va ommalashtirish, yoshlar tarbiyasi masalalari boyicha masuliyatini, faolligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etilishini nazorat qiladi.
7. Kengashning toliq rasmiy nomi: Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining Manaviyat va marifat kengashi.
8. Kengash faoliyatining muddati cheklanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |