Xalq ta’limi maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar maktabini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


III bob. Kengashning huquq va majburiyatlari


Download 276 Kb.
bet5/7
Sana01.05.2023
Hajmi276 Kb.
#1419414
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56-maktab Ma\'naviyat Kengash hujatlari - копия

III bob. Kengashning huquq va majburiyatlari

11. Kengash o‘z faoliyatini amalga oshirishda:


davlat organi faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
o‘z faoliyatini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
12. Kengashning huquq va majburiyatlari:
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va Kengash nizomiga muvofiq amalga oshirish;
o‘z faoliyatida oshkoralikni ta’minlash;
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
IV bob. Kengash raisi va a’zolari

13. Kengashining tarkibiga uning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari kiradi.


14. Kengashi a’zoligiga, qoida tariqasida, davlat organida namunali xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obro‘-e’tiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ham qabul qilinishi mumkin.
15. Kengash raisi:
Kengashning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Kengashning majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Kengashning majlislarida raislik qiladi;
Kengashning ish rejasini, majlisi bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
Kengash a’zolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini muvofiqlashtiradi;
davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan jamoatchilik kengashining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi va uni davlat organi rahbari bilan kelishadi;
Kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organi rahbari bilan hamkorlik qiladi;
Kengashining samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Jamoatchilik kengashining raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais o‘rinbosari bajaradi.
16. Lavozimiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosari Kengash raisining o‘rinbosari, vazirlikning Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Kengashning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Xalq ta’limi maktabining hududiy kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari raislik qiladilar.
Tuman (shahar) darajasida xalq ta’limi bo‘limi mudiri, maktab darajasida umumta’lim maktabi direktori raislik qiladi.
17. Kengashga a’zolik Kengash raisi (Xalq ta’limi vaziri)ning buyrug‘i yoki Kengashning navbatdagi yoxud navbatdan tashqari yig‘ilish qarorlari bilan amalga oshiriladi.
18. Kengash a’zolari teng huquqli bo‘lib, ularning huquqlari quyidagilardan iborat:
Kengash faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish;
Kengash tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish;
Kengashning faoliyati bo‘yicha takliflar berish hamda ularning ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
19. Kengash a’zosining burchlari:
Kengash Nizomiga qat’iy rioya etish;
Kengash yig‘ilishlarida ishtirok etib borish (uzrli holatlar bundan mustasno);
Kengash yig‘ilishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va doimo hisobot berishga tayyor turish;
Kengash yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash.
20. Kengashning har bir yig‘ilishida kotib tomonidan imzolanadigan hamda rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma yuritiladi.
21. Kengash a’zolariga moddiy rag‘batlantirish haqi to‘lanishi
va ularning o‘z vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq xarajatlar vazirlik tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.



Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling