Xalq ta’limi muammolarini
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
Download 43 Kb.
|
LW2tzymIpl6oEpI9Y6QMIvDTvGKy5iLWLeT0iqpT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Ta’lim muassasasi boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat”. Qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari bayon etilgan. Xususan, unda qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, javobgarlikning muqarrarligi bayon etilgan. Biz ushbu maqolada dunyoda ildiz otgan yana bir salbiy illat — korrupsiyaning ayrim jihatlari xususida so‘z yuritdik. Ayni kunda mamlakatimiz Bosh prokuraturasi, sud-huquq idoralari va boshqa tashkilotlar bir yoqadan bosh chiqarib korrupsiyaga qarshi kurash olib borayotganini ta’kidlagan holda, bu sa’y-harakatlar yaqin yillarda o‘z samarasini beradi, deb o‘ylaymiz. Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi. E’tirof etish joizki, davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning oldini olish, ushbu illatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etilishini hamda ijrosi monitoringini ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2.2. Ta’lim muassasasi boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha holler to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling