Xalq ta’limi muammolarini


Ta’lim muassasasi faoliyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlarining muhimligi


Download 43 Kb.
bet4/5
Sana19.08.2023
Hajmi43 Kb.
#1668236
1   2   3   4   5
Bog'liq
LW2tzymIpl6oEpI9Y6QMIvDTvGKy5iLWLeT0iqpT

2.3. Ta’lim muassasasi faoliyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlarining muhimligi.
Shu o‘rinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir tomoniga e’tibor qaratsak. Nobop, “muomala qilish”, “kelishish”ga moyil rahbar yoki boshqa bir mas’ul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-xodimlarga ziyon yetkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning, jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o‘tadi. Rahbar hammaga o‘rnak bo‘lib, halol ishlab, fidoyilik ko‘rsatish o‘rniga, yig‘ilishlarda bir gapni gapirib, o‘zi butunlay teskarisini qilsa, undan yosh kadrlar nimani o‘rganadi? Qanday o‘rnak oladi?.. Korrupsiyaga qarshi kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat bilan javob qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni o‘rganadi. Shu sababli ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik biznes subyektlariga “yagona darcha” tamoyili orqali xizmat ko‘rsatilyapti, yagona portal orqali davlat xizmatlari elektron shaklda taqdim etilyapti. Qonun hujjatlariga, davlat tashkilotlarining ish faoliyatiga ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritilyapti va boshqa ko‘plab yangiliklar joriy qilinyapti. Bularning barchasi korrupsiya balosini bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Birinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashning preventive choralari samaradorligiga erishish. Mazkur yo‘nalishga ko‘ra, korrupsiyani oldini olishning nazariy poydevori “ta’lim, xabardorlik va targ‘ibot” (Education, Awarenessand Advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada davlat siyosati dunyoda (xususan, Singapurda) “onesizefis all” (“barcha uchun bir xil mezon”) modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ko‘rsatilish lozim. “O‘zbek modeli”da esa davlat siyosatining yuqoridagi sanab o‘tilgan elementlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va bir-biriga ta’sir qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lib, bunda yaxlit kompleks tizimning uzviyishlashini yo‘lga qo‘yish taklif etiladi.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling