Xalq ta’limi muammolarini
Download 43 Kb.
|
LW2tzymIpl6oEpI9Y6QMIvDTvGKy5iLWLeT0iqpT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchiyo‘nalish
- To‘rtinchi yo‘nalish
- Beshinchi yo‘nalish
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Ikkinchiyo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integratsiyalashgan yondashuvni qo‘llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Bu borada O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib boorish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.
Uchinchiyo‘nalish – jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, korrupsiya bilan bog‘liq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni to‘liq va to‘g‘ri qo‘llash. Bu borada xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchis haxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish” kabi hatti-harakatlarni kriminalizatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqish vaqt ikeldi, deb o‘ylaymiz. To‘rtinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshikurashish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishi. Bu borada monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. Beshinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish. Zamonaviy tendensiyaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uch bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich – jamiyat a’zolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish; Ikkinchi bosqich – yangi texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish; Uchinchi bosqich – korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning aniq tizimining amalda ishlashi. Mazkur zamonaviy tendensiyadan kelib chiqib, O‘zbekistonda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish va qo‘llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o‘tkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis va shaffof indikatorlarini belgilash maqsadga muvofiqdir. 2017 yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017−2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqladi. Mazkur komissiya qarorlarini bajarish barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqatashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Komissiya tarkibidan Adliya vazirligi, IIV, DSQ, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va Xo‘jalik sudlari, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi”, ombudsman va boshqa tuzilmalar rahbarlari o‘rin oldi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR Ta’lim muassasalarida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish va odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari nima? Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning qanday tashkiliy-huquqiy masalalari mavjud? Karrupsiya nima? Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarinimalardan iborat? Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosoiy omillari nimalardan iborat? Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling