Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi abdiyev Ravshanning


“QISSASI RABG’UZIY”ASARINI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN METODLAR


Download 310.47 Kb.
bet5/13
Sana08.11.2021
Hajmi310.47 Kb.
#171655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdiyev Ravshan

2.3 “QISSASI RABG’UZIY”ASARINI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN METODLAR

11-sinf o’quvchilariga ushbu asarni o’qitishda turli usullardan foydalanish mumkin. Faqat bunda o’quvchilarning qabul qilish darajasi, yoshi va tafakkuriga mos metodni tanlash va qo’llay olish muhimdir. Bizningcha, Nosiruddin Rabg’uziyning hayoti va ijodiga oid o’tilgan darsni mustahkamlash uchun “Zanjir” metodidan foydalanish samarali. Ushbu metodda o’quvchilar ketma-ketlikda mavzuga doir ma’lumotlarni aytib ketaveradi va ma’lumot ayta olmagan o’quvchi zanjirni uzgan hisoblanadi. Quyida uning namunasini keltiramiz:



“Aqliy hujum” metodi ham “Qissasi Rabg’uziy” asarini tushunish va mustahkamlashda samara beradi. Masalan, “Uzum” hikoyati bo’yicha o’qituvchi tomonidan tezkor savollar tayyorlab qo’yiladi va o’quvchilarga beradi. Ular esa o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning natijasida bolaning aqliy salohiyati, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Quyidagi savollar ushbu metod uchun tavsiya etilishi mumkin:



  1. “Uzum” hikoyatida kimning o’zaro suhbati aks ettirilgan?

  2. Uzum urug’ini kim topib berdi?

  3. Shayton uzum urug’iga birinchi nimaning qonini quyadi?

  4. Shayton uzum urug’iga tulkining qonidan so’ng yana nimalarning qonini quyadi?

  5. Nuh alayhissalom qanday suvlar berdi?

“Qissasi Rabg’uziy” asarining tili birmuncha qiyin bo’lganligi uchun undagi ayrim so’zlarga tushunish qiyin. Shu sababli mana shunday so’zlarning izohini bilish va eslab qolish uchun “Tushunchalar tahlili” metodini qo’llash samara beradi.




Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling