Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi abdiyev Ravshanning


STEAM –ta’limining afzallik tomonlari


Download 310.47 Kb.
bet7/13
Sana08.11.2021
Hajmi310.47 Kb.
#171655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Abdiyev Ravshan

STEAM –ta’limining afzallik tomonlari:

1. Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “ mavzu” lar bo‘yicha integratsiyalab olib borish.

STEAM –ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.

2. Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash.

STEAM – ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi.

3. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish.

STEAM – dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi .

4. O‘z kuchiga ishonish hissining ortishi.

Bolalar ko‘prik qurish, mashina va samolyot modelini ishga tushirishda har safar maqsadiga yaqinlasha boradilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtiradilar. Oxirida barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan engib maqsadiga erishadilar.Bu bolalar uchun ruhlanish, g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.

5. Faol kommunikatsiya va komandada ishlash.

STEAM –dasturi faol kommunikatsiya va komandada ishlash bilan farqlanadi. Muloqat davrida o‘z fikrini bayon qilish va bahs- munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar. Bolalar doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqatda bo‘ladilar. Bolalar jarayonda faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar .

STEAM farzandlarimizga ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, Rabg‘uziyning payg‘ambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik, ham til nuqtai nazaridan katta e’tiborga loyiq yozma yodgorlikdir. Unda qadimiy qadriyatlarimiz ila sharq falsafasi uyg‘unlashib ketgan. Masalan, birinchi kitobdan o‘rin olgan as-samovati-Samoning siyrati, Sifati al-arazna-Yer siyrati qismi bilan tanishsangiz, rivoyatu hikmatlar dunyoviy ilmlarga ham uyg‘unligini his etasiz. Bugungi fanda ham yer turli qatlamlardan iborat ekanligi aytiladi va har birining o‘z nomi bor. Bu asarda ana shu yer qatlamlarining kadimgi nomlaridan ogoh bo‘lish mumkin.



Darhaqiqat, bu kitob sharqona qadriyatlarimizga hamohang. Rivoyat va hikmatlar esa xalqimiz hayotining mazmun-mohiyatini, ezgulik, yahshilik, mehr-oqibat ila yashashga intilishini anglatadi. Payg‘ambarlar haqidagi rivoyatlarning har birida esa katta hikmat bor. U ezgulikka, diyonatga, imonli bo‘lishga chorlaydi.

Katta hayotga qadam qo’yish arafasida turgan o’quvchilar ongini rivojlantirishda, hayotning hikmatlarini anglashlarida, diniy bilimlarni kengaytirishda ushbu asarning o’rni katta bo’ladi. Bu orqali ular payg’ambarlar haqida juda qimmatli va hikmatli ma’lumotlarni bilib oladilar.

Mana shunday qimmatli mavzuni o’qitishda o’quvchilarga moslab metodlarni tanlash va uni darsga tadbiq etish, to’gri qo’llagan holda samaraga erishish bugungi kun o’qituvchisidan katta mahorat, tajriba va mas’uliyat talab etadi. Adabiyot darslarida adabiyot tarixida mustahkam o’rin egallagan mana shunday ajdodlarning qimmatbaho asarlarini o’rganish va o’rgatish insonning ma’naviy bo’shliqlarini to’ldirishga, uni imon nuri bilan bezashga, turli holatlarda to’g’ri xulosa chiqarishga undaydi.


Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling