Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi abdiyev Ravshanning


Download 310.47 Kb.
bet2/13
Sana08.11.2021
Hajmi310.47 Kb.
#171655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdiyev Ravshan

Xulova va tavsiyalar




  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




  1. Ilovalar

Tinglovchining malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari:


Tinglovchining malaka oshirish kursi davrida o‘qigan kamida bitta badiiy adabiyotning qisqacha mazmuni



Tinglovchining o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”



Taqdimot slaydlari





Kirish

Adabiyot so’z san’ati bo’lib, yillar davomida shakllangan, xalqning ma’naviyati, turmush tarzidan, orzu-umidlaridan darak beradigan muhim manba sanaladi. Hayotning turli bosqichlarida insonning olamga qarashlari, qiziqish va ehtiyojlari ham o’zgarib, takomillashib boradi. Uni inson va jamiyat, muayyan shaxs ruhiyati kabi masalalar ko’proq qiziqtira boshlaydi. Yaxshi kitoblar qiziqishlarga munosib javob beradigan eng muhim manba sanaladi. Aslida kitob o’qishni bolalar ham kattalar ham yaxshi ko’radi, chunmi kitob har bir inson hayotida dunyoqarashining shakllanishi va kengayishida alohida o’rin tutadi: undan har bir tafakkur egasi o’ziga mos va munosib bo’lgan ma’naviy ozuqa oladi.

Ajdodlarning vatan, millat ravnaqi, erk-u ozodligi yo’lidagi fidoyiliklari, mardonavorliklari, jasoratlari bayonidan mehnatsevar va tadbirkor, aqlli, dono, ijodkor, kamtar, yuksak insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan odamlar tasviridan qanchalik mamnunlik tuygan bo’lsangiz, aksincha, qo’rqoq va xiyonatkor, johil va nodon, ishyoqmas va tanbal, loqayd va madaniyatsiz kimsalar obraziga duch kelganda ichingizda bir afsus-nadomat va ranjishlar paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu holat sizning ko’nglingizda o’zbekona milliy-ma’naviy hayot tarzimizga mos fazilatlar shakllanib borganligidan darak beradi.

Adabiyotimiz tarixida insonning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan asarlar ko’p. Shulardan biri Nosiruddin Rabg’uziyning “Qutadg’u bilig” asaridir. Ushbu asar juda katta falsafiy ma’noga ega bo’lib, ijodkor tomonidan badiiy obrazlar orqali ko’plab xislatga ega bo’lgan shaxslar tasvirlangan.

Rabg’uziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongandir. “Qissasi Rabg’uziy” asari Nosiruddin To’qbo’g’abekning topshirig’I bilan yozilgan. Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning (oxirati obod bo‘lsin) “Qisasi Rabg‘uziy” asari Mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob javonlarimizdan o‘rin oldi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi bo‘lmish, XV asrda ko‘chirilgan, Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxaning faksimelisi ya’ni mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda nashr qilingan faksimile-“Qisasi Rabg‘uziy” kitobini tayyorlovchilar – filologiya fanlari nomzodlari Abdullo Yunusov, Hamidullo Dadaboyev tomonidan asos qilib olingan. “Yozuvchi” nashriyotida 1990 yil chop etilgan kitobga filologiya fanlari doktori, professor Ergash Fozilov so‘zboshi yozgan. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan. Biroq, ushbu asarning tili juda murakkab bo‘lib, bugungi kitobxonning tushinishi juda qiyin. Shuning uchun ushbu kitobni qadimiy turkiy tildan bugungi zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girib, barcha kitobxonga tushinarli bo‘lishiga intildik. Zero, oradan yetti asarlik davr o‘tgan. Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib o‘tgan.

Darhaqiqat, bu kitob sharqona qadriyatlarimizga hamohang. Rivoyat va hikmatlar esa xalqimiz hayotining mazmun-mohiyatini, ezgulik, yahshilik, mehr-oqibat ila yashashga intilishini anglatadi. Payg‘ambarlar haqidagi rivoyatlarning har birida esa katta hikmat bor. U ezgulikka, diyonatga, imonli bo‘lishga chorlaydi.




Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling