Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi abdiyev Ravshanning


Download 310.47 Kb.
bet10/13
Sana08.11.2021
Hajmi310.47 Kb.
#171655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdiyev Ravshan

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Rabg‘uziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo‘lib, Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida tug‘ilgan. Adib «Qisasi Rabg‘uziy» (hijriy 710, milodiy 1309–1310-yillar) asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligini aytib o‘tadi. Asardagi: «... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat (shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh) yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘ Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin...», – deyilgan qaydlar buning dalilidir. Asar Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning topshirig‘i asosida yozilgan. Muallif uni «... yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb ta’riflaydi. Nosiruddin To‘qbo‘g‘abekka bag‘ishlangan she’riy madhiyada

uning «ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati », «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi.

Rabg‘uziy yirik shoir va adib bo‘lishiga qaramasdan, uning boshqa asarlari haqida ma’lumotlar mavjud emas.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Rabg‘uziyning tarjimayi holi haqida gapirib bering.

2. «Qisasi Rabg‘uziy» qanday asar? Asarning yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan manbalar haqida nima deya olasiz?

3. Asarning xalq orasida keng tarqalishiga qaysi omillar sabab bo‘lgan?

4. Rabg‘uziy hikoyatlarining asosini ko‘pincha real hayotiy voqealar tashkil etadi deyish mumkin. Buni siz qanday izohlagan bo‘lar edingiz?

5. «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida qaysi ma’naviy muammo haqida bahs yuritiladi?

6. «Uzum hikoyati»ning asosiy g‘oyaviy xususiyati nimada?

7. Unda ayrim narsalarning paydo bo‘lishi qanday asoslangan?

8. «Yilon va Qarlug‘och» hikoyatidagi asosiy ziddiyat nimada? Bu ziddiyat qanday hal qilingan?

9. Hikoyatlar tilida qanday o‘ziga xosliklar e’tiborni tortadi? Ularda lug‘aviy, so‘z shakli va uslubiga ko‘ra qanday farqlar mavjud?

10. «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatini qismlarga ajrating. Har bir qismga sarlavhalar toping.


Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling