Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi abdiyev Ravshanning


Download 310.47 Kb.
bet12/13
Sana08.11.2021
Hajmi310.47 Kb.
#171655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdiyev Ravshan

Cho‘lpon “Kecha va Kunduz”

Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o‘qiganda uni shoirona ko‘ngil egasi yozgani, ko‘p o‘rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi. Cho‘lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning bosqinchilik siyosatining ichdan yemirilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o‘zbek xalqining turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy ma’rifiy o‘zgarishlarni, yuragini o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-negizida o‘zlik va dunyoni anglash, ma’rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog‘liq haqiqatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh badiiy g‘oyasi uchun xizmat qiladigan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko‘rinadi. Shunga ko‘ra romanni to‘liq o‘qigan o‘quvchi e’tiborga molik bir qancha o‘ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda ishonarli badiiy talqin etiladi. Xususan, romandagi Akbarali mingboshining o‘z baloyi nafsiga o‘ralashib, aysh-u ishratga berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash jarayoni ko‘rsatiladi. Oxir-oqibat beg‘ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon qalbini larzaga soladi. Tasvir endi o‘n besh yoshga qadam qo‘ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko‘ngil mayl-istaklariga borib taqaladi. Zebi barcha yoshlarga o‘xshab o‘ynab-kulishni, dala-qirlarga chiqishni – kengliklarni orzu qiladi. Eshigini taqillatib hovliga kirgan dugonasi Saltanatning ko‘ngli ham Zebining kayfiyatiga mos – bahor nafasiday pokiza, top-toza. Zebi dugonasining taklifidan juda mamnun. Yozuvchi shu mamnuniyatni: «Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi!» deya shoirlanib yozadi. Ammo Zebining otasi Razzoq so‘fining tundligi, qovog‘idan qor yozib turishi romanning birinchi sahifalaridayoq e’tiborni o‘ziga jalb etadi.



Lug‘at

Kompitensiya

Competece

Kompetentlilig

Competence

Ta’lim

Education

Didaktika

Didactics

Sinf

Class

Metodika

Methodology

O‘qish

Reading

Savod

Literacy

O‘yin

Game

Kitob

Book

Bilim

Knowledge

Mashg‘ulot

Lesson

Savollar

Questions

O‘quvchi

Student

O‘qituvchi

Teacher

Individual

Individual

Zamonaviy ta'lim

Modern education

Vatan

Homeland

Asar

Asar

Badiiy adabiyot

Fiction

Bolalar

Children

Davlat ta'lim standarti

State education standard

Barkamol inson

An ideal person

Individual

Individual

Nutq

Speech

Mazmun

Content

Intonatsiya

Intonation

Matn

Text

So'zlash

To speak

Ijodiy

Creative

Aqliy hujim

Mental attack


Download 310.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling