Xalq ta’limi vazirligi Toshkend Davlat Pedagogika Universiteti
Download 173.51 Kb.
|
ona tili MT
Noto‘g‘ri jumla” o‘yini Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi ma’lum mevaning suratini ko’rsatib, undan so’z birikma hosil qiladi. Birikma tuzish jarayonida meva so’zi bilan to’g’ri bog’lanmagan so’z birikmalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu birikmalarni topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ya’ni ular suratni kuzatish bilan birga tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlalar topa bilishi, ularning sinchkovligini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, balki darsdan tashqari mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin. variant: Olmani ol, olmani danagi, olmaning bargi, rangli olmalar. (Javob: olmani danagi, to’g’ri birikma: olmaning danagi) variant: Bananning rangi, bananning bandi , bananlik kokteyl. (Javob : bananlik kokteyl , to’g’ri birikma: bananli kokteyl) variant: Behili murabbo, behi daraxti, asalli behi, behini soldik. (Javob: behi daraxti - gap, so’z birikmasi emas) Bu o’yin orqali o’quvchilarning lug’at boyligi ham oshirib boriladi. So’zlarni so’z turkumlari bilan bog’lash malakasi ham rivojlantiriladi. Download 173.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling