9-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish sifatini baholash va nazorat qilish
95. Uzluksiz kasbiy rivojlanishi sifati ular tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha faoliyati sifatini nazorat qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlik (Institut va pedagogika markazlari) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
97. Ta’lim sifatini nazorat qilishda tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish sifatini nazorat qilish hamda muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
98. Reyestrga kiritilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarining samaradorligi, tinglovchilarning yakuniy nazorat sinovlarini o‘tkazish va baholash Vazirlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Vazirlik mazkur sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni belgilaydi.
Bunda, yakuniy nazorat natijasida malaka oshirish kurs tinglovchilarining kamida 70 foizi ijobiy baholangan (maksimal ballning kamida 56 foizini to‘plagan) taqdirda, kursdagi ta’lim sifati ijobiy deb topiladi. Aks holda malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan hisoblanadi.
Malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan deb topilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti Reyestrdan chiqariladi.
10-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat namunasidagi hujjatlar
99. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar:
malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat — belgilangan kredit ballarini jamg‘argandan so‘ng;
qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom — kamida 576 soat hajmda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgandan so‘ng, yakuniy attestatsiya natijasiga ko‘ra beriladi.
100. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturini o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarning elektron reyestri yuritiladi.
Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |