Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.9 Mb.
bet8/16
Sana23.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1225462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
25 17.01.2022

3-§. Masofaviy ta’lim
29. Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishni nazarda tutadi.
Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha malaka oshirishda dars mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchining tinglovchilar bilan internet jahon axborot tarmog‘i orqali interaktiv dasturiy tizimlardan foydalangan holda (real vaqt rejimida) jonli muloqot tarzida amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotlarning bir qismi tinglovchilar bilan kontakt-sessiyalar (auditoriyadagi yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin.
30. Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati nazorati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
31. Masofadan turib amalga oshiriladigan o‘quv kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.
4-§. Dual ta’lim
32. Dual ta’lim o‘quv kursining nazariy qismini tinglovchi tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, amaliy qismini esa ish joyida amalga oshirishni nazarda tutadi.
Dual ta’lim shaklida amalga oshiriladigan o‘quv kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.
5-§. Mustaqil ta’lim
33. Mustaqil ta’lim xodimlar tomonidan o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan uzluksiz kasbiy ta’lim trayektoriyasi asosida mustaqil o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
34. Xodimning kasbiy ehtiyojlariga ko‘ra mustaqil malaka oshirishi elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Xodimning kasbiy layoqati va salohiyati davlat ta’lim talablari, malaka talablari va kasbiy standartlar asosida tayyorlangan nazorat materiallaridan foydalangan holda elektron platforma orqali diagnostika qilinadi.
Diagnostika natijalariga ko‘ra aniqlangan kasbiy ehtiyojlar asosida xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi.
Xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos ravishda xodim tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan o‘quv modullari majmuasi aniqlanadi va xodim mazkur majmuaga kiritilgan o‘quv modullarini mustaqil o‘zlashtiradi.
35. Mustaqil ta’limda kursning davomiyligi akademik soatlarda belgilanadi, kursning amaldagi davomiyligi tinglovchining o‘quv modullarini o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi.
36. Elektron platforma har bir o‘quv moduli ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishini nazorat qiladi, baholaydi va o‘zlashtirilgan modullar bo‘yicha kredit ballarni jamlab boradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling