Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.9 Mb.
bet5/16
Sana23.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1225462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
25 17.01.2022

(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Institut:
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazadi, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etadi;
umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshiradi, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etadi;
doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlaydi, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshiradi;
umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganadi va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiradi;
umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqadi va doimiy tarzda rivojlantirib boradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlaydi;
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv rejasi, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashadi;
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformani yuritishni tashkil qiladi, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontenti markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqilishi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Pedagogika markazlari:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
tegishli hududlardagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasi hisoblanib, shu yo‘nalishdagi o‘quv, ilmiy hamda tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi;
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlarini muntazam ravishda o‘rganish hamda targ‘ib qilishni, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;
hududdagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha buyurtmalar asosida navbatdagi kalendar yil uchun tegishli (kurslar, o‘quvlar, seminarlar, konferensiyalar va boshqa) tadbirlar rejasini shakllantiradi;
pedagog va mutaxassis xodimlarni hamkorlikda o‘qitish uchun oliy va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzadi;
o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;
hududdagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda alohida kurslarni tashkil etish uchun, belgilangan tartibda tasdiqlatish sharti bilan, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;
xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil qilingan tadbirlar natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;
hududiy markazda, oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim etadi.
14. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari:
tegishli hududlardagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil qiladi;
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;
hududdagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha buyurtmalar asosida malaka oshirish kurslarini shakllantiradi;
o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;
tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va tegishli hududiy markazga topshiradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling