Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi va asosiy vazifalari


Download 0.9 Mb.
bet4/16
Sana23.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1225462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
25 17.01.2022

2-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.
5. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy vazifalari:
xodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish;
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish va xodimlarning qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish orqali o‘z ustida mustaqil ishlash va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish;
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida xodimlarning kasbiy rivojlanishini, tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini rag‘batlantirish.
3-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi
6. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga quyidagilar kiradi:
Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik);
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari);
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari;
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari;
Oldingi tahrirga qarang.
A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — pedagogika markazlari).
(6-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari;
malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari.
7. Vazirlik:
xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi;
xalq ta’limi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini Davlat budjetidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi;
navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishning reja ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tizimdagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Institut va pedagogika markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining davlat ta’lim talablarini, malaka oshirish kurslarining malaka talablarini, o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
tizimdagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
tizimdagi qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish mexanizmlarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini (keyingi o‘rinlarda — davlat ta’lim talablari), qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini aniqlaydigan dinamik ko‘rsatkichlarni belgilaydi.
8. Kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi:
mehnat bozori monitoringi asosida xalq ta’limi xodimlarining bilim va malakalarga bo‘lgan ehtiyojlari va tendensiyalarni aniqlaydi;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.
9. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari (buyurtmachi):
tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malaka oshirishga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan navbatdagi kalendar yilda xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni malaka oshirish yo‘nalishlari va tashkilotlari bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda umumlashtiradi;
xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha umumlashtirilgan buyurtmalarni Vazirlikka taqdim etadi, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining elektron platforma bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasi, dasturi, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, o‘quv kurslarining davomiyligi hamda ularni tashkil etish shakllari bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi;
muayyan mutaxassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi.
10. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari:
xodimlarning malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rganadi;
navbatdagi kalendar yilda hududdagi xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar va ta’lim muassasalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantiradi va hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etadi;
hududdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malaka oshirishga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi;
xodimlarning malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rgangan holda elektron platforma orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzadi;
har bir xodimning uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha faoliyati natijalarini tasdiqlovchi ma’lumotlar (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganliklari haqidagi hujjatlar, muqobil malaka oshirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar) aks etgan elektron shakldagi hujjatlar majmuasi — elektron portfoliosini shakllantiradi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
xodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi uzluksiz malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;
xodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini olib boradi.
11. Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
pedagog kadrlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish asosida ularning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlaydi;
pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlari asosida ularga kasbiy rivojlanishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi;
pedagog kadrlarni kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari va malaka oshirish tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi;
pedagog kadrning qachon, qayerda va qaysi yo‘nalishda malaka oshirishi, kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi;
ta’lim muassasasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha turli tadbirlarni amalga oshiradi;
pedagog kadrning uzluksiz kasbiy rivojlanish natijalarini tahlil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Institut pedagogika markazlari uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling