Xalqalarning turlari va ularni ilgakda terish


XALQALARNI BIRIKTIRISH VA DETALLARINI JOYLASHTIRIB TO`QISH


Download 0.49 Mb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#235045
1   2
Bog'liq
Amaliy 12

3.7. XALQALARNI BIRIKTIRISH VA DETALLARINI JOYLASHTIRIB TO`QISH

Homaki halqalar bilan birga ko`chirilgan halqalar (79-rasm, a). Ko`chiriladigan halqa oldida o`ng spisada homaki halqa (nakid) hosil qilinadi va chap sepisadagi halqa o`ng spisaga to`qimay ko`chirilad. Ba’zi halqalarni bir necha qatorga hamisha to`qimasdan ko`chirish kerak bo`lganida xar qatorda shu halqa bilan oldingi qatordagi xomaki halqani ko`chirish oldidan spisada yangi xomaki halqa hosil qilinadi. Ko`chirilgan halqalarni to`qishda har. qaysi halqa va xomaki halqa ham spisa bilan tagidan ilib olinadi (79-rasm, b).

Uzun yoki o`ramli halqalar. O`ng spisaning uchi halqaga o`ng (80-rasm,a) yoki ters (80-rasm, b) halqa to`qishdagi singari kiritiladi va asosiy ip shu halqa orqali tortib chiqaadi; spisa soat tili yo`nalishida

alantirib, o`nga ip bir necha marta o`raladi, ya’ni spisada o`ram (oborot)lar hosil qilinadi. Navbatdagi qatorni to`qishda oddiy halqalar to`qib ketilib, o`ramlar tashlab yuboriladi. Ba’zan esa o`ramlar. Tashlab yuborilib, halqalar ikkinchi spisaga to`qimasdan ko`chiriladi.






Oxirgi qator halqalarini biriktirish: a) 1-usul-bir halqani ikkinchi halqa orqli o`tkazib biriktirish. Buning uchun chetki halqa ik­kinchi spisaga to`qimasdan ko`chirilib, undan keyingi halqa to`qishda nusxasida ko`rsatilganidek to`qiladi, shunda o`ng spisada 2 halqa bo`ladi. Birinchi halqani chap spisaning uchi bilan o`zing tomon tortib kerib turiladi, chap tomondagi ikkinchi halqa o`ng spisa bilan uning ichidan tortib chiqariladi. Keyin chap spisadagi navbatdagi halqa shu tarzda to`qiladi, ya’ni birinchi halqa chap spisa­ning uchi bilan kerib turilib, ik­kinchi halqa u orqali tortib chiqariladi. Barcha halqalar shu tariqa bekitiladi (81-rasm). Ip uzilib, uchi oxirgi halqa orqli sug`urib chiqariladi;

b) 2- usulda 2 halqa birga qo`shib to`qiladi. Bundan hosil bo`lgan bitta halqa chap spisaga ko`chiriladi, yana 2- halqa (birinchi halqa tomondan) qo`shib to`qiladi va qatordagi barcha halqalar bekitilib bo`lguncha shu tarzda davom ettiriladi.



Izma (tugma solinadigan teshik)lar gorizontal yoki vertikal yo`nalishda joylashgan bo`lishi mumkin. Bir qatorda gorizontal izmalar (82-rasm) hosil qilish uchun tugmaning diametriga mos keladigan miqdordagi halqalar asosiy ip ishtirokisiz bekitiladi. So`ngra asosiy ipdan ustama yopiq halqalar hosil qilinadi, ularning soni bekitilgan halqalar soniga teng bo`lishi lozim, keyin halqalar odatdagicha to`qib ketilaveradi.

Vertikal halqa (83-rasm). Izmaning tashqi va ichki tarafida joylashgan halqalar bitta koptokdagi ipdan foydalanib alohida-alohida to`qiladi. Izmaning bir tomoni tugmaning diametriga teng keladigan balandlikda to`qiladi, to`qilgan to-monning milki (cheti)da qancha «o`ram» («kosichka») yoki «tuguncha» hosil bo`lsa, o`ng spisaning uchiga asosiy ip o`ralib shuncha o`ram (oborot) hosil qilinadi. Izmaning ikkinchi tomonini to`qishda uning oxirgi halqasi o`ng spisadagi birinchi o`ram bilan birga ilib olib, qo`shib to`qiladi. Izmaning tayyor tomoni balandligiga etgo`nga qadar spisadagi o`ramlar shu tarzda qo`shib to`qilaveradi, ke­yin odatdagicha to`qishda davom ettiriladi.

Qisman to`qish. Bunda qatorlar yo qisqartiriladi (kalta qatorlar), yoki uzaytiriladi (uzun qator); qatorlarni qisqa qilib to`qishdada, qatordagi halqalar soni polotno chetidan o`rtasiga qarab kamaytirila boradi; qatorlarni uzun qilib to`qishda esa halqalar soni polotnoning o`rtasidan chetlariga qadab orttiriladi. Gorizontal vitachkalarni to`qishda, orqasi bukchaygan, kurak suyagi chiqib turadigan kishilar gavdasiga moslab kiyim to`qishda, qatorlarning balandligi turlicha bo`lgan to`qima naqshlarni tutashtirganda (birlashtirganda) ayni shunday to`qish usulidan foydalaniladi.

Qisqartirilgan (kalta) qatorlar (84-rasm). Ba’zan buyumning bir tomonini ikkinchi tomonidan .uzunroq qilishga (masalan, orqasi bukchaygan kishiga kofta to`qiganda ortiqcha qatorlar qo`shishga) yoki, aksincha, qisqaroq qilishga tug`ri kelganda yoki bitta buyumning turli qismlari turlicha tuqilganda (masalan, koftaning borti, rumol to`qilishida, asosiy polotnosi paypoq to`qilishida bo`lganida) buyumning har ikkala tomonining uzunligini bir-biriga teng qilishga tug`ri keladi. Shunday hollarda qatorlar qis-qa qilib to`qiladi (qisqartiriladi); bu quyidagicha amalga oshiriladi: to`qilayotgan qatorning cheti (oxiri)ga etishga 5-6 halqa qolganda polotnoning ikkinchi tomoni aylantiriladi, eng oxirgi halqa chap spisadan o`ng spisaga ko`chirilad va qator teskari yo`nalishda to`qiladi. Polotnoning teskari tomonida ham 1qatorning chetiga etishga 5-6 halqa qolganda polotnoning o`ng tomoni aylantiriladi va hokazo. Qatorlarni qisqa qilib tuqigan vaqtda umumiy qatorga o`tishda burilish halqalarining ipi tortiladi.

Uzaytirilgan (uzun) qatorlar (85-rasm). Kalta qatorlar qanday hollarda qo`llanilsa, uzun katorlar ham shunday hollarda, lekin buyum yuqoridan pastga qarab tuqilganida qo`llaniladi. Qator polotnoning o`rtasidan chetlariga qarab yoki bir chetidan ikkinchi chetiga qarab uzaytiriladi. Uzaytirilgan qatorlar bilan to`qishda burilish halqalari qator uzaygan sari ipni tortib yuqori ko`tariladi (86 rasm, a, b).

Buyumning etagini qayirib bostirish. Agar buyum pastdan yuqoriga qarab tushirilsa, paxta ipidan kerakli mikqorda halqalar hosil qiilinib, 3-5 qator to`qiladi, keyin ancha ingichka spisalar yordamida asosiy ipdan paypoq to`qilishida 2,5-3 sm to`qiladi, so`ngra polotnoning o`ng tomoni bo`yicha ters halqalar bilan bir qator tuo`qiladi (bu qator buyumning chetini tekis bukish uchun kerak). Buyumning cheti (etagi) ko`ngurador (tishli) bo`lishi uchun polotnoning o`ng tomonidan, uning chetini qayirib bukish chizig`i bo`yicha navbat bilan 2 halqa birga qo`shib to`qiladi va 1 xomaki halqa hosil qilinadi, qatorning chetigacha shunday davom ettiriladi, navbatdagi qatorda gramma halqalar va xomaki halqa (nakid) lar ters halqa qilib to`qiladi (bunday to`qish «piko» deb ataladi).

Polotno qayirib bukish kengligida to`qilgach, paxta ipi qirqilib, asosiy ipdan to`qilgan halqalar ajratiladi, so`ng ochilib qolgan shu halqa qo`shimcha spisaga kiygiziladi va polotno qayirish chizig`i bo`yicha bukiladi (teskarisi ichki tomonda qoladi), so`ngra har gal 2 halqa bir qo`shib to`qiladi, bunda bir halqa asosiy spisadan va ikkinchi halqa qo`shimcha spisadan olinadi. Shunday keyin o`ng halqalar o`ng halqa qilib va ters halqalar ters halqa qilib to`qiladi. Buyumning naqshiga ko`ra polotnoni ulashning iloji bo`lmasa, birinchi qatordagi halqalar polotnoning teskari tomondan ters halqalardan hosil bo`lgan tugunchalarga gorizontal trikotaj chok solib tikiladi. Buyum yukoridan pastga qarab to`qilganida ham palotno chetini qayirib bukish chizigi bo`yicha bitta ters qator to`qiladi yoki ”piko” deb ataluvchi qator hosil qilinadi, so`ngra polotnoning cheti qayrilib, teskari tomonidan ochiq; halqalardan ilib olib qo`lda tikiladi.





Uyma cho`ntak. Cho`ntak o`yiladgan joygacha to`qilgach, asosiy ipni vaqtincha chetda qoldirish va uning o`rniga rangdor paxta ipini olish kerak. Rangdor ipdan bir qator tuqiladi, bunda qatordagi halqalarning xammasi o`ng halqa bo`ladi. Hosil bo`lgan halqalar chap spisaga o`tkaziladi va asosiy ipdan yana bir qator to`qiladi. Buyum to`qilib tayyor bo`lgach, rangdor ipni ehtiyotlik bilan sug`urib olish, cho`ntak o`rnidagi ustki va ostki ochiq halqalarni spisalarga kiygizish kerak. Yuqoridagi halqalardan pastga qarab cho`ntakning ichki qismi (xaltasi) paypok. nusxa tuqilishida istagan uzunlikda to`qiladi, lekin yon tomonlarga bittadan ustama yopiq halqa qo`shiladi (bu tug`rida yuqorida aytib o`tildi). Cho`ntakning ichki qismi buyumga teskari tomondan uch nuqtasidan chatib qo`yiladi. Pastki halqalardan yuqoriga, tomon cho`ntakning pardoz (bezak) plankasi qo`yiladi.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling