«Naukometriya» termini birinchi marotaba V.V.Nalimov tomonidan kiritilgan hamda Z.M.Mulgpchenko bilan hammualliflikda nashr etilgan «Naukometriya: Izuchenie nauki kak informatsionnogo protsessa» (1969) monografiyasida ishlatilgan.
Naukometriya asosan turli ilmiy birliklarni (institutlar, loyihalar, buyruqlar va h.) bajarilishi, baholash hamda moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Naukometriyaning o’lchovlar obhekti – belgilangan vaqt oralig’ida nashr etilgan hamda tsitatalangan ilmiy maqolalardir.
Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarining asosiy naukometrik indikatorlari quyidagilar hisoblanadi:
* nashrlarning umumiy soni: mavzusi bo’yicha, muallifi yoki mualliflar guruhi, tashkiloti, shahri, mamlakati, manbasi (jurnal bo’yicha), yili va boshqalar bo’yicha bo’yicha,
* nashrga tsitatalash soni (mavzusi bo’yicha, mualliflar, tashkiloti, jurnali va boshqalar) yig’indida va yillar bo’yicha va umumiy taqsimlanishi va har bir nashr bo’yicha va yillar bo’yicha taqsimlanish;
* yig’indida o’ziga tsitata qilishlar sonisiz: har bir nashr bo’yicha va yillar bo’yicha hamda nashrlar bo’yicha taqsimlangan;
* umumiy sarlavha ostida havolanadigan nashrlar soni;
* umumiy sarlavha ostida havolanadigan nashrlar soni (o’ziga tsitata qilishlar sonisiz);
* umumiy sarlavha ostidagi bitta maqolaga havolalarning o’rtacha soni;
* yil davomida havolalarning o’rtacha soni;
* Xirsh (h-indeks) indeksi;
* jurnalning impakt-faktori;
Do'stlaringiz bilan baham: |