“Xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi amaliy ahamiyati”
Download 25.18 Kb.
|
taqriz xulosa (2)
XULOSASI
Xulosam shundan iboratki, BMI ximoyachisi tomonidan yozilgan fizik o’qitish metodlarida mavjud sharoitlardan to'g'ri foydalangan xolda zamon talabiga mos keluvchi darslarni tashkil etish va shu yo'l bilan o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakillantirib borish xozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Buning sababi shundaki,hozirgi davrda jamiyatga faqat bilimli yoshlar emas,balki olgan bilimlarini hayotda qo'llay oladigan, hayotiy muammolarni to'g'ri hal eta oladigan, zamonaviy texnikani idrok eta oladigan ijodkor yoshlar zarur. Yirik pedagog va maktab fizika eksperimentining ustalaridan biri «tajribaning muvofaqqiyati, albatta, birinchi bo'lishi kerak. Agar tajriba chiqmasa «tabiat ovozi» o'rniga o'qituvchining ovozi eshitilsa, bunday tajribalardan yomon narsa yo'q. U holda tajriba o'ziga va yengib bo'lmaydigan ishonchsizlikni, zerikishni va hatto nafratni vujudga keltiradi.» degan edi. “Xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi amaliy ahamiyati” ni albatta yaxshi tushuntirish bilan birga olib borilishi kerak. Chunki xissiy qabul qilishga kafolat berilmaydi. Kuzatish jarayonida o'quvchilar predmet yoki xodisaning muhim belgilariga diqqat qila olmasliklari mumkin. O'qituvchi o'quvchilarga eksperiment vaqtida ular uni qanday kuzatishlari kerakligini tushuntirish shart. Chunki yaxshi tashkil qilinmagan, aniq bir maqsadga qarab yo'naltirilmagan kuzatishlar noto'g'ri tasavvurlarni hosil qiladi. TAKLIFLAR Demonstrasiyalarning vaqti chegaralanganligi tufayli darsga belgilab berilgan vaqt orqali aniqlanadi. Tajribani bajarish tempi o'quvchilarning demonstrasion materialni qabul qilish tempiga mos kelishi kerak. Agar hodisa juda tez sodir bo'lsa unda yoki o'quvchilar hamma zaruriy detallarni ko'rib ulgurmagan bo'lsalar, tajriba qaytadan takrorlanadi. Bunday takrorlashda o'qituvchi maxsus diqqat qilishini lozim bo'lgan ob'yektlarni belgilab o'tadi. Demonstrasion eksperimentning eng muhim tomoni-bu uning o'z vaqtida qo'yilishi. Tajribani demonstrasiya qilish tabiiy holda o'qituvchining hikoya yoki suhbati bilan olib borilishi kerak.Ayrim o'qituvchilar tajribasida qo'llaniladigan holatni hikoya yoki ma'ruzalarini oxirida demonstrasion tajribalarning hammasini birga ko'rsatish odatini butunlay yo'qotish kerak. Ilmiy rahbar : E.Kalandarov Download 25.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling