Elektr toki kuchi birligi - Amper.
Tok kuchi va qarshilik uchun «Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893
yilda Chikagoda o'tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va «Xalqaro
amper» va «Xalqaro Om»larning ta’riflari 1908 yildagi
London kongressida qabul
qilingan edi.
Garchi 8-O‘TXK (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi) da ham elektr
sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar» ning «Mutlaq birliklar»
bilan almashtirilishi
yakdillik ma’qullangan bo'lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (O‘lchov
va Tarozilar
Xalqaro Konferensiyasi) (1948) da O‘TXI (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi)
taklif etgan quyidagi ko'rinishda qabul qilindi (1946, 2
-Rezolyutsiya; PV, 20, 129-
137):
Amper - vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda
joylashgan cheksiz
uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda,
o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2·10
-7
Nyuton o‘zaro ta’sir
kuchi hosil
qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.
Bundan
kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit
singdiruvchanligi nomi
bilan
ham ataladigan, magnit doimiysi - µ
0
ning qiymati µ
0
=4π·10
-7
Genri
taqsim
metrga aniq teng. µ
0
=4π·10
-7
Gn/m (H/m).
1946 yildagi asosiy matnda ko’rsatilgan «MKS kuch birligi» so'zi bu joyda, 9-
O‘TXQ (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi) tomonidan tasdiqlangan «nyuton»
so'zi bilan almashtirildi. (1948, 7- Rezolyutsiya; CR, 70).