Xalqaro hisob-kitoblar banki
Oltinning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ahamiyati
Download 86.07 Kb.
|
Xalqaro hisob-kitoblar banki
Oltinning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ahamiyati
Pul muomalasi tarixida va umuman qiymatning rivojlanish tarixida oltinning ahamiyati katta. Kishilik jamiyatida oltinni muomalada pul sifatida yurgan davri taxminan olti ming yilni tashkil etadi. Shundan ushbu davrning dastlabki 3300 yili mobaynida oltin muomalada tanga shaklida yurmagan, so’nggi 2700 yil mobaynida esa oltin tanga shaklida muomalada yurgan. Birinchi 3300 yil, qadimgi dunyoda (asrimizgacha 4100 - 3900 yillar), Misrda oltinning ochilish davrini o’z ichiga oladi. Birinchi oltin tangalar eramizgacha bo’lgan davrning 7-asrida, Kichik Osiyodagi Yunon mustamlakalarida kashf etilgan. Oltin dastlab xonlar saroylarida jamg'ariladigan xazina, Sharq hukmdorlari tomonidan fir'avnlardan sotib olinadigan qimmatbaho metall edi. Misr oltin tarixiy davrining yarmidan ko’pi mobaynida yer yuzida yagona oltin yetkazib beruvchi edi. Keyingi 2700 yil - oltinni tangalar sifatida muomalada yurishi davridir. Jahonga ma'lum eng taniqli oltin tangalar ichida quyidagi tangalarni ajratib ko’rsatish mumkin: -qadimgi yunon oltin staterlari (Krez stateri - krezeid, 11 gramm; Filipp va Aleksandr Makedonskiyning staterlari (7,27 gramm) va kumush drahmalar; -Yuliy Sezardan (8,18 gramm) to Valentingacha Rim oltin aureuslari (3,89 gramm). O’rta asrlarda: -Vizantiyada solidus bizantiuslar yoki bezantlar (4,54 gramm va boshqa og’irlikda); -Arablarda dinorlar (4,25 gramm va boshqa og’irlikda). Ilk uyg’onish Yevropasida: -Florenciyada, florinlar (1252 yildan 3,56 gramm); -Venetciyada, grosso (1192 yildan), keyin dukatlar yoki cehinlar (1284 yildan); -Fransiyada EKYU (1266 yildan); -Angliyada nobl (9,4 gramm, keyinchalik 7 gramm); -Kastiliyada dublon (18-chi asrning oxiridan). Amerika oltini ochilganidan so’ng: -Ispaniyada eskudo (3,10 gramm 1537 yildan) va masXXur 6,2 gramm og’irlikka ega ikki barobarli tanga - pistol (va kumush piastrlar); -Fransiyada luidor (6,69 gramm 1640 yilda Lui-13 tomonidan EKYU-ning o’rniga muomalaga kiritilgan, keyinchalik EKYU kumush tangaga aylangan); -Angliyada luidor namunasi bo’yicha - gineya muomalaga kiritilgan. Yangi davrda: -Angliyada 1 funt sterling qimmatligidagi soveren (7,98 gramm); -Fransiyada napoleondor nomini olgan 2 frank qimmatligidagi oltin tanga (6,45 gramm); -Rossiyada imperiallar (10 rubl); -AQShda oltin dollar (1,504 gramm 1834 yildan), 10 dollarli "igl" va 20 dollarli "dabl igl". Hozirda jahonda (tanga, quyma va turli zargarlik bujumlari shaklida banklarda, xususiy shaxslarda) 1493 yildan 1992 yilgacha jami 110 ming tonna ishlab chiqarilgan oltin hisobga olingan. qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda ishlab chiqarilgan oltinni hisoblasak, unda yakun quyidagicha bo’ladi: -taxminan 1 ming tonna 4400 yil ichida (asrimizgacha 3900 yildan asrimizning 500 yiligacha); -2500 tonna o’rta asrning 1000 yili ichida (500 yildan 1493 yilgacha). 1493 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha oltin jahon bo’ylab tarqalgan va kishilik jamiyati uchun yo’qotilgan; -4900 tonna 340 yil ichida (16, 17, 18 asrlar va 19 asrning boshi) Amerikaning ochilishidan boshlab 19 asrning yarmigacha; -95000 tonna 1840 yildan boshlab hozirgi kungacha. Yer yuzida 1 yilda o’rtacha 1350 tonna oltin qazib olinadi. Uning 840 tonnasi zargarlarga, 5 tonnasi elektron sanoatiga (faqat Yaponiya elektron sanoatining o’zi yiliga 50 tonnadan ziyod oltin ishlatadi), 65 tonnaga yaqini esa tish protezlariga ishlatiladi. Oltinning qolgan qismi esa xususiy kollekciyalar va zahiralarga tushadi hamda tangalarni zarb etish uchun ishlatiladi. Janubiy Afrika Respublikasi har yili jahonda qazib chiqariladigan oltinning 70 foizini beradi. Oltin bozoridagi taklif manbalari bo’lib, yangi qazib olingan oltin, davlat va xususiy zahiralar, investorlar va tezovratorlarning sotuvlari hisoblanadi. Talab esa firmalar, tijorat banklari, xususiy shaxslarning oltinga bo’lgan talabidan shakllanadi. Oltin taqdimotining siyosatiga muvofiq Xalqaro Valyuta Fondi 1978 yildan boshlab davlatlar Markaziy banklariga oltin bozorlarida shakllanadigan baholar asosida oldi-sotdilarni o’tkazishga ruxsat berdi. Tarixan qog’oz pullar zaminida oltin yotgan bo’lib, ushbu oltinning miqdori qog’oz pul birligining qiymatini belgilab bergan. Boshqacha qilib aytganda, milliy qog’oz pul birligi o’z zaminida yotgan oltin miqdori qiymatini ifodalagan. Qog’oz pul birligi zaminida yotgan oltin miqdori - baho masshtabi deb atalgan. Baho masshtabi - bu, tarixan shakllangan va mamlakatning milliy pul birligi zaminida yotgan oltin miqdoridir. Boshqacha qilib aytganda milliy pul birligi qiymatini ifodalovchi oltin miqdori. Masalan, 1887 yilda Chor Rossiyasining 1 rubli zaminida 0,774234 gramm oltin bor edi yoki 0,774234 gramm oltin 1 rubl qiymatini ifodalar edi. 1922/24 yillarda Shurolar tomonidan chiqarilgan "chervonetc"da 7,74234 gramm, SSRI Vazirlar Kengashining 1950 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq 1 rublda 0,222168 gramm oltin (1 gramm oltin 4,45 rubl) bor edi. Shu bilan birgalikda AQSh dollari zaminida 1971 yilda 0,888671 gramm, SSRI rublida esa 1961 yilda 0,987412 gramm oltin bor edi. Milliy pul birliklari zaminida yotgan oltin miqdorlari davlatlar iqtisodiy barqarorligiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Agarda, davlat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lib, muvozanatsizlik boshlansa, unda davlat milliy pul birligini qadrsizlanish sur'atini pasaytirish maqsadida uni "devalvatsiya" qilishga, zaminidagi oltin miqdorini kamaytirishga majbur bo’lar edi. Aksincha bo’lganda esa davlatlar tomonidan milliy pul birliklarini "revalvatsiya"si, ya'ni zaminidagi oltin miqdorini oshirish tadbirlari o’tkazilar edi. Baho masshtablari Yamayka valyuta tizimigacha, ya'ni 1976 yilgacha amalda bo’lgan. Yamayka valyuta tizimining shartlariga asosan oltin rasmiy asosda o’zining pul sifatidagi harakatini to’xtatadi va xalqaro munosabatlarda ko’p valyutali standart qabul qilinadi. Qimmatbaho metall "oltin"ni pul sifatidagi tarixi o’z ichiga 2,5 ming yildan ziyodroq davrni oladi va o’z rivojlanishida ikki bosqichni, ya'ni bimetallizm va monometalizm davrlarini o’tkazgan.
Download 86.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling