Xalqaro huquq tushunchasi. Xalqaro huquq funktsiyalari


Xalqaro huquqning tarixiy turlari.Xalqaro huquq soxalari


Download 51.5 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi51.5 Kb.
#1037922
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi

Xalqaro huquqning tarixiy turlari.Xalqaro huquq soxalari
Xalqaro huquq; huquqning boshqa sohalari kabi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. U muayyan ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qadimiy ilk jamoalar va qabilalar bir-biridan alohida ajralgan holda emas, balki qabilalarning yozilmagan qonunlari bilan birlashgan edi. Birinchi odat meyorlari davlatchilikning vujudga kelishidan oldin ibtidoiy jamoa to‘zumi davridayoq paydo bo‘lgan.
Agar, «xalqaro huquq» tushunchasini davlatlararo huquq, sifatida tushunilsa, u holda, davlatchilik paydo bo‘lib, rivojlanishi bilan vujudga kelganini e’tirof etish lozim.
Xalqaro huquq — tarixiy ijtimoiy-huquqiy amaliyot rivojlanishi natijasidir. Insonlarning (guruhlar, tabaqalarning) o‘z milliy manfaatlarini anglash vositasi sifatida paydo bo‘lishi, ayniqsa xalqaro munosabatlarning doimiy o‘zgarib turishiga aloqadorligi bilan xalqaro huquq milliy davlatlar va xalqlarning taraqqiyotiga muhim ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatib kelmokda. Kishilik tarixi davomida xalqaro huquq nafaqat xalqaro munosabatlarning taraqqiyoti bilan birga rivojlanib kelgan, balki ularga ma’lum darajada ta’sir ham ko‘rsatgan.
Xalqaro huquqning kelib chiqishi tabiiy-obektiv jarayondir. Xalqaro huquq paydo bo‘lishining umumiy shart-sharoiti — davlatlarning hohish-irodasi emas, balki insoniyat hayotining sharoiti, uning tarixiy taraqqiyoti, insonning atrofdagi dunyo bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir.
Xalqaro huquq, — bizni o‘rab turgan dunyoning muhim bir ajralmas qismidir. U doimiy ravishda insonga, xalqlarga, davlatlarga ta’sir ko‘rsatib keladi.
Xalqaro huquq muhim huquqiy kategoriya bo‘lib, xalqaro munosabatlardan, ularning iqtisodiy, siyosiy, harbiy, madaniy va boshqa xususiyatlaridan o‘sib chiqqan.
Shunday qilib, xalqaro huquqning paydo bo‘lishi bevosita davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Davlatlar taraqqiyotining obektiv shart-sharoiti ular o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy munosabatlarni o‘rnatish zaruratini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o‘laroq huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir.
Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
«Xalqaro huquq» tushunchasini aniqlash va unga ta’rif berish xalqaro huquq, fanining eng muhim vazifalaridan biridir. Agar davlat va huquq, nazariyasi fani davlatlarning milliy huquqiy tizimiga hos bo‘lgan hodisalarni o‘rgansa, xalqaro huquq fani esa davlatlararo yoki kengrok. ma’noda xalqaro munosabatlarga hos bo‘lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko‘rib chiqadi.
Xalqaro-huquqiy meyorlarda milliy davlatlarning o‘zaro munosabatlaridagi murakkab jarayonlar o‘z aksini topadi. Ularning asosida shakllanayotgan, xalqlarning subektiv hohish-irodasiga emas, balki ijtimoiy taraqqiyotning obektiv omillariga mos keladigan huquqiy ong xalqaro huquqda o‘z ifodasini topadi.
Xalqaro huquq tarixi insoniyat tarixiy taraqqiyotining uzviy qismidir. Yuridik adabiyotlarda barqarorlashgan fikrga ko`ra, xalqaro huquq xuddi ichki huquq singari davlatning o`zi bilan bir paytda paydo bo`ladi.
Xalqaro huquq qadimiy bo`lib, u o`zoq tarixga ega. Yuridik adabiyotlarda xalqaro huquq paydo bo`lishi va taraqqiyotini davriylashtirish, ya'ni rivojlanish bosqichlariga bo`lish bo`yicha yagona fikr yo`q. Shunga qaramasdan, xalqaro huquqqa oid o`quv va maxsus adabiyotlarda xalqaro huquq taraqqiyoti quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
Kadimgi dunyoning xalqaro huquqi. Bu bosqich davlatlar bilan xalqaro huquq paydo bo`lgan paytdan to V asrgacha bo`lgan uzoq davom etgan davrni qamrab oladi.
Urta asrlar xalqaro huquqi. Bu bosqich V-XVI asrlarni o`z ichiga oladi.
Klassik xalqaro huquqi davri. Bu bosqich XVII-XX asrning birinchi yarmiga xosdir.
Zamonaviy xalqaro huquq davri.Bu bosqich ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib, to hozirgi kunga qadar davom etmoqda.
Minglab yil avval birinchi davlatlar paydo bulishi bilan muntazam tus ola boshlagan, vakillik aloqalari asos solgan. Avvalo ular Osiyoda barpo buldi. Vakt utishi bilan bu soxa – «Elchilik huquqi » nomini olgan bulsa, XX asr urtalaridan esa – «Diplomatiya (va konsullik) huquqi» deb nomlanadi.
Shu vaktning uzida tuxtovsiz urushlar tufayli paydo bulayotgan: tinch axoli, kushinlar xamda asirlarning axvoli, uljani, shu jumladan, xududlarni uzlashtirib olish va uzgacha vaziyatlarni kanday kilib bulsa xam muvofiklashtirishga karatilgan soxa yuzaga keladi. «Urush huquqi» paydo buldi. Urta asrlarda Yevropada Xalqaro huquq xarbiy maktabining «otasi» Gugo Grotsiyning ta'biricha, keyinrok umuman butun xalqaro huquqka nisbatan kullangan ibora, ya'ni «Urush va tinchlik huquqi» iborasi bilan atala boshlandi. Xozirda, urushni tamoman rad etayotgan ushbu soxa tarakkiy etib borayotir birok uning uchun endilikda eng muxim masala – urushning oldini olish va tinch axolini, xarbiy asirlar va madaniyat yodgorliklarini muxofaza kilishdan iborat bulib koldi. XX asrning ikkinchi yarmida u yangi soxa «Xalqaro xavfsizlik huquqi» bilan birlashdi.
Dengiz ishining, xam xarbiy va boskinchilik maksadlarida, shu bilan birga savdo extiyojlari yulida tarakkiy etishi bilan urta asrlarda «Dengiz huquqi» soxasi vujudga keldi.
XX asrda fan va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishiga boglik ravishda kator Yangi soxalar yuzaga keldi. Shunday kilib zamonaviy xalqaro huquqda «Xavo huquqi», «Kosmos huquqi», «Tibbiy huquqi» kabi soxalari paydo buldi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib «Iktisodiy huquq»ning xalqaro huquqning aloxida soxasi sifatida tug`ilganini xam tez sur'atlar bilan shakllandi. «Xalqaro tashkilotlar huquqi» xamda «Individlar va xalklar huquqi» kabi soxalarning paydo bulishi xam xalqaro huquqning tinchlik, ozodlik va tarakkiyot huquqi sifatidagi zamonaviy jixatlarini Yerkin namoyon kildi.
Kupgina soxalar maxsus xalqaro konventsiyalar yordamida muvofiklashtiriladi. Tuksoninchi yillarda xalqaro munosabatlarning ixtiloflardan xamkorlikka tomon uzgarishida ifodalangan tamoyilial, tubdan uzgarishi, - xalqaro huquq sub'yektlarining ana shu kabi birgalikdagi faoliyati tobora kengayib va chukurlasha borib, xalqaro huquq yangi soxalarining paydo bulishi kafolatidir.
«Yangi sohalari» sifatida xalqaro xavfsizlik huquqi, xalqaro javobgarlik huquqi, inson huquqlari bo`yicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, atrof- muhit huquqi, xalqaro atom huquqi va boshqa shu kabi huquqlarni ko`rsatish mumkin.
1.5. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq bir-biri bilan yaqin aloqada bo`lgan va o`zaro bog`liq huquq tizimlari hisoblanadi. Masalan, ikki tomonlama va ko`p tomonlama savdo shartnomalari tashqi savdo bo`yicha davlatlararo xalqarog` huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunda xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq predmeti doirasida o`rganiladi. Mana shu savdo shartnomalari asosida tuziladigan tashqi savdo bitimlari (tovarlarni yuklash, tashish, tushirish, ularga haq to`lash va hokazo) esa fuqarolik huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi va xalqaro xususiy huquq predmeti doirasida o`rganiladi.
Xalqaro xususiy huquq – kisman turli davlatlarning milliy huquq tizimlariga, kisman xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalarga taalukli huquqiy normalar yigindisidir. Xalqaro xususiy huquq bir davlat huquqiy tizimi doirasidan chikuvchi xilma-xil milliy huquqiy tizimlar sub'yektlari urtasidagi munosabatlarni boshkarish predmetiga ega bulib, uning uzi aloxida huquq tarmog`i bulib shaklllangan emas.
Xalqaro xususiy huquq xalqaro iktisodiy – savdo, ilmiy – texnika va madaniy rivojlanishi bilan bevosita boglik.
Xalqaro xususiy huquq fukaroviy – huquqiy munosabatlarni, mulkiy va mulk bilan boglik bulmagan boshka munosabatlarni, ya'ni oila, mexnat protsessual munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq, shuningdek, mulk huquqi, xalqaro iktisodiy alokalar, xalqaro yuk va passajir tashish, xalqaro majburiyat va u bilan boglik zarur masalalarni, mualliflik huquqi, patent, oila, meros huquqi, xalqaro mexnat munosabatlari, xalqaro sudda nizom masalalarni kurib chiqish, xalqaro notariat xamda xalqaro huquqiy jixatdan tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquqning asosiy manbaalari ikki yoki kup tomonlama tuzilgan xalqaro shartnoma va xujjatlardir. (Sanoat mulkini muxofaza kilish buyicha Parij konventsiyasi, Mualliflik huquqini muxofaza kilish buyicha xalqaro konventsiya, fukarolik protsessual masalalariga bagishlangan Gaaga konventsiyasi va boshkalar.)
Adabiyotlar:


1.Saidov A.X. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 2001y.
2. Saidov A.X. Xalqaro huquq sxemalarda .T. “Adolat”, 2001y.
3.Mamatqulov A. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 1998y.
4.To`zmuhammedov K.A.Hakimov K.YE. Xalqaro huquq asoslari.T. “Adolat”,
1998y.
5.I.I.Lukashuk. A.X.Saidov. Hozirg`I zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. “Adolat”T.2006 y.
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling