Xalqaro huquq


Sbartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi organlar


Download 3.36 Mb.
bet47/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Sbartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi organlar. Shartnomalaming tuzishda davlat nomidan uning tegishli drganlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro munosabatlarda davlatning vakili hisoblangan organlaming mavjud bo'lmasligi davlat nomidan xalqaro majburiyatlami olish, ulami bajarish, xalqaro-huquqiy subyektivlikni tashkil etishning imkoni yo'qligini ko'rsatadi. Ma’lumki, xalqaro huquqning subyekti sifatida hokimiyatga ega bo‘lish davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Shu tariqa, davlat nomidan chiquvchi u yoki bu organning shartnoma tuzish huquqi masalasining yechimida xalqaro huquqda aniq bir ma’noga ega. Vena konvensiyalariga muvofiq ishtirokchilar shartnoma imzolash vakolatidan foydalanib, shartnoma majburiyatiga asoslangan holda davlatning ichki huquqini buzuvchi holatga rozilik berish huquqiga ega emas, ya’ni shartnoma imzolash huquqiga egaligidan foydalanib davlat nomidan qatnashayotgan ishtirokchi shartnoma shartlarini ular davlatning ichki qonuniga zid keigan taqdirda ham bajarish huquqiga ega emas. Bunday holat konstitutsion huquqlariga e’tibor bermaslikni anglatmaydi. Davlat shartnoma imzolash kompetensiyasiga nisbatan o'zining ichki huquqlaridagi holatlariga tayanishi mumkin. Vena konvensiyasining 46-moddasiga ko‘ra “Huquqbuzarlik yaqqol hisoblanadi qachonki, odilona harakat qilanayotgan har qanday davlat uchun obyektiv jihatdan aniq ko‘ringanda“, - deyilgan.
Xalqaro-huquqiy nuqtayi nazardan shartnoma davlat boshlig'i tomonidan tuzilganmi yoki hukumat tomonidan tuzilganmi ahamiyatsizdir. U yoki bu holatda ham kelishayotgan tomon davlat hisoblanadi. uning organi emas. Ikkala holat siyosiy ahamiyatida farq bo'lsada, shartnoma teng yuridik kuchga ega bo’ladi.
Shartnoma tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etayotgan vakil organlarnjng darajasi teng boMishi kerak. Qiyosiy jihatdan kamdan kam istisnoli, ilojsiz shartlar bilan tushuntiruvchi holatlar ham mavjud bo‘lgan taqdirda favqulodda holat sifatida baholanadi.
1969-yildagi Vena konvensiyasi tegishli vakolat taqdim etishidan qat’i nazar, funksiyalari kuchidan kelib chiqqan holda davlat nomidan ishtirok eta oladigan shaxslar doirasini aniqladi:

  1. barcha shartnomalami tuzishga oid bo:lgan aktlami amalga oshirish maqsadida - davlat boshlig’i, hukumat boshlig'i va tashqi ishlar vaziri; r. .

  2. akkreditatsiya qiluvchj davlat va akkreditatsiyani amalga oshirib bo‘lgan davlat o‘rtasida shartnoma matnini qabul qilish maqsadida diplomatik delegatsiya boshliqlari;

d) davlat tomonidan xalqaro konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki uning organlaridan birida xuddi shunday konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki organlarda shartnoma matnlarini tuzishda davlatni namoyish etishi. davlat nomidan qatnashishi (7-modda. Vakolat).
Bundan kelib chiqadiki, “shartnoma tuzilishiga taalluqli barcha aktlami amalga oshirish maqsadida” davlat nomidan davlat boshlig'i, hukumat boshlig'i, tashqi ishlar vaziri ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, ular shartnoma majburiyatlariga rozilik bildira olishadi. Aytib o‘tilganiday, qaysi organ ishtirok etishidan qat’i nazar, shartnoma tuzilishida undagi tomon davlat hisoblanadi. Biroq tajribadan ma’lumki, u yoki bu siyosiy sabablarga ko‘ra kelishuvlar faqat hukumat majburiyati sifatida ko'riladi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling