Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet49/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Matnning autentligi
Matnning autentligi (haqiqiyligini, ishonchligini tekshirish) matnning ishonchliligi, to‘g:riligini aniqlash jarayoni matn to'g'ri, yakuniy holatdaligi va o'zgartirilmaganligi e’tirof etish yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon matnning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi ma’lum bir harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Agar matnning autentifikatsiyasidan so‘ng muzokaralar o’tkazayotgan tomonlar yoki shartnomani imzolovchilar matnda xatolik bor deb topishsa, u holda matnni mos keluvchi hujjatlar yoki tuzatish kiritilgan hujjatlami aimashtirish yo'li bilan, avvalgi xato deb topilgan matnni xomaki nusxa sifatida qabul qilib, to‘g‘rilash mumkin. Va nihoyat, butun bir shartnoma matni boshdan, yangidan tuzilib awalgisi qay tartibda qabul qilingan bolsa, xuddi shu tartibda yana qabul qilinadi. Agar shartnoma depozitariyga berilgan bo‘lsa, oxirgi kiritilgan tuzatish haqida barcha imzolovchi va kelishayotgan tomonlarni xabardor qiladi. Agar belgilangan vaqt ichida tomonlar o;z raddiyalarini berishmasa. u holda depozitariy tuzatish kiritilgan bayonnomani tarqatadi. Shunday amaliyot BMT Kotibiyatida mavjud.
Autentifikatsiya jarayoni masalasi muzokara ishrokchilarining kelishuvi bilan hal etiladi. Agar ishtirokchilar o‘zlari bu masalani hal etishmasa, bu holat uchun Vena konvensiyasi mos keluvchi qoidani o'matgan. Vena konvensiyasida asosan shartnoma matni to'gri va yakuniy hisoblanadi, agar:

  1. matnda ko'zda tutilgan jarayonining qabul qilinishi natijasida yoki ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi bilan tuzilgan bo‘isa;

  2. agar bunday jarayon mavjud bo'lmasa, u holda imzolash yo'li bilan, ad referendum imzolash yoki shartnoma matni ishtirokchilari vakillarining rasmiy ko‘zdan kechirib chiqishi bilan ushbu matnni o‘z ichiga olgan konferensiyaning yakuniy akti bilan o‘zaio keshilsa,


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling