Xalqaro huquq
Shartnoinalaning hudud doirasida amal qilishi
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro shartnomalarni tatbiq qilish
Shartnoinalaning hudud doirasida amal qilishi. Ayrim shartnomalar aniq belgilangan hududiy amal qilish doirasiga ega emas. Barcha sharoitlarda shartnomalar ishtirokchilaming suvereniteti doirasida amal qilishi lozim. 0‘tmishda tomordarga tegishli bo‘lmagan hududlarni ham o‘z ichiga olgan shartnoma hududi tushunchasi mavjud bo'gan. Shu yo‘l bilan hozirgi xalqaro huquqqa zid bo'lgan ta’sir va manfaatlar doiralari aniqlangan. Misol sifatida NATOning 50 yilligi munosabati bilan qabul qilingan 1969-yilgi Vena konvensiyasi 5-moddasining qoidalarini a’zo bo'lmagan davlatlar orasida tarqatish to’g'risidagi normani keltirish mumkin.
Ko'pchilik shartnomalarda amal qilish hududi aniq belgilangan. Ayrim holatlarda bunday hududlar aniq ko'rsatiladi. Misol sifatida Shpitsbergen to'g'risidagi 1920-yilgi Parij shartnomasi yoki 1959-yilgi Antarktida to'g'risidagi shartnomani keltirish mumkin. Hududiy amal qiluvchi ayrim shartnomalarda uning chegarasi ko'rsatiimagan. Misol sifatida ushlab berish to'g'risidagi shartnomalami keltirish mumkin. Shartnomalarning amal qilish doirasi ishtirokch ilari tomonidan belgilanadi. Shunga qaramasdan umumiy qoida sifatida shartnoma davlatning butun hududida amal qiladi. Adabiyotlarda ham, xalqaro amaliyotda ham shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa, shartnoma davlatning butun hududida amal qilishi ko'zda tutilgan. Ushbu moddani Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan berilgan loyihasiga keltirilgan takliflarda ayrim hukumatiar ushbu modda shartnomalami ekstraterritorial qo'lianilishiga nisbatan ham amal qilishi tarafdori bo'lishgan. Komissiya bunday qoida davlatlarning ekstraterritorial vakolatini aniqlash bilan bog'liq bir qancha qiyinchiliklami keitirib chiqaradi. Komissiya 25-moddaning quyidagi tahrirda taqdim etgan: “agar shartnomada yoki boshqacha tazrda boshqa qoida kelishilmagan bo'lsa, shartnoma hamma ishtirokchilarining butun hududida amal qiladi”. Natijada davlatning barcha hududida to'g'ridan to'g'ri qo'llanilishi belgiiandi. Shu bilan birga, shartnomaning davlat ichida amal qilish masalasi daviat ichki huquqidan kelib chiqib turlicha hal qilinadi. Boning natijasida 1986-yilgi Vena konferensiyasining ishtirokchisi sifatida “shartnoma har bir ishtirokchi uchun uning butun bududida majburiy hisoblanadi” degan qoidadan kdib chiqib moddaning loyihasiga o'zgartirish kiritishni taklif qilishga olib keldi. Boshqacha aytganda, shartnoma bevosita davlatning barcha hududida qo‘llanilmaydi, u davlalga shartnomani o'zining barcha hududida qo'llash choraiarini ko'rish majburiyatini yuklaydi. O'zgartirish konferensiyada bitta ham qarshi ovoz olmasdan qabul qilingan. Ko'rib turganimizdek, xalqaro huquq shartnoma bevosita davlatning barcha hududida qo'llash masalasini hal qilmaydi, u davlatga shartnomani o'zining barcha hududida qo'llash choraiarini ko'rish majburiyatini yuklaydi. Tashkilotlar ishtirokidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi konvensiya loyihasini tayyorlashda hudud to'g'risidagi normalarni qo’llanilish masalasi ko'tarilgan. Tashkilotlar o'z hududiga ega emasligini hisobga olib, Xalqaro huquq Komissiyasi tashkilotlarning shartnomalari ular qayerda joyiashganligidan qat’i nazar, tashkilotning barcha organlarida amal qilishi lozim degan fikrga keldi. Shunga qaramasdan, “hudud” atamasi faqat davlatlarga nisbatan qo'llanilishi lozim deb qaror qilindi. Tashkilotlarning bu boradagi amaliyoti hali shakllanmagan. Shuning uchun kodifikatsiya qilish qiyin bo'lgan masalani keyinroqqa qoldirishga kelishildi. 1986-yilgi Vena konvensiyasi bunday qarorni ma’qulladi. “Shartnomalarning amal qilish doirasi” nomli 29-moddada belgilanishicha, bir yoki bir necha davlatlar yoxud bir yoki bir necha xalqaro tashkilotlar o'rtasida tuzilgan shartnoma har bir ishtirokchi daviat uchun uning butun hududida majburiydir. Shartnoma yoki boshqacha hujjatdan kelib chiquvchi qoida bundan mustasno. Xalqaro shartnomalarni tatbiq qilish Hozirgi zamon xalqaro huquqi amaliyotida xalqaro huquq tizimi qoidalarini daviat ichki huquqida amalga oshirish jarayoni (yoki xalqaro huquq normalarini milliy huquq tizimlarida qo'llash) xalqaro huquq normalarining hayotga tatbiq etilishi yoki “huquqni amalga oshirishni” anglatuvchi “implementatsiya” atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bu maqsadda qadimdan bizgacha yetib kelgan inkorporatsiya mexanizmlari (ya’ni daviat ichki qonun chiqarish hujjatida xalqaro huquq normalarining aniq, ayni matn holida aks ettirilishi) yoki retsepsiyalash (xalqaro shartnoma normasini uinumiy shakida ichki qonunda aks ettirilishijdan foydalaniladi. Xalqaro huquq normalarini qo‘llashning xalqaro va milliy usullari mavjud. Xalqaro usul davlatlarning xalqaro maydondagi faoliyati hamda ular yaratadigan xalqaro organ va tashkilotlar faoliyatida amalga oshiriladi. Milliy huquq esa xalqaro huquq nonnalarining davlat ichki faoliyatida amalga oshiri lishida, ya’ni bu normalarning implementatsiyasida o‘z aksini topadi. Xalqaro huquq nonnalarining milliy huquqqa kirib kelish jarayoni xalqaro huquq nonnalarining milliy huquq normalariga aylanishini ko'zda tutgan holda, odatda, transformatsiya deb ataladi. Bunda xalqaro-huquqiy norma o‘z mazmunini saqlab qolsa-da, uning shakli ba’zan o‘zgaradi. Shu bois bu o'rinda implementatsiya, ya’ni xalqaro huquq nonnalarining milliy huquq normalariga kirib borishi haqida ham so‘z boradi. Transfonnatsiya quyidagicha bo'lishi mumkin: Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling