Xalqaro huquq
'Myминав A- Халқаро ташкилотлар ҳуқуки. Укув қўлланма — Т.: Ж ИДУ, 20 J4. - Б.ЗЗ—36
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda azolik
'Myминав A- Халқаро ташкилотлар ҳуқуки. Укув қўлланма — Т.: Ж ИДУ, 20 J4. - Б.ЗЗ—36. e’tiborga olib, xulosa qilish mumkinki, zamonaviy xalqaro huquqning doktrinasi xalqaro nohukumat tashkilotlarining xalqaro huquqning cheklangan subyekti sifatida e’tirof etmoqda, Shu bilan bir qatorda, xalqaro nohukumat tashkilotlarining bugungi kunda nafaqat xalqaro hukumatlar tashkilotlar doirasida qarorlar qabul qilinishiga ta’sir ko’rsatmoqda, balki xalqaro huquqning asosiy subyektlari bo'lmish davlatlar bilan ham ayrim shartnomalar tuzmoqda va ular bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirmoqda. Uchinchidan esa hozirgi zamonda xalqaro fuqarolik jamiyatini shakllantirmoqda.1
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a'zolik Xalqaro hukumatlararo tashkilotlaming a’zolari suveren davlat hisoblanadi va ular tashkilot faoliyatida teng huquqli a’zolar sifatida ishtirok etishadi va tashkilot faoliyati uchun mas’ul hisoblanadi. Turli xalqaro tashkilotlar a’zolikka qabul qilish bo’yicha o‘zlarining turlicha qabul qilish qoidalarini o‘rnatishi mumkin. Ba’zi bir tashkilotlarda “Birinchi a’zolar” degan tushuncha ma’lum bo'lib, bu ushbu tashkilotning ustavini ishlab chiqishda ishtirok etgan davlatlami anglatadi. Masalan, BMT Ustavining 3-moddasida, uning birinchi Ustavda ko‘rsatilganidek, “dastlabki a’zolari” sifatida San-Fransiskoda bo’lgan konferensiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlaming 1942-yil 1-yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, BMT Ustavining 110-moddasiga muvofiq ushbu Ustavni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar BMTning dastlabki a’zolari hisoblanadi. “Birinchi a’zolar”ni “a’zolikka qo‘shilganlar”dan farqlash lozim bo'ladi. Bunda tashkilotga keyin kelib qo‘shilgan davlatlar tushuniladi. BMT Ustavining4-moddasida esa Tashkilot a’zoligiga qo’shilish istagini bildiruvchi davlatlar uchun talablar qo’yilgan. “Birinchi a’zo bo’lmagan uchun boshqacharoq tartib ko‘rsatilgan, ya’ni qo’shilmoqchi bo’lgan davlat BMT Ustavida keltirilgan majburiyatlarni zimmasiga olishi va ularni bajara oladigan tinchliksevar davlatlar bo’lishi va, eng muhimi, endi ular Xavfsizlik kengashi tavsiyasini olishi va Bosh Assambleyada ovozga qo‘yilishi kerak2. Ba’zi bir ixtisoslashgan muassasalarda “a’zolikka qo’shilganlar” ham ikkiga bo’linadi. Birinchi guruhga BMT a’zolari kiradi va ularga a’zolikka kirish nisbatan osonroq kechadi. Ikkjnchi guruhga esa B/VlTga a’zo ' Batu fail ma'lumot uchun q ar a ng Мумимсв А- Халхяро ташкилотлар xvkvkm- Ўкуи қўллянмя - T.: ЖИДУ 2014. — Б 36-42. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling