Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi
E’tibor hering!
Davlat javobgarligi xorijiy davlat yoki uning organlari tomonidan boshqa bir davlat hududida yoki uning hududi orqali sodir etilgan xalqaro buquqqa zid harakatlar natijasida ham yuzaga keladi. Bunda xorijiy davlatning harakatlari o'sha daviatning ko‘z o'ngida va roziligi bilan amalga oshirilgan bo'lsa, o‘sha davlat ham xorijiy davlatning xalqaro huquqqa zid harakatlari ishtirokchisiga aylanadi. Lekin bunday harakatlar o'sha davlatga bildirilmasdan va uning roziligisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat o‘z organlarining ziyraklikni yo‘qotishi natijasida xorijiy davlat amalga oshirgan huquqbuzarlikning oldini ola olmaganligi uchun javobgar bo'lishi mumkin. O‘z hududidan xorijiy harbiy bazalar yaratish yoki qurollar o'matish uchun joy bergan davlatlar masalasi boshqacha hal etiladi: ulaming sodir bo'lishi mumkin bo'lgan barcha xatarli oqibatlar uchun javobgarligi birgina I yuridik fakt - harbiy baza tashkil etish yoki qurol joylashtirishga ruxsat ! bilan kuchga kiradi. Davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi ushbu davlat organi yoki mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi natijasida xorijiy davlat yoki uning yuridik va jismoniy shaxslariga zarar yetkazilganida ham paydo bo'ladi. Masalan. davlat ochiq dengizdagi neft tankerining halokatiga aloqador bo‘lsa va uning ko‘rgan choralaridan ortiq bo‘lib qirg'oqning neft bilan ifloslanish xavfini oldini olish, kamavtirish yoki vo'qotish uchun zarur choralardan ortib ketgan taqdirda zarami qoplashi shart. Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va boshqa konvensiyalarning urush olib borish vositalari va usullarini tartibga soluvchi nonnalarining buzilishiga olib kelgan harakatlar uchun javobgarlik davlat organi, harbiy qism yoki bo‘linma mansub bo‘lgan davlatga yuklatiladi. Davlat amaldagi konvensiya va bitimlarda mustahkamlangan urush qonunlari va odatlarini o'zining barcha davlat organlari, harbiy qo‘shinlari va harbiylari tomonidan aniq baj arilishini ta’minlash uchun barcha qonunchilik, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘rishi shart. Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi nafaqat xalqaro huquq normalari yoki shartnomaviy majburiyatlarini buzganlik uchun, balki xalqaro huquqqa zid bo'lmagan harakati zararli oqibatlarga olib kelishi natijasida ham yuzaga keladi. Bunday holat qo‘llanishi xalqaro huquq bilan taqiqlahmagan o‘ta xavfli manba vositasida moddiy zarar yetkazilganda vujudga kelishi muinkin. Xavfi yuqori darajada bo‘lgan manbalarga yadroviy energetik qurilmalar (YEQ)ga ega kemalar, kdinotga uchirilgan fazoviy obyektlar kiradi. YEQga ega kemalar o‘z faoliyatini ochiq dengizda kemalar qatnovi erkinligi doirasida olib boradilar, fazoviy obyektlar esa Davlatlaming koinotni, shu jumladan “Oy va boshqa samoviy jismlami tadqiq qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 1967-yilgi Shartnomaga muvofiq uchiriladi. Yuqori darajali xavf-xatar tug‘diruvchi manbalardan foydalanish masalasida davlatlar sbartnoma tartibida moddiy zarami qoplash majburiyatini uning huquqbuzarlik natijasida paydo bo‘luvchi omil sifatida emas. balki o'sha zararning yetkazilganligi fakti asosida tan olishga kelishib olganlar (aybsiz javobgarlik). “Fazoviy obyektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risida”gi 1972-yilgi konvensiyaning 2-moddasida aytilishicha, uchiruvchi davlat “o'zining fazoviy obyekti tomonidan Yer yuzasiga yoki parvozdagi havo keniasiga yetkazgan moddiy zararni qoplash uchun mutloqo javobgardir”. Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi Xalqaro huquqbuzarlik — bu xalqaro huquq subyektining hiarakati va harakatsizligi bo‘lib, uning natijasida subyekt xalqaro huquq normalari va o'zining xalqaro majburiyallarini buzadi, -xalqaro huquqning boshqa subyektlari yoki butun xalqaro hamjamiyatga moddiy yoki nomodaiy xarakterga ega ziyon kelliradi. Bunda javobgarlik xalqaro huquq subyektining xalqaro huquqqa zid qilmishi va keltirgan zarar o'rtasida sababiy bog'liqlik mavjud bo'lganda kelib chiqadi. Shunday qilib, xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan xalqaro huquqbuzarl ikning tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi: subyektning xalqaro huquq normalarini buzadigan harakati va harakatsizligi (qilmish); xalqaro huquq subyektining huquqbuzarlikni sodir eta oiishi; xalqaro huquq subyektining boshqa xalqaro huquq subyekti va subyektlar guruhiga zarar yoki ziyon yetkazilishi. Xalqaro huquq normalarini bilmaslik yoki uni noto‘g'ri qo‘llaganlik yoxud talqin qiIganlikni ro'kach qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Deyarli barcha huquqbuzarliklar ongli tarzda, o'ylangan reja asosida va aybli ravishda amalga oshiriladi. Xalqaro huquqda barcha xalqaro huquqbuzarliklami, ulaming xavflilik darajasi, miqyosi va oqibatidan kelib chiqqan holda uchta katta guruhga ajratish mumkin: ajxalqaro jinoyatlar; bjxalqaro xarakterga ega bo'lgan jinoyatlar; v) boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (xalqaro deliktlar). Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling