Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet68/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Tokio Xalqaro harbiy Tribunali. Ma’lumki, 1945-yilning 3-sentabrida Ikkinchi jahon urushi militaristik Yaponiyaning mag'lubiyati bilan tugadi. Yapon mi 1 itaristlari xalqlarga qarshi eng og'ir jinoyatlarni sodir etdilar. Shu sababli Potsdam konferensiyasida yapon harbiy jinoyatchilarini jazolash masalasi ham ko'rib chiqildi. Yaponiya tor-mor qilingandan so‘ng 1945-yilning dekabrida Moskvada bo‘lgan SSSR, AQSH, Ruyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig'ilishida Uzoq Sharq komissiyasi va Yaponiya uchun ittifoqchilar Kengashini tashkil qilish va ularning vakolatlari doirasini belgilash to'g'risidagi Bitimga erishiIdi. Uzoq Sharq komissiyasining qarori bilan yapon harbiy jinoyatchilarini qamoqda olish, sud qilish va jazolash masalalari beigilab chiqildi. 1946-yilning 19-yanvaridagi ittifoqchi davlatlarning bosh qo'mondonlari olib horgan muzokaralardan so'ng Uzoq Sharq uchun xalqaro Tribunal Nizomi tasdiqlandi.
Nizomga asosan Tribunal Uzoq Sharqdagi bosh harbiy jinoyatchilarni adolatli ravishda va tezlik bilan sud qilish tuzilgan edi. Tokio Tribunaliga 28 nafar Yaponiya davlatining rahbar arboblari topshirildi. Tribunal 25ta sudlanuvchiga nisbatan ayblov hukmini e’lon qildi, ularning 7tasini osish orqali o'lim jazosiga, 16tasini umrbod 2tasini 20 va 7 yil ozodlikdan mahrum etishga hukm 1948-yilning 22-dekabrida o'lim jazosi berilganlar ustidan hukm ijro etildi.
Nyurnberg Tribunali kabi Tokio Tribunali ham xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlik to'g'risidagi xalqaro huquq prinsiplari va normalarining rivojiga o'z ta’sirini o'tkazdi.
Sobiq Yugoslaviya va Ruanda uchun Xalqaro jinoyat Tribunallari. Ruanda va sobiq Yugoslaviya hududidagi mojarolar mobaynida xalqaro gumanitar huquq normalarining qo'pol va ommaviy ravishda buzilishi juda ko'p kishilarning o'limi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 1993-1994-yillarda ikkita xalqaro tribunalning ta’sis etilishiga olib keldi. Uiar quyidagicha nomlandi: 1991-yildan boshlab sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi uchun javobgar bo'lgan shaxslami sud orqali taqib qilish bo'yicha xalqaro jinoyat Tribunal!, Ruanda hududida sodir etgan genotsid va xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzganligi uchun javobgar bo'lgan shaxslarni va 1994-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha Ruanda fuqarolari tomonidan sodir etilgan genotsid va boshqa shunga o'xshash jinoyarlar uchun sud orqali ta’qib etish bo'yicha xalqaro jinoyat Tribunal!1.
Tribunallar nomlanishining o‘zi - shaxslarga oid, hududiy, muvaqqat, bizga ularning yurisdiksiyasi haqida tasavvur qilish imkonini beradi.
Tribunallar favqulodda tartibda ta’sis etildi, ya’ni BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan. O‘z qarorini asoslash uchun Xavfsizlik Kengashi BMT Ustavining UP bobiga murojaat qildi. Bu bob agressiya aktlari, tinchlik buzilganda, tinchlikka tahdid solinganda. Kengashning vakolatiariga bag‘ishlangan. Unda harbiy jinoyatchilarni jazolash tinchlikni tikiash va qo'llab-quvvatlashga yordam beradi, deb ko'rsatib o‘tiladi.
Kengash vakolatlarining yanada to‘Iaroq asoslanishi BMT Bosh kotibining ma’ruzasida ifoda etilgan1. Unda aytilishicha, shartnomalar tuzish orqali trihunallami tashkil etish ko‘p yillarga cho‘zilishi va oxir- oqibatda uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘ladigan ratifikatsiyalami yig'ish mumkin bo’lmas edi. Shuning uchun tribunallami ta’sis etishning yagona imkoniyati BMT Ustavi VII bobi asosida Xavfsizlik Kengashining yuridik kuchga ega qarorlari edi.
Sobiq Yugoslaviya uchun Tribunal yurisdiksiyasiga uning Nizomi “xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishini” kiritdi. Bu yerda gap umume’tirof etilgan odat normalari o‘z izohini topgan. Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Jeneva Konvensiyalarini va 1907-yilgi VI Gaaga Konvensiyasida va unga qo’shimcha protokollarda oz aksini topgan urush olib borish qoidalari to‘gTisidagi normalar ustida bormoqda. Tribunal yurisdiksiyasiga genotsid va insoniylikka qarshi jinoyatlar ham kiritildi.
Ruanda uchun ta’sis etilgan Tribunal, xalqaro xarakterga ega bo'lmagan qurolli to’qnashuvlarda sodir etilgan jinoyatlarni ko'rib chiqqanligi uchun bu yerda qo’llaniladigan gumanitar huquq Yugoslaviya uchun tuzilgan Tribunaldagidan farq qiladi. Bu yerda birinchi o'rinda genotsid, keyin insoniylikka qarshi jinoyatlar, shuningdek xalqaro xarakterga ega bo'lmagan qurolli to'qnashuvlarga taalluqli bo'lgan normalarga ega 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarining umumiy 23-moddasi va 1977-yilgi bu konvensiyalarga qo‘shimcha П protokoldagi normalar turadi.
Jeneva huquqiga qarshi, ya’ni urush qurbonlariga nisbatan jinoyatlarga Yugoslaviya uchun tuzilgan Tribunal Nizomida quyidagilar koTsatib o‘tildi: qasddan oTdirish; qiynashlar va biologik tajribalar; qasddan azobga solish yoki sog'liqqa jiddiy zarar yetkazish; harbiy zaruratsiz mulkni ommaviy ravishda vayron qilish va egallab olish; harbiy asirlar yoki fuqaroviy shaxslarni adolatli sudlov huquqidan ataylah mahrum qilish; fuqaroviy shaxslarni qonuniy deportatsiya qilish yoki qamash; garovga olish.
Ruanda uchun Tribunal Nizomi xalrqaro xarakterga ega bo'lmagan to‘qnashuvlarga taalluqli Jeneva huquqiga qarshi jinoyatlarning to"liq ro‘yxalini qamrab olmasdan, quyidagilarga to'xtalib o'tadi: shaxsning hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy va ruhiy holatiga nisbatan zo‘rlik ishlatish, jumladan, o'ldirish. qattiqo'llik bilan munosabatda bo'lish (qiynash, mayib qilish); kollektiv jazo qo'llash; garovga olish; terrorchilik harakatlari; shaxs qadr-qimniatini yerga urish, jumladan, kamsitish, nomusga tegish, fohishalikka majbur qilish va hokazolar; talonchilik; sud qilmasdan hukm chiqarish va hukmni ijro etish. Yuqorida sanab o‘tilgan qilmishlarni sodir etish bilan tahdid qilish esa alohida jinoyat hisoblanadi.
Urush qonunlari va odatlariga qarshi jinoyatlar qatoriga sobiq Yugoslaviya uchun Tribunal Nizomi quyidagilarni kiritdi: qo'shimcha azob-uqubatlar yetkazishga moTjallangan qurol yoki zararli moddalarni qo‘llash; harbiy zaruratsiz shahar va qishloqlarni vahshiyona tarzda yo‘q qilish; himoyasiz shaqar va qishloqlarni yoki binolarni bombardimon qilish yoxud ularga hujum qilish; diniy, hayriya yoki ta’lim maskanlariga, shuningdek fan va san’at asarlariga qasddan zarar keltirish yoki ularni vayron qilish; xususiy yoki umumiy mulkni talash. Yuqorida sanab o‘tilgan jinoyatlar soni to'liq emas. Ikkala Nizomda ham genotsid jinoyatiga ta’rif Genotsid jinoyatining oldini olish va uchun jazolash to’g‘risidagi 1948-yilgi konvensiyaga asosan berilgan.
Sobiq Yugoslaviya uchun Tribunal ikkita sud va bitta appelyasiya kamerasidan, qoralovchi va kotibdan iborat. Jami 11 sudya boMib, har bir sud kamerasida uch sudya va apellatsiya kamerasida besh sudya mavjud. Kuch va vositalarni tejash maqsadida sobiq Yugoslaviya uchun Tribunalning apellatsiya kamerasi Ruanda uchun Tribunalda ham ishtirok etadi.
Sobiq Yugoslaviya uchun Tribunalning doimiy qarorgohi Gaaga shahri (Niderlandiya Qiroliigi)dadir. Ruanda uchun Tribunalning qarorgohi esa Arusha shahri (Tanzaniya)da. Tribunallar BMTning doimiy budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Tribunallarning birinchi darajali ahamiyatga ega faoliyati davlatlar bilan hamkorlik qiiish va ularga huquqiy yordam ko'rsatishdir. BMT Bosh kotibining fikricha, Xavfsizlik Kengashining qarorlari Nizomning VII bobiga asosan barcha davlatlarga qarorlarni amalga oshirish uchun butun choralarni ko'rish majburiyatini yuklaydi. Tribunallar Nizomiga asosan davlatlar sud orqali ta’qib qiiish va tergov masalalarida Tribunal bilan hamkorlik qiladilar. ; ; . ..
Davlatlar sud kameralarining yordam berish to'g'risidagi iltimosini yoki buyruqlarini hech bir kechiktirmay bajarishlari, jumladan, quyidagi harakatlami: shaxsning kimligi va turar joyini aniqlash; guvohlarning ko'rsatmalarini olish va dalillar yig'ish; hujjatlami berish; ushlash yoki qamoqqa olish; aybdorlami Tribunallarga topshirish kabilami bajarishlari lozim. ;■
Bu qoidalar bilan birga yuridik muammolar ham paydo bo'ldi. Ko'pgina davlatlaming qonunchiligiga ko'ra, huquqiy yordam ko'rsatish uchun, jumladan, jinoyatchini ushlab berish uchun ma’lum bir xalqaro shartnomalar zarur bo'ladi. Xavfsizlik Kengashining qarorlari davlatlarga yuridik majburiyat yuklasa-da, lekin ular o‘z-o'zidan bajariladigan mexartizmga ega emas. Bu davlatlar qarorlarni bajarishlari uchun o‘z davlatlarida ma’lum bir normativ aktlami qabul qilishlari kerak bo'ladi. Bir qancha Yevropa davlatlari sobiq Yugoslaviya uchun Tribunal bilan hamkorlikda ma’lum bir darajaga erishgan bo'lsalarda, Afrikada bu vazifa hal etilmadi, shuning uchun Ruanda uchun Tribunal muvaffaqiyatsizlikka duchor bo'ldi. Bulaming barchasi sudyalami tanlashga va ulaming o'z majburiyatlariga bo'lgan munosabatlariga ham ta’sir qilmay qolmadi. BMT ekspertlarining ma’ruzasida Tribunalning ish faoliyati qoniqarsiz deb tan olindi. Ma’ruzada, jumladan, Tribunalning asosiy rahbar shaxslari va qovalovchi byurosi o'z majburiyatlarini samarali bajarmaganligi qayd etib o'tildi.
Tribunallar va milliy sudlar xalqaro gumanitar huquqni jiddiy buzgan shaxslarga nisbatan sudda ish yuritish bo'yicha parallel yurisdiksiyaga egadirlar. Bu nafaqat jinoyat sodir etilgan davlatning, ballci har qanday davlatning sudlari xalqaro gumanitar huquq normalarini buzgan shaxslaming ishini ko'rib chiqish huquqiga ega. Boshqacha aytganda, universal yurisdiksiya o'rnatilgan demakdir. Bu qoida jiddiy ahamiyatga ega, chunki tribunal barcha ishlarni ko‘rib chiqishga ulgurmaydi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling