Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet64/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Biotsid (hayotni tugatish) Xalqaro jinoyat sifatida ekotsiddan oxirgi о 'п besh yil ichida ajralib chiqdi. Biotsidning ekotsiddan farqi shundaki, и faqat insoniyatga qarshi qaratilgan bo ‘ladi va tabiiy atrof-muhitga ta 'sir etmaydi. Uning manbai agressiv urush va qurolli to‘qnashuvlar hisoblanadi va shu jarayonda ushbu jinoyat amalga oshiriladi. Tinchlik davrida biotsid amaiga oshirilmaydi.
Keng ma’noda biotsid so‘zi qurolli mojarolarda g'alaba qozonish va dushman ustidan harbiy ustunlikka erishish uchun ommaviy qirg‘in qurollari yordamida biosferani, tirik organizmlami, tirik tabiatni, kishilami va boshqa tirik mavjudotlami oldindan o'ylagan holda, maqsadii va ommaviy ravishda qirg‘in qilishni anglatadi. Biotsidni amalga oshirish vosita va qurollari quyidagilar:
•xalqaro huquq bilan hozirgacha taqiqlanmagan, harbiy texnika va qurol, moddiy boyliklami saqlab, faqat insonni yo‘q qilishga qaratilgan neytron qurol;
•1972-yilgi konvensiyaga asosan taqiqlangan va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilingan bakteriologik (biologik) va toksinli qurollar;
•1925-yilgi protokol bilan taqiqlangan, kishilami yo‘q qilishga mo’ljallangan bo'g'uvchi, zaharli va boshqa shu kabi gazlar;
•kimyoviy qurollar, ya’ni qurolli mojaroda dushmanning tirik kuchini yo‘q qilishga qaratilgan o‘q-dori va kimyoviy qurilmalar. Bu qurollar Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash va uni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Konvensiya bilan taqiqlangan. 1993-yili bu konvensiyani Parijda 154ta davlat imzoladi.
Harbiy mutaxassislarga urush olib borishning yana shunday vositalari ma’lumki, bu brutsella vaksinasi bilan to‘ldirilgan bombalar, snaryadlar va raketalar dushman hududida portlatilganda faqat tirik mavjudotga ta’sir etib, moddiy boyliklar va tabiiy atrof-muhitga o‘z ta’sirini o'tkazmaydi. Ko'pgina davlatlaming harbiy idoralari psixotrop qurollar ishlab chiqishni faollashtirmoqda, bunday qurollaming ayrim tarkibiy qismlari kishilaming ruhiyatiga ta’sir etib, ruhiy kasalliklar keitirib chiqaradi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari
Davlatlaming xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita: siyosiy va moddiy.
Siyosiy javobgarlik uchun odatda huquqbuzar davlatga nisbatan majburlov choralari qo‘Hanadi va moddiy javobgarlik bilan uyg‘unlashib ketadi. Siyosiy javobgarlikning eng keng tarqalgan shakli sanksiyalardir.
Sanksiyalar - bu huquqbuzar davlatga nisbatan qo 'Hanadigan choralardir. Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy); bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomonidan qo‘llahishi mumkin. Sanksiyalarning hajmi va turlari jinoyatning og'irligi darajasiga bog’liq. Masalan. agressor davlatga nisbatan quyidagi majburlov choralarini qo'llash mumkin: suverenitetini vaqtincha cheklab qo'yish; hududining bir qismini ajratib olish; urushdan keyingi okkupatsiya; harbiy kuchlardan mahrum qilish va qurolli kuchlar tarkibini qisqartirish yoki ularga ega bo'lishni taqiqlash; agressor davlatning tinchlik va insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor jismoniy shaxslami odil sudlovga tortish bo:yicha yurisdiksiyasini cheklab qo‘y ish va boshqalar.
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solganlik uchun sanksiyalar va ularni qoUlash tartibi BMT Ustavining 39, 41 va 42-moddalarida nazarda tutilgan,
Sanksiyalar majburlashning shakli sifatida fagqatgina og‘ir xalqaro jinoyat sodir etilgan qolda qo‘llaniladi. Ulami boshqa holatlarda qo‘llash to‘g‘ri bo'lmaydi, chunki aslida sanksiyalar xalqaro huquqqa zid harakatlarni qasddan sodir etganlik yoki qasddan zarar yetkazganlikka qarshi javobdir. Ikkinchi jahon urushidan so'ng agressor davlatlarga nisbatan siyosiy va moddiy javobgarlikning alohida turlari qo'llangan. Masalan, Germaniya butkul taslim bo‘lganidan keyin, 1945-yil 5-iyun Deklaratsiyasiga muvofiq ittifoqdosh davlatiar oliy hokimiyat vazifasini o‘z zimmalariga olib. uni qurolsizlantirdilar va vaqtinchalik qurolli kuchlarga ega bo'lishni taqiqladilar, natsist tashkilotlarini tugatdilar va kelajakda faoliyat yuritishini taqiqladilar. Germaniyada okkupatsion tartib o‘rnatildi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling