Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet66/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro lashkilotlarga ham siyosiy, ham moddiy javobgarlikni yuklash mumkin. Masalan, siyosiy javobgarlik tashkilot biror davlatning suveren huquqlarini kamsituvchi yoki uning suverenitetini buzuvchi qaror qabul qilganda; davlat bilan tashkilot qarorgohi maqomi to'g'risidagi shartnoma yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan hamkorlik to'g'risidagi shartnomalarni buzganda paydo bo'ladi.
Xalqaro tashkilotning moddiy javobgarligi biror faoliyat, masalan, fazodagi faoliyat natijasida zarar yetkazilganda, xalqaro majburiyatlar bajariimaganda; xavfi yuqori bo'lgan manbalar (masalan, avtomobil, kema kabilar) orqali zarar keltirilganda; kontraktlar buzilganda; sanitariya normalariga rioya qilinmaganda kelib chiqishi mumkin. Lekin bunda davlatlarga nisbatan qo'llanuvchi javobgarlik shakllarini xalqaro tashkilotlarga shunchaki ko'chirib qo'yish mumkin emas’; ular o'ziga xos xususiyatlarga ega: siyosiy va moddiy javobgarlikning muayyan shakllari rivojlanmagan; moddiy javobgarlik paydo bo'lganda xalqaro tashkilot bilan bir qatorda, o‘sha tashkilotga a’zo davlatlar ham javobgar bo'ladilar.
Xalqaro tashkilot o‘z qarorgohi joylashgan davlat qonunchiligini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko'pchilik davlatlar hukumatlari xalqaro tashkilotlar va ularning xizmatchilari maqomi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilganlar va ularni buzgan tashkilotlar moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Xalqaro tashkilot o‘z ijroiya organlari va xodimlarining huquqqa zid harakatlari uchun javobgar bo'ladi. Masalan, 1965-1967-yillarda BMT Belgiya, Gretsiya. Itaiiya,
Luksemburg va Shveysariya bilan BMTning Kongodagi harbiy kuchlari operatsiyalari natijasida ushbu davlat fuqarolari va ularning mulkiga yetkazilgan zararni qopiash to'gTisida bitim tuzildi.
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslar (davlat fuqarolari, Xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar) shu jinoyatlari uchun beriladigan jazoni nazarda tutuvchi amaldagi Xalqaro bitimlarga muvofiq Xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat (agressiya, kolonializm, irqchilik. genotsid va boshq.) uchun javobgarligi shaxsning jinoiy xatti-harakatlari davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan taqdirda paydo bo;ladi.
Jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi xalqaro xarakterga ega bo'lgan jinoyatlarga (qaroqchilik, pul belgilarini qalbakilashtirish, samolyotlarni olib qochish va boshqalar) nisbatan ham joriy etiladi. Mazkur jinoyatlar uchun jismoniy shaxslar, ko'ptncha jinoiy guruhiar, davlatdan mustaqil ravishda javobgar boTadilar. Mansabdor shaxslar yoki organlarning bunday jinoyatlardagi ishtiroki og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Xalqaro jinoyat subyekti bo'lgan jismoniy shaxslar orasida bosh jinoyatchilar alohida oTin tutadi. Ularning qatoriga davlat va hukumat rahbarlari, vazirlik va muassasa rahbarlari, oliy harbiy qo'mondonlik kabilar kirishi mumkin. Bu kabi jinoyatchilarning ro'y.xati sodir etilgan jinoyatning ogTrligi yoki ko'lamini e’tiborga oigan holda belgilanadi.
Bosh jinoyatchilardan tashqari, xalqaro jinoiy javobgarlikka jinoiy buyruqlarni bergan yoki ijro etgan shaxslar va shu bilan bir qatorda o‘z tashabbusi bilan jinoyatni sodir etgan shaxslar ham tortilishi mumkin.
Nyurnberg Xalqaro harbiy Tribunal! Nizomida va mazkur Tribunalning Hukmida bayon qilingan xalqaro huquq prinsiplari BMT
Bosh Assambleyasi tomonidan 1946-yil 11-dekabrdagi Rezolutsiya bilan tasdiqlangan hamda Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar kodeksi loyihasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsiami jazolash huquqi va majburiyati odatda jinoyat qaysi davlat hududida sodir etilgan bo'lsa, o'sha davlatga tegishli bo‘ladi. Bu haqda gitlerchilarning sodir etgan yovuzliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi 1943-yilgi Deklaratsiyada, Bosh harbiy jinoyatchilami sud tartibida ta’qib etish va jazolash to'g'risidagi 1945-yilgi Yevropa mamlakatlari bitimi, Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to'g'risidagi 1948-yilgi konvensiyaning 6-moddasida qayd etilgan.
Bir qator xalqaro hujjatlar xalqaro xarakterga ega bo;lgan jinoyatlami sodir etgan shaxsiami har qanday davlat tomonidan o‘z ichki huquqiga asosan jazolay olishini nazarda tutadi.
Ba’zan hududida jinoyat sodir etilgan davlat yurisdiksiyasi maxsus tashkil etilgan xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasi bilan to‘ldiriladi. Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyaning 6-moddasida, agar ushbu Konvensiya qatnashchilari mazkur sudning yurisdiksiyasini tan olsalar, xalqaro jinoyat sudi tomonidan sudlanishlari mumkin. Aynan shunday holat Apparteid jinoyatining oldini va olish va jazolash to‘g‘risidagi 1973-yilgi Konvensiyaning 5-moddasida ham mustahkamlangan.
Manfaatdor davlatlar tomonidan jinoiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiluvchi shaxsiami topshirish (ekstraditsiya) bevosita maxsus bitimni imzolash orqali yoki avval tuzilgan bitimlar, shu jumladan huquqiy yordam ko'rsatish to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat sodir etganligi uchun xalqaro jinoiy javobgarligi xalqaro huquqning eng muxim normalarini (agressiv urushlarni ta’qiqlash va harbiy jinoyatchilami jazolash, xalqaro xarakterga ega bo'lgan jinoyatlarga qarshi kurashish va shu jinoyatlami sodir etishda aybdorlarni jazolash va boshqalar) samarali ta’minlashga ko‘mak beruvchi hozirgi zamon xalqaro huquqining instituti sifatida umume’tirof etilgan.
Hozirgi kunda jiddiy xalqaro huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgar shaxsiami ta’qib qiluvchi ikki turdagi xalqaro jinoiy sud faoliyat ko'rsatmoqda. Bular 1993—1994-yillarda tashkil etilgan sobiq Yugoslaviya va Ruanda uchun xalqaro tribunallardir. Bundan tashqari 1998-yilda Italiya (Rim)da Xalqaro jiqoyat sudi Statuti qabul qilingan bo*lib, u 2002-yilning iyulida 62 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingach kuchga kirdi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling