Xalqaro huquq


Diplomatik va kolatxona -


Download 3.36 Mb.
bet74/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Diplomatik va kolatxona - boshqa davlatning hududida joylashgan ushbu davlat bilan diplomatic aloqalarni ro'yobga chiqaradigan davlat organidir.
Davlatlar o;rtasida diplomatik munosabatlarning o'matilishi, odatda, diplomatik vakolatxonalar bilan almashishga olib keladi. Biroq bunday almashishni amalga oshirish uchun maxsus kelishuv zarur. Hozirgi zamon xalqaro huquqi ko'rsatilgan diplomatik vakolatxonalar bilan almashishninguch darajasi mavjudligi imkoniyatidan kelib chiqadi. Har bir daraja uchun vakolatxona boshligining ma’lum toifasi to'g'ri keladi.
Eng yuqori daraja - elchixonadir. Unga Favqulodda va Muxtor Elchi darajasiga ega bo'lgan diplomatik vakil rahbarlik qiladi. Undan so‘ng Favqulodda va Muxtor Vakil rahbarligi ostidagi muvaqqat ishlar vakili tomonidan boshqariladigan missiya turadi.
1961 -vilgt Vena konvensiyasiga ко ra diplomatik vakolalxonalarnmg nsosiv vazifalari ci
yubotuvchi davlatning vakolatxona joylashgan davlatda vakilhgmi amalea oshirish
davlat va tuqarolarming mani'aatlarini xalqaro huquq doirasida Inmova qiltsh
J diplomatik vakolatxoaa joylashgan davlat hukumati bilan
I1 muzokaralar olib borish
qonuniy vositalar orqali o’ z javlatiga ushbu davlat to g risidagihodtsa. voqealar haqiJa ma'lumot bensh
Diplomatik vakolatxonalar bundan tashqari konsuliik vazifalarini ro'yobga chiqaradi.
Davlallarning xalqaro tashkilollardagi vakolatxonalari Ikkinchi jahon urushidan so'ng xalqaro tashkilotlar ahamiyatining o'sganligi munosabati bilan keng tarqalgan nisbatan yangi institutdir.
Bunday vakolatxonalar asosan BMT qoshida mavjud. Ko‘plab davlatlar BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalarda doimiy vakolalxonalarga ega. Ko'pincha mintaqaviy tashkilotlarda ham tashkil qilinadi.
Umumiy qoidaga binoan davlatning xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonasiga inazkur tashkilotning a’zosi ega bo‘lishi mumkin. Tashkilotning a'zosi bo‘lgan davlatlar agar tashkilotlar qoidalari yo‘l qo‘ysa, xalqaro tashkilotlaming huzurida kuzatuvchilar doimiy missiyasi tuzishlari mumkin.
Diplomatik huquqning tegishli normalari 1975-yilda qabul qiiingan Vena konvensiyasida kodifikatsiya qiiingan.
" Xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar - a’zo davlatlamihg" doimiy vakolatxonalari va tashkilotga a'zo bo'lmagan davlatlarning kuzatuvchi
■-doimiv missivalaridir.
Universal xarakterdagi xalqaro tashkilot - bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan muassasalari. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik va a’zolari tarkibi va javobgarligi keng bo‘lgan xalqaro xarakter kasb etuvchi shunga o'xshash har qanday tashkilotlardir.
Diplomatik huquqqa tegishli ushbu huquq. sohasining o‘ziga xos jihatlari markaziy muassasalar, ulaming boUimlari, tashkilot organlari yoki xalqaro konferensiyalarning o‘z faoliyatlarini o‘zga davlat hududida uning yurisdiksiyasidan ozod etilgan va tegishli o‘zaro kelishilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan holda amalga oshirishida namoyon bo‘ladi. Davlatning xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari, xalqaro organlar va konferensiyalardagi delegatsiyalari ular joylashgan davlat bilan bevosita hech qanday aloqalarga kirishmagan holda uning yurisdiksiyasidan immunitetga ega bo'ladi hamda agar ushbu davlat va xalqaro tashkilot uchun Konvensiya kuchda bo’lsa, unda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan ham foydalanadilar.
Diplomatik vakolatxona rahbari xalqaro huquqqa ko‘ra diplomatik vakil o‘z davlatini xorijdagi davlatda namoyon etadigan yagona shaxsdir.
Bir vaqtning o'zida elchi tashrif davlatdagi boshqa doimiy vakillarga nisbatan ham oliy vakil hisoblanadi.
Diplomatik vakillami tayinlash davlatning ichki normalari hamda xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. Har bir davlatda diplomatik vakillarni tayinlashning uyoki bu tartibi mavjud.
Doimiy diplomatik vakolatxona tarkibida vakil qilib yuboruvchi davlat nomidan ish ko'rish uning boshlig‘iga yukiatiladi.
Vakolatxona boshliqlari uch toifaga bo'linadi. Ular:

  • birinchidan, elchilar toifasi yoki o'zgacha nom bilan yuritiluvchi ularga mos bo‘lgan shaxslar (nunsiylar, oliy komissarlar va h.k.);

  • ikkinchidan, yuboruvchi davlat tomonidan qabul qiluvchi davlat boshligi huzurida uning nomidan vakil lik qilish uchun tayinlangan muxtor vakillar toifasi (intemunsiylar);

  • uchinchidan, qabul qiluvchi davlat tashqi ishlar vazirligi huzurida yuboruvchi davlat nomidan vakillik qilish uchun tayinlangan muvaqqat ishlar bo'yicha vakillar.

Vena Konvensiyasiga muvofiq diplomatik vakolatxona xodimlari: diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat qiluvchilarga bo'linadi.
Diplomatik xodimlarga elchilar, vakillar, maslahatchilar, savdo vakillari va ularning o'rinbosarlari, maxsus attashelar (harbiy, harbiy- dengiz, harbiy-havo) va ularning o'rinbosarlari 1; 2; 3-kotiblar, attashe, 1961-yilgi Vena konvensiyasiga ko'ra vakolatxona a’zolari deb yuritiladi. Turli vakolatxonalardagi har bir darajadagi xodimlarning soni turlicha.
Ma’muriy-texnik xodimlarga devonxona boshlig'i, hisobchilar, tarjimonlar, ish yurituvchilar, mashinistlar va boshqa ma’muriy yoki texnik vazifalami bajaruvchiiar kiradi.
Xizmat qiluvchi xodimlarga haydovchilar, kuryerlar, shveysarlar, liftyorlar, farroshlar va boshqa vakolatxonada xizmat qiluvchi vazifasini amalga oshiruvchilar kiradi.
Diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat ko'rsatish xizmati xodimlarini tayinlash tartibi va ularning soni qabul qiluvchi va yuboruvchi davlatlaming o'zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Qabul qiluvchi davlat diplomatik xodimni xohlagan vaqtda “persona non grata”, ya’ni nomaqbul shaxs deb e’lon qilib, bu shaxslarni yuboruvchi davlatdan diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya tarkibidan chaqirib olishlarini talab qilishi mumkin.
Xalqaro huquqqa muvofiq diplomatik vakolatxona rahbarini tayinlashdan oldin tegishli davlatdan tayinlanayotgan shaxsni vakil sifatida qabul qilish uchun uning roziligi (agreman) so'raladi.
Agreman berishdan voz kechish qandaydir uishuntirish yoki uning sababini ko‘rsatishni taqozo etmaydi.
Odatda, agreman olingandan so‘ng diplomatik vakilni tayinlanganligi to‘grisida matbuotda e;lon beriladi. Elchi yoki vakilga ularning tayinlangan joyga ketishida yo*llayotgan davlat rahbari imzo chekkan ishonch yorlig‘i beriladi va ular tayinlangan davlat rahbari nomiga yuboriladi. Ishonch yorlig‘ida uning sohibiga ushbu davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda o‘z davlati nomidan harakat qilishiga ishonish iltimosi bo'ladi.
Diplomatik vakilning vazifasi quyidagi holiarda to 'xtatiladi:

  1. akkreditatsiya qilgan davlatning uni chaqirib olishi;

  2. diplomatik vakil faoliyat yurityotgan davlat hukumati. vakilning uning ishonchini yo'qotgan shaxs deb hisoblanishi (persona non grata);

  3. diplomatik aloqalarning uzilishi;

  4. ushbu davlatlar o‘rtasida urush yuzaga kelganda;

  5. ushbu davlatlarning xalqaro huquq subyektlari sifatidagi barham topishi.

Diplomatik vakil bir vaqtning o‘zida boshqa yoki bir necha davlatlarda, qabul qilinayotgan davlatlarning bunga e’tirozi bo'lmagan taqdirda, diplomatik vakil vazifasini amalga oshirishi mumkin. Davlatlararo munosabatlarda ushbu amaliyot keng uchrab turadi (kumulyatsiya).

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling