Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMT Xavfsizlik Kengashi
- BMT Xalqaro Sudi
- BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
- BMT Kotibiyati
- Inson huquqlarini himoya qilish boyicha shartnomaviy (konvensiyaviy) organlar
- 1.Inson huquqlari boyicha qomita
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boyicha qomita
- Irqiy kamsitishni bartaraf etish boyicha qomita
Davlat inson huquqlari biisn bog'Iio vaziyat sharhini tayyorlaydl
DavlatSharhni BMTda UDSH bo'ylcha Ishchi guruh majlisida taqdim etadi BMT UDSH bo'ylcha Ishchi guruh tomonidan Muqobil sharh tayyorlanadi Davlatning BMT UDSH bo'yicha Ishchi guruhl lavsiyalariga munosabati Tavsiyalami milliy darajada qo'ilash BMT Xavfsizlik Kengashi BMT tomonidan tez va samaraii harakatlarni ta’minlash uchun uning a’zolari Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun bosh javobgarlikni yuklaydilar va ushbu javobgarlikdan kelib chiquvchi o‘z majburiyatlarini ijro etishda, Xavfsizlik Kengashi ulaming nomlaridan ish ko'radi. BMT a’zolari BMT Nizomiga binoan Xavfsizlik Kengashi qarorlariga bo‘ysunishga va ulami bajarishga rozilik bildiradilar. Xavfsizlik Kengashi 15ta a’zodan iborat; ularning 5tasi doimiy a’zoiar: Buyuk Britaniya, XXR, Rossiya, AQSH va Fransiya. Qolgan 1 Ota a:zo Bosh Assambleya tomonidan ikki-yilga adoiatli geografik taqsimot tamoyiliga rioya etilgan holda saylanadi. XKning taomillar bo'yicha qarorlari Kengashning to'qqiz a’zosi ularni yoqlab ovoz berganda qabui qilingan deb hisoblanadi. XKning boshqa barcha masalalar bo'yicha qarorlari Kengashning to‘qqiz a’zosi ulami yoqlab ovoz berganda, ular ichida Kengashning barcha doimiy a’zolari ovozlari ham bo'lganida qabui qilingan deb hisoblanadi. BMT Nizomining 34-moddasiga ko'ra Xavfsizlik Kengashi xalqaro ixtilofga sabab bo'lishi yoki nizo chiqarishi mumkin bo'lgan har qanday kelishmovchilik yoki vaziyatni tekshirishga vakil qilinadi. Turli vazifalarni bajarish uchun Xavsizlik Kengashi yordamchi organlar - qo'mitalar, komissiyalar, ishchi guruhlari tuzadi. Xavfsizlik Kengashi rezolutsiy alari bilan alohida mamlakatlar yoki mintaqalardagi BMT missiyalari ta’sis etiladi. Miso! tariqasida 1948-yilda tashkil etilgan Hindiston va Pokistondagi BMT harbiy kuzatuvcliiiari guruhini yoki 2000- yilda tashkil etilgan Efiopiya va Eritriyadagi BMT missiyasini keltirish mumkin. XK rezolulsiyasi asosida sobiq Yugoslaviya bo'yicha Xalqaro tribunal (1993) va Ruanda bo'yicha Xalqaro jinoiy tribunal (1994) ta’sis etilgan. BMT Nizomi VII bobi bo'yicha sanksiyalar qo'llashning dastlabki pretsedentlaridan biri 1965—1966-yillarda Janubiy Rodeziyada hokimiyat irqchi rejim tomonidan qo'lga olinganda u yerdagi inson huqtiqlarining buzilishi yuzasidan bodgandi. BMT Xalqaro Sudi Xalqaro Sud (XS) BMTning bosh sud organi sanaladi. Sudrting statuti BMT Nizomining uzviy qismi sanaladi. BMT barcha a’zolari ipso facto Statut ishtirokchilari sanaladi. BMT a’zosi bo'lmagan davlatlar XS Statutiga qo1 shilishlari mumkin. Sud mustaqil sudyalar hay’atidan iborat bo’lib (15 nafar sudya), ular o‘z mamlakatlarida oliy sud mansablariga tayinlash uchun ko'rsatiladigan talablarga javob bera oladigan yoki xalqaro huquq sohasida obro'ga ega huquqshunoslar bo'lgan, yuksak ma’naviy sifatlarga ega insonlar ichidan tanlab olinadi. Statutning 34-moddasi 1-bandiga ko‘ra, “Sud tomonidan hal etilayotgan ishlarda faqat davlatlar sud muhokamasi tomonlari bo'lishi mumkin”. Sudda unga tomonlar taqdim etgan barcha ishlar va BMT Nizomi yoki amaldagi xalqaro shartnomalarda maxsus ko‘zda tutilgan barcha masalalar ko‘rilishi mumkin. Shu bilan birga, Xalqaro sudning universal darajada inson huquqlarini himoya qilishdagi hissasini past baholab bo'lmaydi. Lining bu yo‘nalishdagi ishida xalqaro huquqni kodlashtirish va jadal taraqqiy etishidagi ishtirokini ajratib ko'rsatish mumkin. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga rioya etish to‘g‘risidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqishga Gruziyaning Rossiyaga qarshi arizasini misol qilib keltirish mumkin. Jarayonning rasmiy nomi — “Irqiy kamsitishning barcha shakliarini bartaraf etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qo'llashga oid ish (Gruziya Rossiya Federatsiyasiga qarshi)” (ingl. Case concerning Application of the International Convention on the Elimination of All Forms of Racial Discrimination (Georgia v. Russian Federation)). BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (UK.) BMTning 54ta a’zosidan tashkil topgan, ular Bosh Assambleya tomonidan uch-yilga saylanadi. IIK tashkil etilguniga qadar IIK BMTning huquqni himoya qilishga mas’ul hal qiluvchi organi bo'lgan. IIK Inson huquqlari bo’yicha komissiya va Inson huquqlarini rag‘atiantirish va himoya qilish bo'yicha quyi komissiya ishlarini boshqargan. 2006-yildan boshlab BMTning inson huquqlari sohasidagi barcha tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish masalas! IHKga yuklatilgan. IIK a’zo davlatlar tomonidan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar xalqaro pakti a’zo davlatlari tomonidan Pakt bo’yicha o‘z majburiyatlariga rioya etishlari bo'yicha nazorat funksiyalariga ega. BMT Kotibiyati Kotibiyat BMTning kundalik faoliyatiga mas’ul bo'igan Tashkilotning bosh organlaridan biri sanaladi. U xalqaro xizmatchilardan tashkil topgan. Bosh Kotib Bosh Assambleya tomonidan Xavfsizlik kengashi taklifiga ko‘ra besh-yilga qayta saylanish huquqi bilan tayinlanadi. Hozirda BMT Bosh kotibi lavozimini Koreya Respubiikasi fuqarosi Pan Gi Mun egallagan. BMT Bosh kotibi Tashkilotning bosh ma’muriy mansabdor shaxsi sanaladi. Kotibiyat funksiyasining o'ziga xosligi shundaki, BMT Nizomi unga huquqni himoya qilish sohasida aniq majburiyatlar yuklamaydi. BMT Kotibiyatiga inson huquqlari sohasida nazorat vakolatlari yuklangariligi pretsedentlari mavjud. Chunonchi, IHOKB 1HK 16-maxsus sessiyasida “Jazosiz qolishga yo‘l qo'ymaslik va aybdorlarning to'liq javobgarligini ta'minlash maqsadida, Suriya Arab Respublikasiga inson huquqlari xalqaro huquqining buzilishi haqidagi barcha da'volami tekshirish, bunday huquqbuzarliklar faktlarini va holatlarini hamda sodir etilgan jinoyatlami aniqlashuchun tezlikda missiya yuborish” yuklatilgandi Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha shartnomaviy (konvensiyaviy) organlar BMTda qabul qilingan tasnifga ko‘ra. hozirda lOta shartnomaviy organ faoliyat yuritadi - Inson huquqlari bo'yicha qo'mita, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita, Irqiy kamsitishlami bartaraf etish bo'yicha qo'mita, Qiynoqiarga qarshi qo'mita, Bola huquqlari bo'yicha qo'mita, Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni bartaraf etish bo'yicha qo'mita, Barcha mehnatkash-migrantlar va ulaming oila a’zolari huquqini himoya qilish bo'yicha qo'mita, Nogironlar huquqlari bo'yicha qo'mita, Zo'rlik bilan yo'qolishlar bo'yicha qo'mita va Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha quyi qo'mita. Inson huquqlari bo'yicha shartnomaviy organlar faoliyatida hozirda to'rtta asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin - tegishli xalqaro shartnoma doirasida davlat tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishi tahlili, shikoyatlarni ko'rib chiqish, umumiy tartibda mulohazalarni tayyorlash vatekshiruv o'tkazish. 1.Inson huquqlari bo'yicha qo'mita Inson huquqlari bo'yicha qo'mita 1976-yilda, 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt kuchga kirishi natiajsida tashkil topgan. Qo'mita shaxsiy tartibda ishlovchi va Pakt a’zo davlatlari fuqarolari bo'lmish 18 nafar ekspertdan tashkil topgan. Bu sohadagi davlatlararo nizolarni ko'rib chiqish va hal etish uchun Pakt tomonidan keng va murakkab taomil ko'zda tutilgan - ma’ruzalar tinglash, vositachilik va hatto kelishuv komissiyalarini tayinlash. Qo'mita faoliyatining muhim yo'nalishi individual shikoyatlarni ko'rib chiqish sanaladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita Iqtisodiy. ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita konvensiyaviy mexnazimlar tizirnida noyob mavqega ega. U bevosita shartnoma qoidalari bilan ta’sis etilmagan yagona shartnomaviy organdir. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (HMHXP)ga a’zo davlatlari tomonidan o'z majburiyatlariga rioya etishni nazorat qilish funksiyalari IIKga vakolatiga kiritilgan. Qo'mita shaxsiy tartibda ishlovchi 18 nafar ekspertdan iborat, ular inson huquqlari borasida e’tirof etilgan vakolatga ega bo‘ladilar. Qo'mita o‘z faoliyati haqida IIKga ma’ruzalar taqdim etadi. Qo'mita mandati Paktning 4-bobi va UK rezolutsiyalari bilan belgilangan. lining asosiy majburiyati - davlatlaming ular tomonidan Paktda e’tirof etilgan huquqlarga rioya etishga erishish yo'lidagi ular amalga oshirgan chora- tadbirlar va rivojlanish haqidagi davriy ma’ruzalarini ko'rib chiqish. bunday ma’ruzalar har to’rt yilda taqdim etilishi lozim. Qo'mita yakka tartibdagi shikoyat yoki xabarlarni ko'rib chiqish taomiliga ega einas. Qo'mita tekshiruv o'tkazish yoki bir davlatdan boshqa davlat tomonidan o'zining Pakt bo'yicha majburiyatlarini buzganligi to'g'risidagi xabar qabul qilish yoki tekshiruv o'tkazish vakolatiga ega emas. Qo'mita faoliyatining muhim shakli umumiy tartibdagi mulohazalar sanaladi. Irqiy kamsitishni bartaraf etish bo'yicha qo'mita Inson huquqlari to'g'risidagi barcha asosiy shartnomalarda UIHShda umumqabul qilingan tamoyil aks etgan, unga ko'ra shartnomalarda bayon etilgan huquqlar qanday bo'lmasin farqfarsiz amalga oshirilishi lozim. UIHSh 2-moddasida kamsitish uchun taqiqlangan asoslaming to'liq bo'lmagan ro'yxati keltiriladi: irq yoki ten rangi, jins, til. din, siyosiy yoki boshqa qarashlar, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqish, mulkiy, sulolaviy yoki boshqa holat. Xuddi shu ro'yxat ikkala Paktning 2-moddasiga kiritilgan. Keyingi shartnomalarda bu ro'yxat kengaytirilgan. Ikkita shartnoma - IKBXK va XKBK kamsitishning aniq shakllarini tegishlicha irqiy kamsitish va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishga bevosita yo'naltirilgan. Irqiy kasmitishni bartaraf etish bo'yicha qo'mita - inson huquqlari bo'yicha birinchi shartnomaviy organ. U 1970-yilda 1965-yilgi Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to'g'risidagi xalqaro konvensiya qoidalariga muvofiq tashkil etilgan. Qo'mitaning davriy ma’ruzalarni ko'rib chiqish amaliyoti boshqa shartnomaviy organlar amaliyotlari bilan har tomonlama mos keladi. Konvensiyaning 14-moddasiga muvofiq Qo'mita o'z yurisdiksiyasi chegarasida alohida shaxslar yoki shaxslar guruhlari tomonidan xabarlar qabul qilish va ko’rib chiqish vakolatiga ega. Shuningdek, Konvensiya davlatlararo shikoyatlar taomilini ham ko’zda tutadi. Qo’mitaning boshqa shartnomaviy organlar uchun xos bo’lmagan faoliyat shakli oldinini olish va zudlik bilan harakat qilish taomili hisoblanadi. Qo’mita quyidagi to’rtta funksiyani bajaradi: hisobotlami ko’rib chiqish; oldini olishga qaratilgan choralar; hisobotni taqdim qilish kechiktirilsa, a’zo davlatdagi yuzaga kelgan vaziyatni majburiy shaklda ko’rib chiqish; individual xabarlar bo’yicha fikr-mulohazalarni ishlab chiqish. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling