Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet83/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Irqiy kamsitish aims? “...siyosiy, iqlisodiy, ijtimoiy, madaniy yoki ijtimoiy hayotning boshqa istalgan sohalarida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini teng asosda tan olish, qo‘llash yoki amalga oshirish maqsadida yoki uning oqibati o’laroq, irq, teri rangi, sulolaviy, milliy yoki etnik kelib chiqishi belgilariga asoslangan har qanday ajratish, istisno qilish, cheklash yoki afzallik berish" (1-modda).

  1. Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo’mitasi

Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi 1982-yilgi Xotin-qizlarga nisbatan barcha ko’rinishdagi kamsitishlarga barham berish to’g’risidagi konvensiyaga asosan tuzilgan. Qo’mita 23 nafar ekspertdan iborat. O‘zining sessiyalarida Qo’mita a’zo davlatlar tomonidan taqdim etilgan hisobot va har qanday axborotlarni o'rganadi. Bu hisobotlarni ko’rib chiqish yakunida Qo’mita taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi. U shuningdek, Konvensiyadagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan a’zo davlatlar qo'liashi mumkin bo’lgan umum tavsiyalarni ham ishlab chiqadi.
2008-yilda Qo'mita alohida tavsiyalaming bajarilishi ustidan nazorat qilish taomilini joriy etdi.
Qo’mita faoliyatining muhim yo’nalishi umumiy tavsiyalarni ishlab chiqishdir.

  1. Qiynoqlarga qarshi qo’mita

Boshqa shartnomaviy tashkilotlar kabi Qiynoqlarga qarshi qo’mita Konvensiya a’zo davlatlarining u bo’yicha olgan majburiy atlarini amalga oshirish bo’yicha ko’rilgan choralar to’g’risidagi ma’ruzalarini ko’rib chiqadi. Konvensiyada Qo’mitaning a’zo davlat tomonidan uning qoidalari buzilganligi haqidagi yakka tartibdagi xabami ko’rib chiqish vakolati ham ko’zda tutilgan.
Qiynoq nima? "... tegishli shaxsdan ma’lumotlar olish, undan o’zi yoki uchinchi shaxs sodir etgan, sodir etishda gumon qilinadigan harakati uchun jazolash, shuningdek uni qo'rqitish yoki zo'rlash, davlatning mansabdor shaxsi yoki rasiniy shaxs sifatdagi boshqa shaxsning tashabbusi bilan yoki ularning xabardorligida yoxud so'zsizroziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asosiangan kuchli og‘riq va azob berishga qaratilgan harakatni anglatadi” (1- modda).
2015-yilning dekabr oyida BMT Bosh Assambleya rezolutsiyasi ozodlikdan mahruin qilingan shaxslarga nisbatan minimal standart qoidalarini qayta ko'rib chiqdi. Shu bilan birga, ekspertlar guruhi inson huquqlarini ta'minlash yo lida kurashib, 27 yil mobaynida qamoqqa mahkum qilingan marhum Janubiy Afrika prezidenti Nelson Rolixlaxl Mandela xotirasiga ushbu qoidalami ,cNelson Mandela qoidalaii" deya qayta nomladi.

  1. Bola huquqlari bo'yicha qo'mita

Bola huquqlari bo‘yicha qo'mita 1989-yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 43-moddasiga muvofiq tashkil etilgan, Bola huquqlari bo'yicha qo'mita hozircha yakka tartibdagi xabarlami ko'rib chiqmaydi, bir davlatning boshqa davlat tomonidan Konvensiya qoidalari bajarilmayotganligi haqidagi shikoyatlarini ko'rib chiqmaydi, tekshiruvlar o'tkazmaydi. Qarorlari - umumiy tartibda.
Bola huquqlarini amalga oshirishning to'rtta “umumiy tamoyili”. Bola huquqlari bo‘yicha qo'mita Konvensiyada keltirilgan va bola huquqlarini amalga oshirishda davlatlar amal qilishlari lozim bo‘lgan to’rtta umumiy tamoyilni ajratib ko‘rsatgan:

  1. Kamsitmaslik: davlatlarning Konvensiyada ko‘zda tutilgan, ularning yurisdiksiyalari doirasida bo‘lgan har bir bolaning, biror-bir kamsitishlarsiz, huquqlarini hurmat qilish va ta’minlash majburiyati (2-modda);

  2. Bola manfaatlarining eng yaxshi suratda fa’minlanishi: bolalarga nisbatan har qanday harakatlarda biriamchi e’tibor bola manfaatlarining eng yaxshi suratda ta’minlanishiga qaratilishi lozim (3-modda);

  3. Yashash, tirik qolish va sog'Iom rivojlanish huquqi: bolaning yashashga bo'lgan uzviy huquqi va a’zo davlatlar tomonidan bolaning tirik qolishi va sog'lom rivojlanishini maksimal muinkin bo'lgan darajada fa’minlanishi (6-modda);

  4. Bolaning unga taalluqli barcha masalalar bo’yicha o‘z shaxsiy qarashlarini erkin ifodalash huquqi: “bolaga taalluqli barcha masalalar bo'yicha” bolaning o‘z shaxsiy qarashlarini erkin ifodalash huquqi, bu qarashlarga “bolaning yoshini inobatga olgan holda” yetarlicha ahamiyat berilishi lozim (12-modda).

  1. Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish qo'mitasi

Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2004-yildan buyon faoliyat yuritadi. U 1990-yildagi Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish xalqaro konvensiyasining 72-moddasiga muvofiq ta’sis etilgan. Konvensiyaning 77-moddasiga muvofiq Qo'mita o‘zlari yurisdiksiyasi ostida bo’lgan ishtirokchi davlat tomonidan ularning Konvensiyada ko'zda tutilgan shaxsiy huquqlari buzilgan, deb ta’kidlovchi alohida shaxslardan axborot olish va ko'rib chiqish vakolatiga ega. Qo‘mita tekshiruv lYtkazish vakolatiga ega emas.

  1. Nogironlar huquqlari qo'mitasi

Nogironlar huquqlari qo‘mitasi 2006-yildagi Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 34-moddasiga muvofiq ta’sis etilgan. U 2009-yilda ish boshladi.
Xalqaro konvensiyada nogironlarning mustaqil hayot kechirishlari va boshqalar bilan teng ravishda ijtimoiy muhitdan, transport, aloqa, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shahar va qishloq joylarida aholi uchun mo'ljallangan barcha ob'ektlar hamda xizmatlardan teng foydalanish huquqlari ilgari surilgan.
2009-yilning fevral oyida O'zbekiston Respublikasi “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani imzolagan edi. 2014-yilning noyabr oyida esa BMTning Inson huquqlari bo’yicha kengashi va Shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish bo’yicha Milliy tadbirlar dasturini qabul qildi. Yuqorida qayd qilingan Konvensiyani ratifikatsiya qilish davlat tomonidan qabul qilingan tavsiyalardan biri edi.
Qo'mita ishtirokchi davlatlarning boshqa ishtirokchi davlatlar tomonidan Konvensiya qoidalari buzilganligi haqidagi shikoyatlarini qabul qilmaydi va ko‘rib chiqmaydi.
Konvensiyaga Fakultativ bayonnomaga muvofiq Qo'mita Konvensiya ishtirokchi davlat yurisdiksiyasida bo'lgan va ushbu ishtirokchi davlat tomonidan Konvensiya qoidalari buzilishi qurboni bo‘ Iganl igini bildiruvchi alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi xabarlarini qabul qilish va ko’rib chiqish vakolatiga ega. Shuningdek, ushbu shaxslar yoki shaxslar guruhi nomidan yerilgan xabarlar ham ko‘rib chiqiladi.

  1. Barcha shaxslarni zo'rlik ostida g'oyib bo'lishdan himoya qilisb bo'yicha qo'mita

Qo'mita 2010-yilda 2006-yildagi Barcha shaxslarni zo‘rlik ostida g‘oyib bo'lishdan himoya qilisb to'g'risidagi xalqaro konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan.
Qo'mita vakolati tezkor choralar ko'rishni nazarda tutadi. Yo'qolgan shaxs qarindoshlari, ularning qonuniy vakillari, advokatlar yoki ular tomonidan vakolat berilgan istalgan shaxs yoki qonuniy manfaati bo'lgan har qanday boshqa shaxs Qo'mitaga yo'qolgan shaxsni qidirish va qayerda ekanligini aniqlash to’g'risida iltimos bilan murojaat qilishi mumkin.
Qo'mita ishtirokchi davlatlar yurisdiksiyasida bo'lgan shaxslar tomonidan yoki ana shunday shaxslar nomidan berilgan, ular ushbu davlat tomonidan Konvensiya qoidalarining buzilishi qurbonlari ekanliklari haqidagi yakka tartibdagi xabarlarni olishi va ko'rib chiqishi mumkin. Qo'mita ishtirokchi davlatlarning boshqa ishtirokchi davlat tomonidan Konvensiya bo'yicha majburiyatlar bajarilmayotgani haqidagi shikoyatlarini ko'rib chiqish huquqiga ega. Qo'mita u yoki bu ishtirokchi davlat Konvensiya qoidalariga jiddiy zarar yetkazuvchi harakatlami sodir etayotgani haqidagi ishonchli axborot yuzasidan tekshiruv o'tkazish vakolatiga ega.

  1. Qiynoqlarning oldini olish quyi qo'mitasi

Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki g'urumi poymol qiluvchi muomala va jazo turlarining oldini olish quyi qo'mitasi 2006-yil iyun oyida kuchga kirgan Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki g'urumi poymol qiluvchi muomala va jazo turlarining oldini olish konvensiyasiga Fakultativ bayonnomaga muvofiq ta’sis etilgan.
Quyi qo'mita davriy ma’ruzalarni ko'rib chiqmaydi, yakka tartibdagi xabarlarni qabul qilmaydi va umumiy tartibdagi mulohazalarni e’lon qilmaydi. Mandatining o'ziga xosligi va faoliyatining xarakteridan kelib chiqib, barcha tadqiqotchilar ham uni shartnomaviy organ deb hisoblamaydi.
Quyi qo’mitaning asosiy majburiyati - Bayonnoma ishtirokchi davlatlaridagi ozodlikdan mahrum qilish joylariga borish va ushbu tashriflar yakunlari bo'yicha ozodlikdan mahrum etilganlarni qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki g'ururni poymol qiluvchi muomala va jazo turlaridan himoya qilishga oid tavsiyalar taqdim etishdan iborat.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling