Xalqaro huquq


Atrof-ntuhitni himoya qitish prinsipini


Download 3.36 Mb.
bet91/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Atrof-ntuhitni himoya qitish prinsipini ham ushbu guruhdagi prinsiplar toifasiga qo‘shish mumkin. 1 Protokolning 55-moddasi atrof- muhitni himoya qilishning zamonaviy konsepsiyasini mustahkamlab qo'ydi: "Harbiy harakatiar olib borish chog‘ida tabiiy muhitni keng ko‘lamli. uzoq muddatli va jiddiy zarar yetkazishdan himoyaiash haqida g‘amxo‘rlik ko!rsatiladi. Bunday himoya tabiiy muhitga shunday zarar yetkazish maqsadini ko'zlovchi yoxud shunday zarar yetkazish ehtimoli bo'lgan va shu bois aholining salomatligi hamda omon qolishiga ziyon yetkazuvchi urush olib borish usul va vositalarini qo'llashni taqiqlashni o‘z ichiga oladi”.
Protokollardan joy olgan farqlash prinsipini qo‘llashga oid rahbariy qoidalar mazkur prinsipga mislsiz oydinlik va aniqlik baxsh etadi.
Mutanosiblik yoxud proporsionallik prinsipi qonuniy maqsad va unga erishish vositalarini taqqoslovchi mazkur asosiy prinsipiardan biri hisoblanadi. Unga кота alohida shaxsning erkini cheklashga mazkur cheklovga mulanosib bo'lgan sharoitdagina yo'l qo‘yilishi mumkin. Mutanosiblik prinsipi asosida erishi I ishiga harakat qilinayotgan maqsad va unga erishish yo'lida qo'llanadigan vosita o‘rtasidagi nisbat yotadi2.
Juse in bello kontekstida “mutanosiblik” termini urush jarayonida qandaydir bir aniq operatsiya yoki harakatni amalga oshirish bilan bog‘liq foyda va zararning nisbatidagi (balansidagi) umumiy mo‘ljalga aloqador. Shu bilan birga, zarar va ziyon darajasi faqat hujum oqibatida kutiigan va mantiqiy asosga ega bo Igan harbiy afzallik nisbati bilan belgilanadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Drezdenga uyushtirilgan hujum mutanosiblik prinsipining qo'pol ravishda buzilishiga misol bo‘lishi mumkin3 (Qarang: I QP 51(b) va 57-moddalar, Odatiy qurollarriing aniq turlari haqidagi Konvensiyaga II QP 3-modda. MUS Statuti 8-modda).
BMT xalqaro sudi o'zining konsultativ xulosasida “atrof-muhitni muhofaza qilish - qaysidir harakat zarurat va mutanosiblik prinsipiga mos kelishini baholashda hisobga olinadigan unsurlardan biri” ekanligini ko'rsatib, mutanosiblik prinsipi qo'llanishini tasdiqladi.
Avstraliya, Germaniya, Jsroil, Ispaniya Niderlandiya harbiy ustavlari va yo‘riqnomalarida hujum chog'ida mutanosiblik prinsipi belgilab qo'yilgan. Ko'pchilik davlatlar mutanosiblik prinsipiga xilof hujumlar uyushtirishni jinoyat deb e’lon qiluvchi qonunchilik hujjatlarini qabul qilganlar, Kanada qonunchiligi bunga misol bo'la oladi1.
Xalqaro gumanitar huquqda qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashga va harbiy harakatlar olib borish vositalariga yo'naltirilgan normalar batafsil bayon etilgan. Shuningdek, ularda mazkur normalarga rioya qilishni ta’minlashga mo'ljallangan mexanizmlar belgilab qo'yilgan. Jumladan. u XGH prinsip va normalarini buzganlik uchun javobgarlik prinsipm nazarda tutadi. Mazkur prinsip davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi va jismoniy shaxsiaming javobgariigini o‘z ichiga oladi.
Unga ko'ra, davlat XGHni buzganligi uchun quyidagi holatlarda javobgar bo'ladi:
a)uning idoralari, shu jumladan, qurolli kuchlari tomonidan amalaga oshirilgan xilof harakat (IV Gaaga konvensiyasi 3-modda; I Qo’shimcha protokol 91-modda);
b) davlat hokimiyati elementlarini amalaga oshirish uchun vakil etgan shaxslar yoki tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat (Xalqaro huquqqa zid qilmish uchun davlatlarning javobgarligi haqidagi moddalar loyihasi, 5-modda);

  1. amalda lining ko'rsatmasi yoki rahbarligi yoxud nazorati ostida harakat qilayotgan shaxslar yoki guruhlar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat (Xalqaro huquqqa zid qilmish uchun davlatlarning javobgarligi haqidagi moddalar loyihasi, 8-modda);

  2. alohida shaxslar yoki bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat uchun, basharti bu haqda davlat xabardor qilingan bo'lsa va bevosita o'zining amali sifatida tan olsa (II Qo'shimcha Protokol, 1-modda).

To'rtala Jeneva konvensiyalarining 49, 50, 126, 146-moddalariga muvofiq ishtirokchi davlatlar Jeneva konvensiyalarini jiddiy ravishda buzgan yoki buzishga buyruq bergan shaxslarga nisbatan samarali jinoiy jazoni ta’minlash uchun zarur qonunchilikni amaliyotga joriy etishlari lozim. XGH qo'llanishining o'zi asosan shunga muvofiq miliiy qonunchilikning qabul qilinishiga bog'liq. Bundan tashqari chora ko'rmaslik jiddiy rioya qilmaslik hisoblanishi mumkin (1 Protokol, 86-modda).
Bir qator davlatiar XGHga jiddiy rioya qilmaslik uchun jazoni nazarda tutuvchi jinoiy qonunchilikni amaliyotga joriy etdilar.
Masalan, Bolgariya Jinoyat kodeksida XGHga jiddiy rioya etmaslik jinoyat sifatida qabul qilinadi (HI bob, 7-bo'lim va XIV bob, 2-bo‘lim)31.
Jiddiy xilof harakatning oldini olish majburiyati mutlaq xarakterga ega va hatto manfaatdor (omonlar o‘rtasidagi kelishuv ham unga daxl qilishi mumkin emas (51, 52,131, 148-umumiy modda).
Javobgarlik prinsipini ta’minlash davlatlarning gumanitar huquqning barcha qoidalarini bajarish majburiyatini ko‘zda tutadi. ichki qurolli niojarolar chog‘ida qo‘llanadigan qoidalar ham shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik sohasida amalga oshiri iayotgan islohotlaming maqsadlaridan biri milliy qonunchilikni amaldagi xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishdan iborat. Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish o‘zbek qonunchiligining asosiy prinsipiaridan biri hisoblanadi. 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining amalga kiritilishi bilan, milliy qonunchilikka 152-modda orqali urushning qonun va odatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi zarur o‘zgartirish kiritildi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling