Xalqaro huquq
Harbiy asirlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish majburiyati
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahqirlashning nojoizligi prinsipi
Harbiy asirlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish majburiyati hali Liber Kodeksi (75-modda), Bryussel deklaratsiyasidayoq (23-modda) e’tirof etilgan, Gaaga qonunida (4-modda) kodekslashtirilgan edi Fuqaro shaxslarga va safdan chiqqanlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish talabi Jeneva konvensiyalarining umumiy 3-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Urushayotgan tomonlaming o‘z xatti-harakatlarida insoniylik prinsiplariga amal qilish majburiyati ikkala Qo'shimcha protokolda ham asosiy kafolatlar sirasida mustahkamlab qo'yilgan1.
Insoniy munosabat talabi ko‘plab harbiy ustav va qo'llanmalarda mustahkamlab qo'yilgan. U davlat ichki va xalqaro (pretsedent) huquqi bilan tasdiqlanadi27 28. Inson huquqiga bo‘lgan huquq, shuningdek kishilarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish talabiga ham asoslanadi. Gumanitar yo'sindagi qoidalar Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g'risidagi Xalqaro pakt (1966), Mahbuslar bilan muomala qilishning Asosiy prinsiplari (1990)29, Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1978) va boshqalarda mavjud. Shunday qilib, IHXH va XGH normalari aholining turli toifalariga: yaradorlar, bemoriar, kema halokatiga yo'liqqanlar, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar, ko'chirilgan shaxslar, ayollar, bolalar, keksalar, nogironlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish talabini qo'llashning aniq holatlarini o‘z ichiga oladi. Tahqirlashning nojoizligi prinsipi — unga muvofiq, qurolli mojaroning xususiyatidan qat’i nazar, homiylikdagi shaxslarga nisbatan munosabatda irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, millati, siyosiy va boshqa maslagi, ijtimoiy, mulkiy holati yoxud boshqa mezonlari ahamiyat kasb etmasligi lozim. XGHni qo‘llash chog'ida nomuvofiq ayirmachilikka yo‘l qo‘yish taqiqlanadi. Tahqirlamaslik prinsipini aniqlashtiruvchi XGH normalari xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog'ida qo'llanadigan odatiy xalqaro huquq normalari sifatida o'rnatiladi. Olar 3 va 4-Jeneva konvensiyaiari hamda ularga Qo'shimcha protokollarda asosiy kafolatlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Xususan, mazkur prinsip I Qo'shimcha protokolning 1, 9, 43, 44-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Tahqirlamaslik prinsipi mutlaq emas. Garchi kamsitish taqiqlangan bo‘lsa-da, shaxslar o'rtasida ayirmachilikka yo'l qo'yilishi mumkin. Mazkur holatda ijobiy baravar ko'rmaslik (diskriminatsiya) sxoshilinch yordamga muhtojlarga ustunlik taqdim etish maqsadini ko‘zlaydi. O'zining tabiiy zaifligi, o'ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari tufayli ayollar va bolalar, nogironlar, qariyalar alohida himoya va homiylikka muhtoj. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling