Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet86/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

* **!•{./ * .< •. .
Kazus 3.
28.10.2012, Goluey shahri. 31 yoshli S.Xalappanavar ismli ayol shahar kasalxonasida bola tushib qolish xavfi bolishiga qaramay shifokorlaming o‘z vaqtida abort qilishdan bosh tortishlari sababli vafot etadi (Irlandiya qonunchiligida abortlarni amalga oshirish qat’iy chegaralangan). Homila 3 sutkalik o‘lim talvasasidan keyin, uning barcha hayotiy zarur funksiyalari to'xtagach, olib tashlangan, Ayol reanimatsiyaga 0‘tkazilgan va u yerda tez orada ko‘z yumadi.
Inson huquqlari xalqaro huquqi nuqtayi nazaridan shifokorlaming harakatlariga yuridik baho bering.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Саидов A.X. Инсон хуқуклари бўйича халқаро хукуқ. - Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006

  2. Inson huquqlari umumiy nazariyasi: 11V tizimidagi ta’lim muassasalari tinglovqhi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. Mas’ul muharrir: yuridik fanlar doktori, professor A.X. Saidov. - T., 2012. - 276 b.

  3. Инсон ҳуқуқлари./ Дарслик. — T.: Адолат, 2013.

  4. Универсальные механизмы защиты прав человека. Учеб, пособие для студентов вузов, обучающихся по специальности «Юриспруденция» / А.Х. Абашидзе, А О. Голътяев. - М.: ЮНИТИ- ДАНА, 2013.- 135 с.

  5. Лукашева Е.А. Права человека. Учебник. 2-е изд., перераб. — М.: Норма; ИНФРА-М, 2011. — 560 с.

  6. International Human Rights, Rhona Smith Oxford,P.440, 2014

  7. BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy komisari sayti: www.ohclir.org.

  8. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi,. sayti : www.echr.coe.int.

XII BOB. XALQARO GUMANITAR HUQUQ
Xalqaro gumanitar huquq (XGH) tushunchasi va uning ahamiyati. Xalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi. Xalqaro gumanitar huquqni qo'llash sohasi. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari. Harbiy harakatlar olib borilishining xalqaro - huquqiy reglamentga solinishi. Urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlarining xalqaro-huquqiy himoyasi.
Xalqaro gumanitar huquq (XGH) tushunchasi va uning ahamiyati
XGH xalqaro huquqning mustaqil tarmog'i bo'lib, xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida qurolli mojarolar tufayli yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Bunday munosabatlar urushayotgan tomonlar o‘rtasida xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog‘ida vujudga keladi.
Xalqaro gumanitar huquq - bu konvensiyaviy va odatiy me’yorlar inajmui j bo'lib, qurolli mojarolarda ishtirok etayotgan tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni hamda ular tomonidan daxl qilingan xalqaro huquq subyektlarini quyidagilar nuqtayi n azari dan tartibga soladi:

  • qurolli kurasli olib borish vosita va usullarini qo'llash;

  • yaradorlar, bemorlar, harbiy asirlar va fuqaro aholini himoya qilish;

  • ushbu me’yorlarni buzganlik uchun davlatlar va alohida shaxslarning javobgarligini belgilash.

XGH harbiy mojarolaming halokatli oqibatlarini kamaytirishga hamda harbiy zarurat va insoniylik o'rtasidagi muvozanatga erishishga yo'naltirilgan.
Qurolli mojarolar huquqi qurolli mojarolar chog'ida gumanitar masalalami tartibga solisli maqsadida ishlab chiqilgan va kodekslashtirilgan. U harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoxud ishtirok etishdan to'xtagan shaxslarni himoya qilishga hamda nizolashayotgan barcha tomonlaming harbiy harakatlar olib borishdagi huquq va majburiyatlarini aniqlashga yo'naltirilgan.
Ammo qurolli mojarolar tufayli yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqning mavjudligi fakti urushni qonuniylashtirmaydi. Xususan, Jeneva konvensiyasiga Qo'shimcha I protokolning kirish qismida kuch ishlatishning taqiqlanishi va XGH o'rtasidagi o'zaro nisbat ifodalangan bo'lib, unga ko'ra:
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga muvojlq har bir davlat o'zining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning suvereniteli, hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatishdan, В MT maqsadlariga mos kelmaydigan vositalardan shu yoki boshqa bir tarzda foydalanishdan tiyilishi sharl" va "mazkur protokoldagi yoki 1949-yilgi Jeneva konvensiyalaridagi hech bir qoida har qanday tajovuzni yoxud BMT ustaviga mos kelmaydigan boshqa har qanday shaklda kuch ishlatishni qouniylashtiruvchi yoki unga ijozat beruvchi holat sifatida lalqin qilinishi mumkin emas ".
Qurolli mojarolar borasida xalqaro huquq subyektlari o'rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatiar XGHning huquqiy tartibga solish predmeti hisoblanadi. Subyektlar tomonidan ularning bir-birlariga nisbatan o'zaro xatti-harakat tartibini o'matish to'g'risidagi kelishuvlari va bunga yuridik majbui iyat xarakterining berilishi, mazkur munosabatlarni xalqaro- huquqiy tartibga solish usuli hisoblanadi.



Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling