Xalqaro huquq


Xalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsipiprining shakllanishi va rivojlanishi


Download 3.36 Mb.
bet87/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsipiprining shakllanishi va rivojlanishi
XGH normalarining birligi va tizimliligi XGHning eng muhim prinsiplari vositasida ta’minlanadi. Me’yoriy tartibga solishning maqsadini, XGH me’yorlari xarakteri va mazmunini aynan shular belgilaydi.
XGHning asosiy prinsilari deganda me’yoriy tizimning xarakterli xususiyatlarini va uning asosiy mazmunini aks ettiruvchi, ijtimoiy shartlashilgan, umumlashgan me’yor va g'oyalar tushuniladi. Prinsip va me’yorlarning o'zaro nisbati chog'ida bajaradigan funksiyalarining aliamiyati nuqtayi nazaridan ular oliy nufuzga ega.'.
Mazkur prinsiplar ilk bor 1966-yilda 1949-yilgi Jeneva konvens iy alari ga asoslangan holda ifodalangan22 23 24.
XGH prinsiplarining shakllanishi va rivojianishi XGHning harbiy- texnik doirasi va ilm-fanning o‘zgarishi bilan bog'liq murakkab va davomli jarayondir.
XGHning asosiy prinsiplari:

  • hamisha, hamma yerda va liar qanday sharoitda amal qiladi. hatto konvensiya ishtirokchisi bo'lmagan davlatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi, chunki xalqlaming odatlarini aks etiradi;

  • urushayotgan tomonlar xatti-harakatining asosiy qoidalari hisoblanadi;

  • umumiy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga mos keladP va to‘g‘ridan to‘g‘ri shulardan kelib chiqadi;

  • XGH normalarining kelgusida rivojianishi va talqini uchun asos va negiz hisoblanadi;

  • XGH normalarining birligi va tizimliligini ta’minlaydi25;

  • o'zaro aloqador va o'zaro bog'liq.

“Oddiy insoniylikni idrok etish”26 va 1899-yilgi Gaaga tinchlik konferensiyasida ifodalangan hamda bugungi kunda 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalariga, 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari hamda tegishlicha 1979-yilgi unga Qo'shimcha protokolga kiritilgan Martens qo'shimcha sharti XGH umumiy prinsiplari mavjudligining e’tirofi hisoblanadi.
Martens qo 'shimcha sharti shuni amr qiladiki, shartnomalarda ко ‘zda tutilmagan holatlarda “fuqaro shaxslar va kombatantlar, ornatilgan odatlar, insoniylik prinsiplari va ijtimoiy ong talablaridan kelib chiquvchi xalqaro huquq prinsiplari himoyasida va ta’sir doirasida qoladilar”.
Mazkur norma xalqaro hamda ichki qurolli to'qnashuvlar chog'ida qo'llanadigan odatiy xalqaro huquq normasi sifatida o'matiladi. Shu bilan u:

  • huquq implementatsiyasi va ijtimoiy fikr o'rtasidagi o‘zaro jonli aloqani ta’minlaydi;

  • odatiy normalarni insoniylik prinsilariga muvofiq dinamik talqin etish uchun qo'llanma taqdim etadi va odatiy normalaming rivojlanishi uchun maxsus sharoit 0‘matadi. ■ .

Xalqaro gumanitar huquq prinsiplari quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:

  • xalqaro gumanitar huquqning umumiy prinsiplari;

  • urushayotgan tomonlaming urush olib borish vosita va usullarini tanlashlarini cheklash prinsipi; . ■

  • harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki bevosita ishtirok etishni to'xtatgan harbiy harakatlar ishtirokchilari va shaxslarning himoyasini ta’minlash prinsipi1.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling