Xalqaro huquq


Osiyo inson huquqlarini himoya qilish tizimi


Download 3.36 Mb.
bet85/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

. Osiyo inson huquqlarini himoya qilish tizimi
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi o'zining inson huquqlarini himoya qilish tizimi,mavjud bo‘lmagan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan yagona geografik mintaqa sanaladi. Bunday holatning yaqqol sabablaridan biri - Amerikada ADT, Yevropadagi Yevropa Kengashi va h.k. kabi ko'rinishdagi mintaqaviy siyosiy guruh mavjud emasligidadir.21
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi kam sonli hujjatlardan biri - 1988-yildagi Osiyo-Tinch okeani inson va xalqlar huquqlari deklaratsiyasidir. U yashash huquqini; o‘z jamoasida, davlatida tinchlik va xavfsizlik huquqini; irqi, jinsi, millati, dini, rivojanish darajasidan qat’i nazar, moddiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan munosib hayot kechirish huquqi; munosib atrof-muhit huquqi (yer yuzida kerakli atrof-muhitni saqlash har bir individ, xalq va davlatning burchi va majburiyatidir); rivojlanish huquqi; zo’ravonlik va qo'rquvdan erkin bo'lish huquqini o'zida aks ettitgan. Zo‘rlik ishlatmaslik har qanday ijtimoiy va siyosiy darajalarda insoniy hamjamiyat tashkil etishning asosi bo:lmog‘i lozim.
Islom davlatlarida inson huquqlarini himoya qilish
Arab davlatlari ligasi (ADL) - 20dan ziyod arab va ular bilan do‘stona munosabatda boUgan noarab mamlakatlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. 1945-yil 22-martda tashkil topgan. Tashkilotning oliy bosh organi Liga Kengashi bo' lib, unda har bir a’zo-davlat bitta ovozga ega, Liganing bosh qarorgohi Qohirada joylashgan. Arab davlatlari ligasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Pakt 1952-yilda kuchga kirgan. '
Ijtimoiy hayotning yuridik, ijtimoiy va iqtisodiy me’yorlari, jumladan inson huquqlari, Qur’on va unga asoslangan musulmon huquqida shunchalik batafsil tasvirlab berilganki, ularni ma’lum deklaratsiya va xartiyalar bilan qiyoslash mumkin. 1981-yildagi Umumislom deklaratsiyasi preambula va 23ta moddadan iborat. Preambulada ushbu hujjatning diniy xarakterda ekanligi ta’kidlanadi va inson huquqlarining ilohiy asosga egaligi hamda ularni ta’minlashdagi ilohiy amrlar qayd etiladi. Inson huquqlarining Xudo tomonidan belgilanganligidan ulaming cheklanishi, bekor qilinishi, hokimiyatlar, uyushmalar yoki boshqa biror institutlar tomonidan buzilishi mumkin emasligi kelib chiqadi. Deklaratsiyada musulmonlarning islomiy tartibni qaror toptirishga xizmat qilishlari alohida ta’kidlanadi. U insoniylik, tenglik, irqi, tanasining rangi, jinsi va h.k. belgilar bo'yicha kamsitishning mavjud emasligi bilan xarakterlanishi lozim.
“Islom konferensiyasi” tashkiloti (IKT) musulmon inamlakatlar xalqaro tashkiloti. 1969-yilda Rabotda, Musulmon davlatlar boshliqlari konferensiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash, mustamlakachilik va irqchilikka qarshi kurash hamda Falastinni ozod qilish tashkilotini qo'llab-quvvatlash maqsadlarida tashkil etilgan. Bosniya va Gersegovina, Markaziy Afrika Respublikasi. Rossiya Federatsiyasi, shuningdek Filippinning Moro milliy-ozodlik fronti va qator tashkilotlar kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Jidda (Saudiya Arabistoni)da joylashgan.
“Islom konferensiyasi” tashkiloti eng yirik va eng nufuzli rasmiy hukumatlararo musulmon xalqaro tashkiloti sanaladi.
1990-yilda IKT tomonidan Islomda inson huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan. G'arb uchun an’anaviy bo'lgan huquqlar to‘plamidan tashqari, u bolaning ota-ona, davlat va jamiyat tomonidan g‘amxo‘rlik qilinishi huquqini o‘z ichiga olgan: bilim olishni majburiyat etib, ulami davlat tomonidan berilishini — burch sifatida belgilagan; qurolli mojaro holatida minimal insonparvarlik huquqlari koTsatilgan; mustamlakachilikni; insonlami garovga olishni taqiqlaydi va h.k.
• • • . .. ■ ?,-•••
Nazorat savollari

  1. Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi (IJIHD) inson huquqlari tarixida yangi bosqichni belgilab berdi. 1948-yil 10-dekabrda Parijda turli huquqiy va madaniy bazaga ega bo‘lgan turli dunyo mintaqalari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan Deklaratsiya Bosh Assambleya (fransuz) (ispan) 21.7A (III) rezolutsiyasi bilan “barcha xalqlar va davlatlar intilishi lozim bo'lgan vazifalar” sifatida e:ion qilingandi. U birinchi bo‘lib asosiy inson huquqlarini himoya qilishning zaruriyatini beigiladi.

UIHD me’yorlarini amal qilinishi lozim bo‘lgan odatiy huquq me’yorlari deb hisoblash mumkinmi? XXI asrda Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasirung dolzarbligi va ahamiyati qandayligini tushuntirib bering.

  1. Afrika xartiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u qit’aning siyosiy voqeligini, shuningdek Afrika xalqlari tarixiy an’analarini hamda Afrika sivilizatsiyasi qadriyatlarini aks etfiradi. U awalda Yevropa Kengashi va Amerika Davlatlari Tashkiloti doirasida qabul qilingan mintaqaviy tusdagi shu kabi shartnomalardan ancha farq qiladi. Afrika Xartiyasini nafaqat Afrika qit’asi uchun noyob hujjat sifatida, balki tobora soni ko'payib

borayotgan, o'zlari amalda bo'lgan mintaqalar ehtiyojlari va manfaatlarining o‘ziga xosligiga moslashgan, inson huquqiari borasidagi mintaqaviy shartnomalar kontekstida ham ko'rish lozim.
Afrika inson huquqlarini himoya qilish tizimining boshqa inson huquqlarini himoya qilish mintaqaviy tizimlaridan farqini aytib bering.
Kazus 1.
Qrim va Sevastopolning Rossiya Federatsiyasiga qo'shib olinishi faktini tan olmaslik oqibatida, Yevropa ittifoqi mamlakatlari yarim oroldagi konsullik vakolatxonalari Va viza markazlarini yopdi va faqat Ukraina hududida joylashgan konsullik muassasalarida viza berishga hujjatlar qabul qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi hokimiyatlari muxtoriyatning Rossiya tarkibiga kirganligini tan olmasliklari sababli, qrimliklar bilan shunday ishlash amaliyotini saqlab qolishga qaror qildilar.
De-yure, 26ta Yevropa davlatini o‘z ichiga olgan Shengen hududi Qrimda yashayotgan fuqarolarga viza berishga rozi emas. lekin de-fakto bunday vizalami berayotgan qator mamlakatlar mayjud. Gap bu yerda faqat moyiliikda emas, balki ariza beruvchi tomonidan konsullik yig'imini to'lash va qabul qiluvchi mamlakatdagi iqtisodiy sharoit ham katta rol o'ynaydi.
Qrim va Sevastopol aholisi uchun YI hududiga kirishni taqiqlashning yuridik tabiiyatini muhokama qiling.
Kirishni taqiqlash insonning harakatlanish erkinligi huquqining buzilishi sanaladimi?
YI mamlakatlari harakatlarini davlatlaming o‘z migratsiya siyosatini mustaqil belgilash huquqiari bilan oqlash mumkinmi?
Kazus 2.
BMT Inson huquqiari qo‘mitasiga Urugvay fuqarosi Edgardo Dante Valkadaning Urugvayga qarshi ishi (№9/1977) kelib tushdi, u 1976-yil 8-sentabrda Montevideoda fuqaro kiyimidagi politsiyachilar tomonidan hibsga olingandi. U olib borilgan politsiya uchastkasida unga taqiqlangan gazeta tarqatish aybi qo'yildi. So'rov davomida unga nisbatan ruxsat berilmagan usullar va qiynoqlar qo:llandi. Politsiyachilar uning xotini va bolalarini qamoqqa olish bilan tahdid qildilar. Tegishli ordersiz uning xonadoni tintuv qilindi. 0‘zining murojaatida Valkada ko'rsatadiki. hibsda bo lgan davri mobaynida (50 kun) u advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lgan. 1976-yil 5-noyabda harbiy sud qarori bilan aybini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo'lmaganligi sababli ozodlikka chiqarilgan.
Inson huquqlari qo'niitasi Valkada shikoyatini o'rganib chiqib, 1977-yil 25-avgustda Urugvay hukumatidan Qo'mita tomonidan mazkur shikoyatni ko‘rib chiqish haqidagi yakuniy qaror qabul qilish maqsadida, ushbu ish bo‘yicha yanada batafsil ma’lumotni so'radi. Urugvayning 1977-yil 27-oktabrda Qo'mitaga bergan javobida Qo‘mita tomonidan ushbu shikoyatning ко‘rib chiqilishiga qarshi ekanligi aytilgan. Chunki uning fikricha, arizachi o‘z mamlakatidagi barcha adliya tizimi bosqichlaridan o'tmagan, Urugvayning ichki qonunchiligiga ko‘ra esa ushbu mamlakat hududidagi har qanday fuqaro barcha sud yoki hukumat instansiyalariga murojaat qilish imkoniga ega. Shunga qaramay, 1978-yil 1-fevralda Ipson huquqlari bo'yicha qo'mita Valkada arizasini ko'rib chiqishga qabyl qilish to'gh’isida qaror qabul qildi.
Valkada huquqiy himoyaning barcha ichki vositalaridan foydalanib ko’rmagan bo'lsa ham, arizachining shikoyati Qo'mita tomonidan nega qabul qilinganligini muhokama qiling. ... ... . .. ...

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling