Xalqaro huquq
Inson huquqlarini himoya qilishning universal mexanizmlari
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi
- . • • e Universal davriy sharh bosqichlari
Inson huquqlarini himoya qilishning universal mexanizmlari
Umuman olganda, Bosh Assambleya tavsiyalari davlatlar uchun huquqiy majburiyatlar yuzaga keltirmaydi. Shu bilan birga, BMT Nizomining 55. 56-moddalarida keltirilgan majburiyatlardan kelib chiqqan holda, ularning obro'sini past baholamaslik lozim. Nizomning 56-moddasiga ko!ra, BMTning barcha a'zolari 55-moddada ko'rsatilgan maqsadlarga, jumladan, irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, barcha uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklarni yalpi hurmat qilish va rioya etishga erishish uchun BMT bilan hamkorlikda va mustaqil ish ko:rish majburiyatini oladilar. BMTning bosh vakillik organi sifatida, Bosh Assambleya inson huquqlari sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. 1948-yilda Assambleya Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasini. 1965- yilda Irqjy kamsitishning har qanday ko‘rinishini bartaraf etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani. 1966-yilda Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro Paktlarni. 1989-yilda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ma’qulladi. Bosh Assambleya BMTning inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilishda bevosita ishtirok etuvchi funksional organlari ma’ruzalarini ko‘rib chiqadi va ularning tavsiyalariga ko‘ra muayyan harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Bosh Assambleya alohida mamlakatlar yoki hududlarda inson huquqlari buzilishini tekshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mexanizmlami ta’sis etish huquqiga ega. Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga binoan inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish bilan bevosita ishlovchi BMT Kotibiyati boriinmalari ta’sis etilgan (BMT inson huquqlari bo^yicha Oliy komissarining boshqarmasi va hozirgi Inson huquqlari markazi). . Shuningdek Assambleyaning inson huquqlari bo‘yicha umumjahon kampaniyalarini tayyorlash va o'tkazishdagi va umuman, bu. boradagi jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishdagi rolini ham qayd etib o'tish zarur. Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi Inson huquqlari bo'yicha BMT Kengashi (IHK) 2006-yil 15-martda BMT Bosh Assambleyasining 60/251-rezolutsiyasi bilan bekor qilingan BMT Inson huquqlari bo’yicha komissiyasi o'rniga tashkil etilgan. IHK Bosh Assambleyaning yordamchi organi sanaladi. 2011-yilda Bosh Assambleya IHK mavqeni o‘zgartirishsiz qoldirish va uni saqlab qolish masalasini 10 yildan oldin va 15 yildan kech bo'lmagan muddatda, ya’ni 2021—2026-yillar oralig'ida ko'rib chiqish haqida qaror qabul qildi. 1HK tarkibiga 47ta davlat kiradi. 0‘rinlar soni mintaqaviy guruhlar bo'yicha proporsional ravishda taqsimlangan: Afrika davlatlari guruhi - I3ta o'rin, Osiyo davlatlari guruhi - 13ta o'rin. Sharqiy Yevropa davlatlari guruhi - 6ta o‘rin, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari guruhi - 8ta o‘rin va G'arbiy Yevropa va boshqa davlatlar guruhi — 7ta o'rin. IHKda a’zolik BMT barcha a’zo davlatlari uchun ochiqdir. Shu bilan birga, IHKga tanlayotganda Bosh Assambleya “nomzodlarning inson huquqlariga ko'maklashish va himoya qilish ishiga qo'shgan hissasi va ulaming bu boradagi ixtiyoriy majburiyatlari va va’dalarini inobatga olishi” lozim. IHK faoliyatini tashkil etishning umumiy tamoyillari Bosh Assambleyaning 60/251-rezolutsiyasida keltirilgan. Uning qoidalariga muvofiq IHK bir-yilda kamida uchta sessiya .o'tkazishi, ulaming davomiyligi jami 10 haftadan kam bo'lmasligi lozim. IHK faoliyatini tashkil etishning asosiy mezonlari u faoliyat yurita boshlagan dastlabki-yilda ishlab ehiqilgan va IHKning 2007-yil 18-iyundagi 5/1 “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha Kengashi institutsional qurilishi” rezolutsiyasida bayon etilgan. IHK BMT Bosh Assambleyasiga yillik ma’ruza taqdim etadi. IHK o'zining mandatida ko'rsatilgan inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq, jumladan, qo‘pol va tizimli buzilish holatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan o‘z tavsiyalarini ishlab chiqish huquqidan faol foydalanadi. Shu orqali Kengash alohida davlatlar tomonidan o'zlarining huquqni himoya qilish majburiyatlariga rioya etilishi ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi. Bunday nazorat har qanday davlat yoki hududga nisbatan amalga oshirijishi mumkin. Bevosita nazoratning eng muhim vositalaridan biri Kengashning maxsus sessiyasi sanaladi, ular Kengash a’zo davlati talabiga ko'ra a’zo davlatlar uchdan birining qo‘llab-quvvatlashi bilan istalgan paytda o‘tkaziladi. Maxsus taomillar BMT Inson huquqlari bo’yicha komissiyasining boshqa mexanizmlari bilan birga, IHKga 60/251-rezolutsiyaga muvofiq berilgan. Maxsus taomillarga o'zlariga Kengash tomonidan yuklatilgan alohida funksiyalami bajarish uchun Inson huquqlari bo'yicha kengash (oldingi Inson huquqlari bo'yicha komissiya) tomonidan tayinlanadigan, shaxsiy tartibda harakat qiluvchi mustaqil ekspertiar yoki ekspertlar guruhlari kiradi. Inson huquqlari bo'yicha komissiyaning birinchi maxsus taomili — Maxsus ekspertlar ishchi guruhi 1967-yilda JARda irqchilar rejimi tomonidan sodir etilgan inson huquqlarining buzilishini tekshirish uchun ta’sis etilgandi. IHK, muayyan vaziyatlar bo'yicha Ishchi guruh tomonidan lining e’tiboriga yetkazilgan xabarlar (shikoyatlar)ni zarur hollarda istalgancha, lekin bir-yilda kamida bir marta ko‘rib chiqadi. Tegishli davlatga shikoyat yuborilgan vaqtdan uni Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgunicha o'tadigan muddat 24 oydan oshmasligi kerak. IHKda shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ehtimoliy choralarga “IHOKBga tegishli mamlakatga texnik yordam, uning salohiyatini mustahkamlashda yordam yoki maslahat ' xizmatlari ko'rsatishni tavsiya etish” opsiyasi qo‘shildi. Universal davriy sharh (UDSH) BMT Bosh Assambleyasining 2006- yil 15-martdagi 60/251-rezolutsiyasi bilan tashkil etildi, ushbu rezolutsiyaga muvofiq Inson huquqlari kengashi tashkil topgandi. U BMT a’zosi bo‘imish har bir mamlakatdagi inson huquqlariga oid ahvolning yaxlit manazarasini yaratish va qo'llab-quvvatlash irnkonini berdi. . • ■ . • • 'e Universal davriy sharh bosqichlari: Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling