Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet77/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Imkoniyatlar - vakolatxona joylashgan davlat, agar bunga zaruriyat bo'lsa, xorijiy davlatga, lining vakillik organlari va xodimlari timsolida ega bo’lishi uchun ycrdarn berishi mumkin yoki lozim bo'lgan immimitet va imtiyozlardir.
Bu yerda gap vakolatxona uchun binoga ega bo'lish yoki xodimlar uchun yashash xonalarini aniqlash, turli xildagi rasmiy maktublarni yuborishdagi imtiyozli huquqlar bilan ta’minlash, uzoqqa qatnaydigan jamoatchilik transportlaridan imtiyozli foydalanish, kundalik turmush ehtiyojlari uchun zarur buyumlarni olish va shunga o‘xshash imtiyoz va xizmatlar to'g'risida bormoqda.
Maxsus missiya huquqi
Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi Konvensiya 1969-yil 8-dekabrda BMTning 2530-rezolutsiyasi bilan qabul qilingan bo'lib. u kirish qismi va 54ta moddalar majmuasidan iborat.
Konvensiyaning l-inoddasidan konvensiyada qo'llaniladigan tushunchalar joy olgan. Xususan, maxsus missiya tushunchasiga ta’rif berilgan.
E'tibor qarating!
Maxsus missiya - vaqtinchalik missiya bo‘lib, o‘z xarakteriga ko'ra bir davlatning boshqa bir davlatga shu davlat bilan o‘zaro biror masalani hal etish uchun yoki biror masalani hal etish uchun yuborilishidir.
Konvensiyaning 3-moddasi maxsus missiyaning funksiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unga ko‘ra “maxsus missiya funksiyasi yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlarning o‘zaro hurmati bilan aniqlanadi”.
Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi 1969-yilgi hujjat bir davlatdan ikkinchi bir davlatga maxsus topshiriqlar bilan davlatlaming hukumat va boshqa delegatsiyalarining huquqiy maqomini o'rnatadi.
BMT tomonidan qabul qilingan bu hujjat diplomatik huquqni rivojlantirishga hissa qo'shdi va diplomatik aloqalar va konsullik aloqalari to‘g‘risidagi konvensiyalarning mantiqiy davomi deb hisoblanishi mumkin. Maxsus missiyalar davlatlararo diplomatik munosabatlarda keng qoMlanilayotgan faoliyatdir.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling