Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsullik patenti
- Konsullik muasasalarining funksiyalari
- Nazorat savollari
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- XI BOB. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA XALQARO HUQUQ
- Inson huquqlari boyicha xalqaro huquq tushunchasi
- Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning asosiy manbalari va prinsiplari
- IHXH ASOSIY TAMOYILLARI
E’tibor qarating!
Konsullik huquqini konsullik muassasalari va ular personalining ma’luni bir huquqiy maqomini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratiigan xalqaro huquqiy hujjatlar yig‘indisi. xalqaro shartnomalar xalqaro odallar Konsullik huquqi manbalan Davlatlar konsullik munosabatlarini o‘zaro rozilik asosida yo*lga qo‘yadi. Agar boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, diplomatik aloqalaming yo‘lga qo‘y ilganligi konsullik aloqalarining yo:lga qo'yilganidan dalolat beradi. Hozirda amaliyot konsullik muassasalarining ikki xil ко‘rinishlarini ifoda etadi. Birinchisi, diplomatik vakolatxonalar qoshidagi konsullik bo‘limlari va ikkinchisi, alohida faoliyat olib boruvchi konsullik muassasalari. Konsul yoki boshqa har qanday konsullik faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs lavozimiga tayinlangandan e’tiboran o‘z missiyasini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Ko'pchilik davlatlarda konsullami lavozimga tayinlash va boshqa davlatlaming konsullarini qabul qilish tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Konsullik huquqi diplomatik huquq kabi tashrif buyurayotgan davlatning oldindan roziligini (agrenian) talab qilmaydi. Biroq ikki tomonlama davlatlar o'rtasidagi shartnomalarda konsullik muassasalari uchun rozilik talab etiladi. Konsul tomonidan o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi u tomonidan konsullik patent! va ekzekvaturasini olishni talab etadi. ■ Konsullik patenti - bu biror-bir davlatni ifoda etayotgan konsullik muassasasi rahbarining vakolatlarini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan beriladigan hujjat. Konsullik patentida konsullik lavozimiga tayinlanayotgan shaxsning to'liq nomi, uning fuqaroligi, rangi (darajasi), egallab turgan lavozimi, konsullik okrugi va konsullik muassasasining joylashgan hududi bayon qilinadi. Konsullik patentini tegishli ravishda konsul vakil qilingan davlat vakolatli organiga taqdim etadi va mazkur organ konsulga ekzekvatura, ya’ni konsulning o‘z vazifalarini bajarishiga rozilik bildirishi mumkin. Ekzekvaturani olgandan so'ng konsul o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin. Konsullik muassasalarida shtatsiz asosda faoliyat olib boruvchi shaxslar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Konsullik korpusi ekzekvaturani eng oldin olgan konsul tomonidan — duayen tomonidan boshqariladi. Diplomatik vakolatxona konsullik bo'limlari uchun konsullik patenti talab etilmaydi. Konsullik munosabatlari quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin: vakil qilib yuborgan davlatning o‘z konsulini chaqirib olislii bilan; konsul kelgan davlat tomonidan ekzekvaturaning bekor qilinishi bilan; konsullik patenti muddatining tugashi bilan; konsullik muasasasining yopilishi bilan; konsullik munosabatlarining tugatilishi va boshqa holatlarga ko'ra. Konsullik muassasalari darajalari va personali. Mustaqil konsullik muasasalari quyidagi darajalarga bo‘linishi mumkin: bosh konsullik muassasalari; konsulliklar; vitse konsulliklar; konsullik agentliklari. Konsullik muassasalarining darajalari davlatlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida belgilanadi. Dshbu muassasalarga mos ravishda konsullik muassasalar rahbarlari darajasi ham belgilanadi. Konsullik !t muassasalari faoliyatini, ya’ni konsullik organlari maqomini, funksiyalarini, strukturasini aniqlashda va chet el konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solishda davlatning milliy qonunchiligi juda katta ahamiyatga ega. Konsullik muasasalarining funksiyalari Konsullik muasasalarining funksiyalariga o'zlari vakillik qilayotgan davlatning iqtisod, savdo, fan va texnika sohasidagi manfaatlarini himoya qilishdan tarkib topadi. Konsullik muassasalarining rnaxsus funksiyalari turli xil. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin. o‘zi kelgan davlatning iqtisodiy, savdo, madaniyat, fan va siyosiy hayoti haqida o'z daviatiga xabar berish; konsullik okrugidagi vatandoshlari ro'yxatini olib borish; pasport viza faoliyatini olib borish; fuqarolik holati dalolatnomalari yozish faoliyatini amalga oshirish; zarur hujjatlarni talab qilish vazifalarini bajarish; hujjatlar va imzolaming haqiqiyligini tasdiqlash faoliyatini amalga oshirish; o‘zi vakil qilingan davlat tergov va sud organlari topshiriqlarini bajarish va boshqa vazifalarni bajarishdan iboratdir. Nazorat savollari: Diplomatik va konsullik huquqining o‘zaro aloqasi va tafovutlari nimalarda namoyon bo‘ladi? A.Temur diplomatiyasi, diplomatiya to‘g‘risida o‘z asarlarida fikr bildirgan olim va mutafakkirlar mehnatlarining mazmun-mohiyatini izohlang. Diplomatik va konsullik huquqini tartibga soiuvchi xalqaro hujjatlaming milliy qonunchilikka ta’siri qanday? Diplomatik huquqni ta’riflashda ko‘zga tashlanadigan yondashuvlar qaysilar? Diplomatik huquqning qo‘shimcha manbalariga nimalar kiradi? Diplomatik va konsullik huquqini tartibga solishga qaratilgan milliy qonunchilik bazasini izohlang. Diplomatik va konsullik immunitet va imtiyozlarini bir-biridan farqlang. Maxsus missiyalarni tartibga solishga qaratilgan xorijiy va mi 11 iy normativ-huquqiy bazani izohlang. Konsullik huquqining kelib chiqish va rivojlanish tarixini davrlashtiring. : Konsullik muassasalarining asosiy va qo'shimcha funksiyalari nimalardan iborat? Kazus 1. 1997-yilning 31-oktabr kuni Nyu-york shahri politsiya xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining BMT qoshidagi Doimiy vakili V.Lavrovning xizmat avtomobili kaliti olib qo‘yilgan hamda uning rasmiy missiyasining - ushbu tashkilot Xavfsizlik Kengashi majlisida ishtirok etishiga to'sqinlik qilingan. Bundan kelib chiqib. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziriigi ushbu holatni 1961-yilgi Diplomatik aloqalar to'g‘risidagi Vena konvensiyasining qo'pol buzilishi degan xulosaga keladi. Rossiya Federatsiyasining xulosasi asoslimi? Ushbu holatda qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida vaziyat hal etiladi? Masalani hal etishda 1961-yilgi Vena konvensiyasining qoida va normalarining qo'llanishi borasida fikr biidiring. Kazus 2. 2001-yilning 21-dekabrida Turkmaniston Respublikasining rasmiy hukumati 0‘zbekiston Respublikasi elchisi Abdurashit Qodirovni persona non grata deb e’lon qildi va 24 scat ichida mamlakatni tark etishini talab etdi. Buning sababi sifatida, Turkmaniston hukumatining ta’kidlashicha, elchining Turkmaniston Prezidenti Saparmurod Niyazovning hayotiga suiqasd qilishda aloqadorligi isbotlangan. 2002-yilning 16-dekabrida 0‘zbekiston vakolatxonasida turkman chekistlari tintuv o'tkazganlar. Bunga javoban 0‘zbekiston Tashqi ishlar vaziriigi Turmaniston hukumatini vakolatxona binosining diplomatik daxlsizligini buzishda ayblaydi hamda A.Qodirovning suiqasdga aloqasi yo‘qligini ta’kidlaydi. Ushbu holatga huquqiy baho bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: 0‘zbekiston, 2014. Саидов A.X. Международное право в схемах и определениях. Учебное пособие. — Москва: Юрист, 2004. Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро хуқуки назарияси асослари: Дарслик. -Т.: Адолат. 2006. Лукашук И.И. Международно-правовое регулирование международных отношений. - М., 1975. Sattorov D. Xalqaro huquq: O‘quv qo‘l!anma. - T.: Adolat, 2007. Каламкарян P.A., Мигачев Ю.И. Международное право: Учебник. - Москва: Изд-во ЭКСМО, 2004. Толстых В.Л. Международное право практикум: - Москва: Юрист, 2002. Игнатенко Г В. Международное право. Учебник для вузов. — Москва: Изд-во NORMA, 2005. Odilqoriyev X., Matkarimova G. Xalqaro va milliy huquq: o'zaro munosabat hamda ta’sir / Davlat va huquq. - 2000. — № 1. XI BOB. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA XALQARO HUQUQ Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq tushunchasi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqning asosiy manbalari va prinsiplari. Inson huquqlarini himoyalashning universal mexanizmlari. Inson huquqlarini himoyalash bo'yicha mintaqaviy mexanizmlar. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq tushunchasi Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq (IHXH) inson huquqlarini ta’minlashda davlatlar hamkoriigini tartibga soiuvchi tamoyii va me’yorlari bo'lgan xalqaro huquq tarmog‘i hisoblanadi. Bu yerda gap. BMT Nizomi qabul qilinganidan keyin rivojlanib borayotgan yangi tarmoq haqida borayapti. O‘zining qisqa tarixiga ega bo‘lishiga qaramay, ushbu tarmoq xalqaro huquq tizimida markaziy o'rinni egallashga ulgurdi. O‘zining davlatlararo xarakteridan chekinmagan holda, xalqaro huquq tobora inson manfaatlariga xizmat qilayapti. Bunda hech qanday ziddiyat yo'q, bunda ko'proq qonuniylik aloqasi haqida gapirish mumkin. Inson huquqlarini himoya qilish, demokratiya - tinchlikning asosiy kafolatidir. Xalqaro aktlarda ta’kidianishicha, ushbu huquqlarga hunnat bilan qarash umumiy tinchlikning asosi hisoblanadi. Davlat har qanday xalqaro e’tirof etilgan huquq va erkinliklarga noqonuniy cheklovlar o'rnatish yoki yo‘q qilishga yo‘naltirilgan turJi xatti- harakatni sodir etish huquqiga ega emas (Fuqaro va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 5-moddasi). Biroq xalqaro huquq nafaqat inson huquqiga, balki o‘z davlatiga nisbatan majburiyatlariga ham dalolat qiladi. Davlat huquqlariga zid ravishda inson huquqlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, har bir insonning o‘z shaxsiyati erkin rivojlana oladigan jamiyat oldida o‘z majburiyatiga egaligi belgilab qo'yilgan (29-m.). Davlat va inson huquqlari o'rtasida o'zaro ziddiyat yuzaga kelishi mumkin. Masala shundaki, amalda qo‘llanishi uchun ulami o’zaro uyg‘unlashtirish lozim bo'ladi. Bunda eng asosiy o‘rinni xalqaro huquq egallaydi. Davlat huquqi va inson huquqlari BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak. Shunday qilib, hozirda, xalqaro huquqning ko‘rib chiqilayotgan tarmog'i davlatning ichki huquqi va konstitutsiyaviy huquqi bilan uyg'unlashuvida alohida xarakteriga egaligini ko‘rish mumkin. Inson huquqlari to‘g‘risidagi umum qabul qilingan prinsip va me’yorlar xalqaro huquqda bo'lgani kabi ichki huquqning o‘ziga xos jihatiga aylanishga ulgurgan huquqning umumiy prinsiplariga aylandi. Bundan tashqari u yoki bu holatda ham ular katta yuridik kuchga ega bo‘ladilar. Ularni cheklovchi shannoma qonuniy kuchga ega bo'lmaydi. Ularni ichki qonnnchilik bilan cheklab bo'lmaydi. Inson huquqlarining aksariyat qismi individual xarakterga ega va alohida inson uchun mo’ljallangan. Shu bilan bir qatorda, jamoaviy huquqlar ham mavjud bo‘lib, ular individlar birlashmasiga tegishli: xalqlar, millatlar, mayda millatlar, tub xalqlar. Ba’zan bunday huquqlarni inson huquqlarining ikkinchi avlodi deb ham atashadi, Jamoaviy huquqlarni joriy etish uning tarkibiga kiruvchi individlar huquqini ta’minlash sharti hisoblanadi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning asosiy manbalari va prinsiplari 1948-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, 1966-yilda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g:risidagi xalqaro pakt va uning fakultativ bayonnomasining qabul qilinishi xalqaro huquqning mazkur tarmog'ini navbatdagi kodifikatsiyalashtirish va tizimlashtirisbi uchun asos hisoblanadi. Mazkur aktlar Inson huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro bill deb nomlanishi ham bejiz emas. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi xalqaro munosabatlar tarixida ilk bor fuqaroviy, siyosiy. ijtimoiy. iqtisodiy va madaniy huquqlarni hamda inson erkinligining asosiy doirasini e’lon qildi. Deklaratsiyada qayd etilgan barcha huquqlar asosida 1-m.da belgilab qo'yilgan teng huquqiylik tamoyili yotadi. Deklaratsiya odatiy buquq me’yorlarini belgilaydimi? Deklaratsiyaning ayrim qoidalari hozirgi vaqtda xalqaro odaliy huquq me'yorlari hisoblanishi keng mtqyosda tan olingan. Misol sifatida qiynoqlar va irqiy kamsitdishning ta’qiqlanishini keltirish mumkin. Ushbu me’yorlar, biron-bir hujjat bilan bog'liq bo'linasada, davlatlar amaliyoti natijasida ularga yuridik majburiyat sifatida qarala boshlandi. Bundan tashqari ayntn huquqshunoslar, ushbu mavqe butun Deklaratsiyaga regishli ekanini ta’kidlashadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt huquqiy himoyaning samarali vositalari buzilgan holda, hatto ushbu buzilish rasmiy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa ham, har qanday shaxsning huquq va erkinligini ta’minlash davlatlar majburiyati ekani belgilab qo‘yilgan. U qullikni, tobelik holatini, majburiy mehnatga qo'yish va boshqalarni taqiqlovchi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu Paktga ikkita bayonnoma qabul qilingan. Birinchisida davlatning Inson huquqlari bo‘yicha Qo'mitasi tomonidan shaxsning huquq va erkinligi buzilishida tahmin etilayotgan ishlar yuzasidan yakka tartibdagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini ko'zda tutsa, ikkinchisi, 1989-yiIda o'lim jazosini bekor qilishga yo'naltirilgan. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi alqaro Pakt ishtiiokchilari, unda tan olingan huquqlarni asta-sekin, toMaligicha amalga oshirishni ta’minlovchi chora-tadbirlarni qabul qilishga majburdirlar. Ular shunday huquqlarki, adoJatli va qulay mehnat sharoitini yaratish huquqi, ijtimoiy ta’minot, ish vaqtini oqilona chegaralash kabi huquqlarni o‘z ichiga oladi. 1986-yilning mayida TTK tomonidan 1987-yilda o*z faoliyatini boshlagan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq bo'yicha Qo'mita tashkil etilgan. Ikkala pakt ham 1976-yilda kuchga kirgan. Ushbu kelishuvda unga imzo qo'ygan davlatlar uchun ularda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga o‘z yurisdiksiyalari ostida bo'lgan barcha shaxslarga nisbatan rioya etish va ushbu huquq va erkinliklarni kelgusida ham rag‘batlantirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq majburiyatlar belgilab qo'yildi. Xalqaro huquqning har qanday tarmog'i kabi inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq ham xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga tayanadi: inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlaming suveren tengligi, ichki ishlarga aralashmaslik, kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo‘llash va boshqalar. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning maxsus tamoyillariga universallik, kamsitmaslik, o:zaro aloqadorlik va o'zaro bog‘liqlik kiradi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq 0‘zbekiston xalqaro tashkilotlarning ishtirokisiz va inson huquqlariga oid asosiy xalqaro hujjatlarga qo’shilmay turib, demokratik huquqiy davlatni barpo etish mumkin emasligini anglab etdi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston bu sohada 70ta asosiy xalqaro hujjatga qo'shilgan. 0‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga olib, ularning bajarilishi yuzasidan vaqtida hisobot beradi. 1998-yildan boshlab 0‘zbekiston BMTning tegishli qo'mitalariga muntazam ravishda miltiy ma’ruzaiarini yubormoqda. Mustaqillik yillari davomida konvensiya va paktlaming bajarilishi haqida 30ga yaqin milliy ma’ruzalar yuborilgan. IHXH ASOSIY TAMOYILLARI: kk'X* . —I— y* •••'• ' - 'л.'- -v-л ">=Л д /5 ■ -19 \ '20 Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling