Xalqaro huquq


Xalqaro organlar va tashkilotlarning rezolyutsiyalari


Download 3.36 Mb.
bet97/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro organlar va tashkilotlarning rezolyutsiyalari faqat ma’naviy-siyosiy majburiyatlarni vujudga keltirib, tavsiya xususiyatiga egadir va bevosita xalqaro huquq normalarini yaratmaydi. Ammo ular O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan normativ hujjatlarning qabul qilinishi yo'li bilan implementatsiya bo'lishi natijasida mamlakat ichki huquqining bir qismiga aylanishi mumkin.
BMT Ustavining 25-moddasi asosida Xavfsizlik Kengashi qarorlari yuridik nuqtayi nazardan majburiy hisoblanib, Ustavning 103-moddasi asosida shartnomadan kelib chiqadigan davlatlarning har qanday majhuriyatidan ustundir.
Masalan, BMT Xavfsizlik Kengashining № 1540 (2004) sonli nodavlat subyektlarning ommaviy qirg'in quroliga (OQQ) ega bo'lishi va uni yetkazish uchun vositalarga yo'l topishining oldini olish va uning noqonuniy aylanishining oldini olish haqidagi rezolutsiyasini bajarish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi BMT Xavfsizlik Kengashining №1540(2004) qarori ijrosini tashkillashtirish choralari haqida” qaror qabul qildi.
Harbiy harakatlar olib borilishining xalqaro — huquqiy rcglamentga solinishi
Kombatantlar va fuqaro shaxslar o'rtasidagi asosiy farqlar
Farqlash prinsipiga asoslanib, nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar har vaqtda fuqaro obyektlari va harbiy obyektlar o‘rtasida farq belgilashi zarur. Bu farqlash fuqaro aholi va fuqaro obyektlami hunnat qilish va himoyaiashni ta’minlash uchun xizmat qiiadi. Bu himoyalash faqat kombatantlar o‘zlarini fuqaro aholidan farqlagan holatdagina amalga oshishi mumkin. (Qarang. QP I, 43-modda, 3-band, 48-modda va 52-modda MUS 8 Statusi).1
Kombatantlar - nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlari tarkibiga kirgan tibbiy va diniy xodimlardan tashqari shaxslardir va ular harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish; huquqiga shaxslar”.
Kombatant maqomi shundan iboratki, faqat shu shaxslar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish3 huquqiga egadirlar”.
Bu huquq mavjudligi shuni ko‘rsatadiki. kombatant kuch ishlatish huquqiga egadir. Bu yerda u, masalan, fuqaro shaxs bo'lgan holatida aynan o‘sha amallari uchun javobgar bo'lgandek, o‘z amallari uchun shaxsiy javobgar emasdir. Dushmanga nisbatan kuch ishlatib kombatant bo'lmagan shaxs kombatant maqomi imtiyozlaridan foydalana olmaydi. Harbiy harakatlarda noqonuniy ishtiroki uchun u milliy qonunchilik normalari asosida javobgarlikka tortiiadi. Bu harakatlar XGHning buzilishi sifatida baholanishi mumkin. .
IK I va IK II 13-moddasi, JK HI 4-moddasi asosida ko'ngillilar kombatant sifatida tan olinadi. Kombatant maqotniga yana dushman yaqinlashganda hujum qilayotgan qo‘shiniarga qarshi kurash olib borish uchun ixtiyoriy ravishda qo'liga qurol olgan egallanmagan hududning aholisi ega bo'ladi.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling