Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet62/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Harbiy jinoyatlar urush qonunlari va odatlarini buzganda, ya 'ni bosib olingan hududdagi aholi qirib tashlanganda, qiynoqqa solinganda. garovga olinganlar о 'ldirilganda, umumiy yoki xususiy mulk talanganda, harbiy zarurat bo ‘Imagan holda shahar va qishloqlar hech qanday ma ’nosiz vayron qilinganda sodir bo 'ladi.
Insoniyatga qarshi jinoyallar — bu urushgacha yoki urush davrida tinch aholini o'ldirish, yo‘q qilish, qul qilib sotish, surgun qilish va boshqa qat’iy choralarni qo‘llash yoxud siyosiy, irqiy, diniy sabablarga ко 'ra, ularni ta 'qib qilish yoinki qaerda amalga oshirilganidan yoki ular davlatlaming ichki huquqini buzish yoki buzmasligidan qat’i nazar, Tribunal yurisdiksiyasiga kiradigan jinoyatlarni amalga oshirishdir.
Harbiy jinoyallar va insoniyatga qarshi jinoyatlaming ro'yxati Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va 1977-yilgi T Qo‘shimcha protokol bilan sezilarli to‘Idirildi va ular “jiddiy huquqbuzarlik” deb tasniflandi.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga uzoqlik muddatini qo'llamaslik to ‘g: ri s i dagi 1968-yilgi Konvensiyada, insoniyatga qarshi jinoyatlar birinchi marta, xalqaro jinoyatlaming alohida guruhi sifatida ajratilgan edi. Insoniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga qurolli hujum va okkupatsiya natijasida aholini haydab chiqarish. aparteid, genotsid siyosatini olib borish oqibatida kelib chiqadigan noinsoniy harakatlar kiritilgan edi. Aparteid jinoyatining oldini olish va u uchun jazolash to‘g‘risidagi 1973-yilgi Konvensiyada aparteidga o‘xshash irqiy segregatsiya va irqiy kamsitish ham jinoyat deb baholandi.
1976-yil BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi Davlatlaming javobgarligi to‘g‘risidagi Moddalar loyihasini ma’qulladi, unga ko‘ra ekotsid. quichilik va kolonial hukmronlik ham insoniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga kiritildi. Shu sababli aytish mumkinki, xalqaro huquqning rivojlanishi bilan ko‘rib chiqilgan jinoyatlar soni o‘sib boradi. Bunga 1991-yili Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan qabul qilin-gan Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasi misol bo'la oladi. Bu Kodeks loyihasida jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bir-biridan farqlanmaydi. Shuning uchun unda umume’tirof etilgan qoidalarga asosan xalqaro jinoyatlar deb quyidagilar ko‘rsatib o'tiladi: agressiya, agressiya tahdidi, boshqa davlatlaming ichki ishlariga aralashish, kolonial hukmronlik va chet e! hukmronligining boshqa shakllari, genotsid, aparteid, insori huquqlarini doimiy va ommaviy ravishda buzish, alohida jiddiy harbiy jinoyatlar, atrof-muhitga qasddan va jiddiy zarar yetkazish.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan jinoyatlarga jazoning muqarrarligini ta’minlash uchun xalqaro jinoyat huquqi normalari qidiruv, qamoq va jinoyatchilarni berish (ekstraditsiya) qoidalarini tartibga solib turadi. 1946-yildayoq BMT Bosh Assambleyasi o'zining maxsus rezolyutsiyasida davlatlarga “harbiy jinoyatchilarni qayerda jinoyat sodir etgan bo'lsa, o‘sha davlatga ularni jo'natib, o‘sha davlat qonunlari asosida ularni javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko'rish kerakligi haqida” tavsiyalar bergan edi. Keyinchalik BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasi o'zining 29-sessiyasida Insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarda aybdor bo'lgan shaxslarni aniqlash, qamash va ularni ushlab j azoga tortish bo'yicha xalqaro hamkorlikning prinsiplari Loyihasini ko'rib chiqdi va ma’qulladi. Bosh Assambleya o'z rezolyusiyasida ana shunday to'qqizta prinsipni e’lon qildi1.
Ana shunday qiyosan yangi xalqaro jinoyatlar bo'lgan genotsid, aparteid, ekotsid va biotsid kabilar qanday javobgarlik belgilanishini ko'rib chiqamiz.
Genotsid ( urug', qabilani o'ldirish, qirg'in qilish) irqiy. milliy. etnik yoki diniy belgilariga asosan butun bir aholi guruhini jismonan yo'q qilishni' bildiradi. Genotsidga misol qilib Germaniya, Chili, Janubiy Afrika, Kambodja, va boshqa davlatlarda totalitar rejim hukm surgan paytdagi qirg'inbarotlarni keltirish mumkin. Bunday jinoyatning obyektiv tomoni genotsidning oldini olish va u uchun jazo tayinlash to'g'risidagi 1948-yilgi konvensiyada quyidagicha izohlangan edi: “Har qanday milliy, irqiy, etnik yoki diniy guruhlami qisman yoki to'liq yo'q qilish niyatida amalga oshiriladigan harakatlar genotsid deb tushuniladi”. So'ng genotsid shakllari sanab o'tiladi: shunday guruh a’zolarini o'ldirish; ularga jiddiy yoki og'ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo'lish; qasddan shunday hayot sharoitlari yaratishni nazarda tutib, kishilami qisman yoki to'liq jismoniy yo'q qilish; shunday guruhlar orasida bolalar tug'ilmasiigi uchun choralar ko'rish va bolalami zo'rlik bilan bir guruhdan ikkinchi bir guruhga o'tkazish. Bunda nafaqat genotsid, balki genotsidni amalga oshirish uchun fitna uyushtirish, to'g'ridan to'g'ri va ochiq ravishda bunday jinoyatni amalga oshirishga da’vat qilish, shuningdek unda ishtirok etish ham jinoiy jazoga tortilishga asos bo'ladi.
Konvensiyada genotsidda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan universal yurisdiksiya o'matilgan.
Birinchidan, ular qayerda genotsidni amalga oshirgan bo'lsalar, o‘sha davlat hududidagi va bunday jinoyatlarni sud qilish huquqiga ega sudlar tomonidan sudlanishi kerak.
Ikkinchidan, aniq bir ishni ko‘rib chiqish uchun tegishli yurisdiksiyaga ega Xalqaro jinoyat Sudlari tuzilishi mumkin.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling