Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro tashkilotlarning organlari
- Ozbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishining nazariy jihatlari
- Nazariy savollar
- Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
- IX BOB. XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK
- Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi
Бирліпггая Миплатляр Ташкилотинигг Низом и в* Халкаро суд статута. »- Т.; БМТпннг Ўзбскистоцдагп ахборот м яр казн, 2002. - Б.З.
bo'lmagan davlatlar kiradi va ularga a’zolikka kirishi uchun bir muncha murakkabroq qoidalar o'matiladi.1 Shuningdek, G‘arb xaiqaro huquq doktrinasida xaiqaro tashkilotlar a’zolarini ikki kategoriyaga: to'la huquqli va to'la bo'lmagan huquqli a’zolarga bo'lish xarakterii bo'lib, ularning birinchisiga davlatlar kiradi, ikkinchisiga ega o'zini o‘zi boshqara olmaydigan hududlar hattoki ba’zi suveren davlatlar ham kiradi. A’zolikka qabul qilish masalasida ayrim xaiqaro tashkilotlar, yangi a’zoni qabul qilish bilan bog'liq qoidalari bilan ham boshqa tashkilotlardan farq qiladi. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zolik boshqa har qanday xaiqaro tashkilotdan farqqiladi. Mazkur Tashkilotga a’zo bo'ladigan har bir nomzod davlat JSTning barcha a’zolari bilan a’zolik shartlari bo‘yicha alohida kelishishi shart. Agar Tashkilotning biror-bir a’zosi bilan kelishilmagan taqdirda nomzod davlat Tashkilot a’zosi bo‘la olmaydi. Xaiqaro tashkilotlarda a’zolik klassifikatsiyasi: Xaiqaro hukumatlararo tashkilotlarda a’zolik quyidagi belgilar bilan klassiflkatsiyalanishi mumkin: xaiqaro tashkilotlaming birinchi a’zolari (ta’sischilar) yoki qo'shilgan a’zolari bo'yicha; xaiqaro tashkilotlaming to'la huquqli a’zolari bo'yicha; xaiqaro tashkilotlaming assotsiatsiyalashgan a’zolari bo'yicha; xaiqaro tashkilotlarda kuzatuvchi maqomi bo'yicha; xaiqaro tashkilotlarda maslahatchi maqomi bo'yicha. Bir taiay xaiqaro tashkilotlar ta’sis hujjatlarida to'la a’zoiikdan tashqari assotsiatsiyalashgan a’zolik ham ko'zda tutilgan. Davlatni xaiqaro tashkilotning assotsiatsiyalashgan a’zosi sifatida qabul qilish odatda tashkilot bilan mazkur davlat o'rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xaiqaro tashkilotga a’zo bo'imagan davlatlar yoki tashkilot organi tarkibiga kirmagan a’zo davlatlarga kuzatuvchi maqomi beriladi. Misol uchun Vatikan va Faiastin BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. Ko'pincha ixtisoslashgan muassasalar va mintaqaviy tashkilotlar ham BMT organlariga o'z kuzatuvchilarini yuborishini kuzatish mumkin. SHHTda ham kuzatuvchilik tizimi yaxslii rivojlangan. Kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar asosiy majlislarda hozir bo'lish va hujjatlar olish huquqidan foydalanadi. 'Батафснл маълумотлар учун паранг Таъ.тиы, фан ьа маданигг ыасалллари буйігча Бирлашган Милллтлар Ташкклотн Уставя / ЮНЕСКО халхаро меъврий хужжатларн. Улбекча пашряинг ыасъул мухдррири ЛСаидаіа — Т.: Ддолегт, 2U04. - Б.7. Misol uchun 2016-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan SHHT saminitida kuzatuvchi davlatlar sifatida Afg‘oniston, Belarus, Mongoliya, Hindiston. Pokiston, Eron davlatlari ishtirok etdi. Maslahatchilik maqomi kuzatuvchi maqomiga yaqin bo'lib. u ayrim, ko'pincha universal tashkilotlarga, nohukumat tashkilotlarga, ya’ni turli mamlakatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari tuzadigan va qabul qiluvchi davlatda milliy huquq bo‘yicha yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olinadigan tashkilotlarga beriladi. Bunday tajriba BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EK.OSOS), shuningdek YUNESKO faoliyatiga ko‘proq xosdir. Xalqaro tashkilotlarda a’zolik badallari. Xalqaro tashkilotlarda a’zolik, davlatlarga tashkilotning ta’sis hujjatlarida keltirilgan huquq va majburiyatlari bi lan bir qatorda bu tashkilotlarga badal to’lash majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Chunki xalqaro tashki lotlar, awalambor, davlatlarning badallari hisobiga moliyalashtiriladi. Albatta, aksariyat xalqaro tashkilotlar homiylik mablag‘lari hisobiga ham moliyalashtiriladi, ammo birlamchi moliyalashtirish manbai a’zo davlatlarning badallari hisoblanadi. Badallar masalasida shunga e’tibor qilish kerakki, davlatlarning tashkilot faoliyatiga qo’yadigan badallari odatda teng ulushlarda bo'lmaydi. Chunki turli xil iqtisodiy va boshqa resurslarga ega davlatlar bir xil ulushda badal to'lagan taqdirda ularning iqtisodiy imkoniyatlariga, albatta, salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin va bunday tenglik prinsipi har qanday davlatning xalqaro tashkilotda ishtirok etish manfaatlariga hamda o'zining iqtisodiy imkoniyatlariga mos tushmaydi. Shuning uchun ham, odatda tashkilotlarda davlatlar uchun a’zolik badallari belgilanayotgan paytda, davlatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan, ularni yillik ichki yalpi mahsuloti darajasidan kelib chiqiladi. Bunda, albatta, bir tomondan iqtisodiy adolat prinsiplaridan kelib chiqiladi. Ammo shu bi]an bir qatorda bunday tartib ayrim xalqaro tashkilotlarda qarorlar qabul qilishda har doim ham davlatlarning tenglik prinsipiga rioya qilinishiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, BMTni moliyalashtirishda, uning barcha xarajatlarining 25%i AQSH zimmasiga to'g'ri kelsa, 19,9%i Yaponiya, 9,8%i Gennaniya, 6,5%i Fransiya, 5,4%i italiya, 5,1 %i Buyuk Britaniya, 2,6%i Ispaniya I zimmasiga, 25,7%i esa qolgan barcha a’zo davlatlar zimmasiga to‘g‘ri 1 keladi. Shunday holat Xalqaro valyuta jamg'armasining zayomli kapitalini shakllantirishda ham ko'rinadi. Bu esa ko'pincha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning o'z irodasini nisbatan kam rivojlangan davlatlarga o'tkazishda qo‘1 keladi. A’zolik badallarining to’lanishi talabi xalqaro tashkilotlar faoliyatida davlatlaming ishtirok etishi hamda unda qarorlar qabul qilishda ishtirok etishiga ta’sir etishi mumkin. BMT Ustavining 19-moddasiga binoan Tashkilotga a’zolik badali to*lash bo‘yicha qarzdor bo'lgan Tashkilot A’zosi, agar qarzining miqdori uning oxirgi to'liq ikki-yil uchun to'lashi lozim bo'lgan pul miqdoriga barobar yoki undan ortiq bo'Isa, Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi, deb ko'rsatib o'tilgan. BMTda a’zolik badallarini to'lamaganligi uchun ovoz berish huquqida mahrum qilingan qarzdor davlatlarning ro'yxati berib boriladi. Xalqaro tashkilotlarning organlari Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning organlari xalqaro tashkilotning tashkiliy qismi bo'lib, ular mazkur tashkilotning ta’sis yoki boshqa aktlarga asosan tashkil etiladigan tizimli bo'lagi hisoblanadi. Odatda, xalqaro tashkilotlarning organlarining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishda. bu organlami tasniflash orqali o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki xalqaro tashkilotlarning organlarini tasniflash orqali, tashkilotlardagi umumiylikni hamda ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish mumkin bo'iadi. Xalqaro tashkilotlar organlarini quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq hisoblanadi: faoliyai xarakteriga ko'ra tasniflash: vakillik va funksional; davlatlararo; parlamentlararo (misol uchun Yevropa Ittifoqi Parlamenti); ma’muriy (xalqaro tashkilotda xizmatda turgan xalqaro mansabdor shaxslardan tashkil topgan); a’zoligi cheklanmagan, ya’ni oliy yoki plenar organ; a’zoligi cheklangan organlar; xalqaro tashkilotlarning doimiy va doimiy bo'lmagan organlari; • xalqaro tashkilotlarning ustavli va ustavdan tashqari organlari; davlat vakillari sifatida yoki xalqaro mansabdor shaxslar sifatida ishtirok etishi orqali shakllanadigan organlar. Shuningdek xalqaro tashkilotlarning davlatlardagi vakolatxonalari ham xalqaro tashkilot tizimida muhirn ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tashkilot organlarini tarkibi, zimmasidagi vazifalar nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi vakiliik (misol uchun BMTning Bosh Assambleyasi); ikkinchisi funksional (misol uchun:BMTning Xavfsizlik kengashi). Xalqaro tashkilotning oliy organi barcha a’zo davlatlar vakillarining yalpi majlisidir. U Assambleya, konferensiya, kongress va shu kabi turlicha nomlanishi mumkin. Ushbu organlar asosiy masalalar yuzasidan qaror qabul qilish bo'yicha mas’uldir. Ular muntazam ravishda har yili (BMTning Bosh Assambleyasi), ikki yilda bir (YUNESKOning Bosh konferensiyasi) va hatto besh yilda bir marta (Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi) уig‘ilishib turadi. Plenar organ rezolutsiyalarini tayyorlash uchun oliy organ sessiyasi mobaynida ishlaydigan umumiy tarkibdagi komissiyalar va qo‘mitalar tuziladi. Plenar organ cheklangan tarkibdagi organlarni tashkil etadiki, ular qatoriga asosiy ijro organi (misol uchun, YUNESKOning Ijro qo'mitasi) va tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo'yicha organlar (misol uchun BMTning Xavfsizlik kengashi, EKOSOS) kiradi. Cheklangan tarkibdagi organlarni tashkil etishda muayyan mezonlar, awalo, asosiy mintaqalar va davlatlar guruhi vakilliklari hisobga olinadi. Bundan boshqa mezonlar ham mavjud. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning rahbarlik organida lOta joy sanoati rivojlangan mamlakatlar egallagan. Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) Kengashida fuqaro aviatsiyasiga navigatsiya xizmati ko‘rsatishda ulkan hissa qo‘shayotgan davlatlarning alohida vakilligi ta’minlanadi. . , , Ikki tomonlama xalqaro tashkilotlar, masalan, qo‘shma komissiyalar yoki cheklangan maqsadli tashkilotlarda odatda bunday murakkab tizim mavjud emas. Davlatlar ularda ko‘pincha tashkilotning barcha vagifalarini bajaradigan o‘z mansabdor shaxslari orqali vakiliik qiladi. Kolp tomonlama tashkilotlar organlarining katta qismi vakillikka asoslanadi, ya’ni ular tarkibiga davlatlar yo'llagan shaxslar kiritiladi. Faqatgina ijro faoliyati bilan mashg'ul ayrim organlarda yollanma xodimlar ishlaydi. Ayrim xalqaro tashkilotlar tarkibida sudlov organlari ham mavjud boTadi. Odatda hu organlar shaxsiy sifati asosida saylanadigan va mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi shaxslardan iborat bo’lib, ular na xalqaro tashkilot va na o‘z hukumatlari oldida hisobdor ernas. Ammo istisnoli hollar ham uchraydi. Masalan, MDH Iqtisodiy sudi tarkibini tom ma’noda a’zo davlatlar tayinlaydi va ular o‘z hukumatlari qaroriga muvofiq vazifasidan ozod etilishi mumkin. Sudlov organiarining faoliyati odatda xalqaro tashkilot a’zolari o’rtasida shu tashkilot qabul qilgan huquq normalarining buzilishi tufayli yuzaga kelgan nizoii masalalarni hal etishdan iborat bo‘ladi. Universal xalqaro tashkilotlar tarkibida, shuningdek ma’muriy tribunallar, ya’ni kadriar masalaiari bo'yicha sudlar ham mavjuddir. Mintaqaviy integratsion birlashmalarning sudiari, misol uchun, Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Yevropa sudi yoki And umumiy bozori sudi aiohida mavqyega egadir. Bunday sudlar nafaqat davlatlar, balki birlashma organlari qabul qilgan qarorlarning huquqiy jihatdan to‘g‘riligini ko'rib chiqadi. Mintaqaviy integratsion birlashmalar tarkibiga bir qator hollarda parlament organlari ham kiradi. Ko pincha ular a’zo davlatlar parlamentlarining vakillaridan iborat bo'lib, milliy qonunlami o'zaro yaqinlashtirish va uyg'unlashtirish vazifasini bajaradi. Yevropa Parlamentini (Yevropa Ittifoqi organlaridan biri) bevosita a’zo davlatlar aholisi saylaydi va plenar hamda ijro organlari aiohida muhim qarorlar qabul qilishi chog'ida maslahatchilik vazifasini bajaradi. Barcha xalqaro tashkilotlar xizmat ko'rsatish bilan bog’liq ishlarni bajaradigan kotibiyatga egadir. Unga oliy organ muayyan muddatga saylab qo’yiladigan bosh ma’muriy shaxs, misol uchun Bosh kotib (BMT), Bosh direktor(YUNESKO) rahbarlik qiladi. O'zbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishining nazariy jihatlari O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng uning xalqaro aloqalari jadallik bilan rivojlanib, kengayib bormoqda. Bu esa, birinchi navbatda, xalqaro aloqalar olib boruvchi vakolatli vazirliklar va muassasalar oldiga katta vazifalar qo‘ymoqdaki, bularning birinchi galdagisi, bu xalqaro munosabatlarda faoliyat ko‘rsata oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Mazkur fanning dolzarbligi, yana bugungi kunda 50dan ortiq turli xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik olib borayotgan mamlakatimizga, ushbu sohada har tomonlama chuqur bilimlarga ega bo'lgan, xalqaro tashkilotlar doirasida bemalol faoliyat ko‘rsata oladigan mutaxassislarning zarurligi bilan ham izohlanadi. Ikkinchidan esa xalqaro huquqning teng huquqli subyektlari bilan xalqaro tashkilotlar doirasida O'zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qila oladigan va bu manfaatlardan kelib chiqib qaror qabul qiluvchi mutaxassislarning zarurligi bilan izohlanadi. Uchinchidan esa bugungi kunda “Xalqaro huquq” fanining rivojlanishini bunday sohalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlantirmasdan tassavur qilish qiyin. To'rtinchidan, nafaqat jahon miqyosida, balki Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi kuchiarga qarshi kurashda, BMT, NATO, SHHT kabi xalqaro tashkilotlaming roll va o‘rni katta bo‘lib qolmoqda. Qayd etish lozimki, 2015—2016-yillarda O'zbekistonning SHHTdagi raisligi doirasidagi faoliyati mazkur Tashkilotni kengaytirishda, uning faoliyatini yanada takomiliashtirishda, unda qabul qilingan hujjatlarning samaradorligini oshirishda, umuman, tashkilotning xalqaro maydondagi, shu jumladan Markaziy Osiyodagi mavqeyini yanada mustahkamashda, o‘z navbatida O'zbekistonning bunday mo'tabar xalqaro tashkilotlar I doirasidagi faoliyatini yanada kengayishida, uning xalqaro-huquqiy I tashabbuskorligini oshirishda muhim rol o'ynadi. Xalqaro huquqning xalqaro tashkilotlar huquqi nomli tarmog'ini chuqur o'rganish hozirgi paytda mamlakatimiz uchun, ayniqsa, uning tashqi siyosati uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakatimizda hozirgi kunda, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik, savdo, turistik vakolatxonalarida, shuningdek turli xalqaro tashkilotlar tuzilmalarida faoliyat olio borishga qodir bo'lgan yuqori malakali milliy kadrlar tayyorlashga katta ehtiyoj sezilmoqda. Mustaqillikdan oldin bu sohaga ehtiyojning o‘zi ham yo‘q edi. Mustaqillikka erishilganidan keyingina mamlakatimiz fanida, olimlarimizda, mutaxassislarimizda bu sohaga qiziqish kuchaya boshladi. Mamlakatimizda xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutlari tashkil etildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O'zbekiston Milliy universiteti kabi bir qator oliy o'quv yurtlarida talabalarga xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, xalqaro huquqning turli yo'nalishlari bo'yicha maxsus kursiarning o'qitilishi yo‘lga qo'yilmoqda. “Xalqaro tashkilotlar huquqi” fani ham shunday yangi fanlardan hisoblanadi. O‘zbekistonda “Xalqaro tashkilotlar huquqi”ning shak'lanishida bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotchi 1 ik ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, Toshkent davlat yuridik univesitetida har yili xalqaro tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar huquqining turli jihatlariga bag'ishlangan bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. Shu bilan bir qatorda qayd etish kerakki, bu sohaga, ya’ni xalqaro tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar huquqining turli jihatlarini o‘rganishga yoki muayyan xalqaro tashkilotga bag'ishlangan, ular bitan 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy hamkorligi masalalalari tadqiq qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari1 tayyorlanmoqda, ilmiy maqolalar. adabiyotlar va monografiyalar2 chop etilmoqda, BMT. SHHT kabi xalqaro 'Диссер-гаціш лвторефератларм Тошев Б. Хал каре тяшкнлотлзрнннг муаллмфлик қуқу.кітга окд халкаро хужжатларишшг макомп. - Т : ЖИДУ. 2008. - <19 б.: Рахнмоя Л/ Сотрудничество Республики Узбекистан со соеіхиллкзированиымн Учреждениями ООН 1991-1999 гг (ип примере ЮНЕСКО): - Т.. 2000; Шарипова 3_<-4. Правовые проблемы сотрудничества Узбекистана с международными неправительственными организациями- - Т ТПОИ. 200-1 - 25 с ; Мўминоа А. Узбекистан Реслубликяоши ЮНЕСКО билан адмкорлшиыинг хялкяро- ҳукуккп масалалари. - Т. ЖИДУ. 2005. - 29 6.; Хами^мо АМ Ўэбекиетои Рсспубликлсинккг БЫТ оилов хамкорлмпшинг ҳуқуюш жихаглври. - Т.: ЖИДУ' 2008. - 29 б.; Районов Ш. Признание резолюшл международных ергаюпашш в качестве источника международного ирная - Т.' УМ ЗД 2006. - С 23 , Aftpjue# Ш . Г Хажаро суди юриадикіиімси - Т УМЭД 20СГ7 - С 28.. Ф Осолымста правового от.теа деггельнсста международных пзрламегтгекпх сіргаіп наций. - Т: УМЭД 2007 - С 23 , Atusqpr** А. Мелс^'ндролнл-пргзоаые аспекты координации доггспьности ООН в борьбе терроризмом Т. УМЭД 2097 _ Арпшкиеа И Римский ( тап . Международного уголовного суда: некоторые правовые аспекты имплементации ндюоаальнолэ законодательства Узбекистана - Т. УХОД 2008. - 23 с, Юнусов X. Узбекистан Реснубликао) м Европа Иттмфоьл хамкорлипипшг халкаро хуқукігн масалалерп. - Т.: ЖИДУ, 2009 - 29 б; 2Сог«юв А X. Узбекистан и ОБСЕ грани сотрудничества - Т., 1998; Каримом А. Международные организации — инструмент мкогосторонпего сотрудничества (Геория и практика). - Т.: УМЭД, 2001,, Бирлашгои » ігстлатлзр Ташкилопі Асосии ошщлар - Т: БМТніінг Узбекмсгошаги «аколатхокаси. 2001. Гу.тяиова И. Ос.чоаиые леателаиости ООН в области праа человека - Т. 2С02: Мумиим А. Уаиешстоа еа ЮНЕСКОюин халқаро-хукукіш ыуиосябэтларп - Т. Яап, пер аллодл. 2003: Якг>< аср ла.юли. - I . -003. Тетачемск . Ўэбекистох ка Барлашган Місшатлар Ташкллоан. - Т : Ғ.Ғулом номчлагн ДлабнСт оа оаиьаг кал-рпОчи. - , tashkilotlaiga bag‘ishlangan maxsus ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda ayrim xalqaro tashkilotlaming faoliyati, ularning xalqaro huquqiy maqomi, faoliyati, xalqaro hujjatlarining o'ziga xos xususiyatlari, bu tashkilotlar bilan O'zbekiston Respublikasi hamkorligining huquqiy, siyosiy va boshqa jihatlari o'rganilgan. Xalqaro tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar huquqi masalalariga bag'ishlangan dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar. monografiyalar va boshqa adabiyotlami o'rganish asosida xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar huquqi sohasida ilmiy maktab shakllanmoqda. Yuqorida qayd eiilgan tadqiqotlarda ayrim xalqaro tashkilotlarning, shuningdek xalqaro tashkilotlar huquqini shakllanishining ayrim jihatlari 0‘rganilgan bo4lib, o‘zbek xalqaro huquq maktabida xalqaro tashkilotlar huquqining nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tadqiq qilish ilmiy tadqiqotchilikda dolzarb masala sifatida qolmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, “Xalqaro tashkilotlar huquqi” alohida mustaqil huquq sohasida o'zining tartibga solish obyekti va predmetiga ega bo‘lib, o‘zining mustaqil tartibga soluvchi huquqiy asoslariga ega. Ikkinchidan, u xalqaro-huquqiy fan sifatida shakllandi. Bu fan boshqa davlatlar kabi O‘zbekistonda ham xalqaro huquqiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, umuman, xalqaro munosabatlarning barcha sohalari bo'yicha kadrlar tayyorlash tizimida o‘z o'rnini topdi. Uchinchidan esa mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar huquqi sohasida ilmiy tadqiqotchilik maktabi shakllanmoqdaki, mazkur maktabning vazifasi sifatida xalqaro munosabatlar yanada jadallashgan va murakkablashib borayotgan bir paytda, xalqaro tashkilotlarning bu jarayondagi o‘mi va rolini, uning mavqeyini hamda takomillashib borayotgan xalqaro huquqqa ta’sirini va, eng muhimi, xalqaro huquqiy munosabatlarning bunday ishtirokchilari Хакимов P. Узбекистан н Организация Объединенных Наций - T.: Zar QaJam, 2006; ЦРадихоИлсаев LLL Всемирная торговая организация я развивающиеся страны: вопросы разрешения споров. - Т: НЦПЧ, 2005.; Шарапова С. Многосторонность и внешняя политика Республики Узбекистан - Ташкент ТыиГИВ, 2007.; К)'чара в Ч. М аркадий Осиёммнг мимтакдвий интеграцией жараёмн муаммолари (Геоснёсий тахлип тажрябаси). — Т.; Фан, 2008,; Мумичобг Г, Бсбокулои И.. Юнусиа X., Спийзер О., Норжатов В. Европейский союз и Центральная Азия. - Т.: ЖИДУ, 2010. ’“Европа Итти^окинннг Марказий Осис учун яиги стрятегяяси: хоз ирги холата, муаммо.тарн ва испіқболляри” мдвзускдаги халхаро нлмиП-амалки анжуман матсриллари тўплами. - Т.: ЖИДУ, 2010; “Европа Итпіфоқи на Узбекистан; лиги Бутон ила к йули бўйпаб сиесий, икгнеодий вд мод алий ало кал др’1 мавзуелдаги хал каре пимий- амалнй анжуман матер налл ар и туплами. - Т. ЖИДУ, 2010 , “Узбскистон ва БМТ: тажриба ва хамкорлпк нстпқболлари'’ мавзусңдаги конференция матер налл при - Т.: ТДЮИ. 2007.; “Ўзбскистон в а ШХТ: мннтакдца хавфепзлик ва барқароргтикня мустахкамлдш йулпда: нлмлй-амалий апмеумпм матсрмаллари (Тошкспт, 2011 йил 29 апрель). -Т., 2011.; “Ўэбекмстон ва БМТ: тажриба ва хамкорлпх иcтиқбoллapи,’ хіавзусидаги ливра сухбати матер иаллари -Т.: ТДЮИ, 2012. biJan 0‘zbekiston Respublikasining hamkorligining istiqbollarini kcfrsatib berishi lozim. Nazariy savollar: Xalqaro tashkilotlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishini xronotogik tartibda tushuntirib bering. Millatlar Ligasining tashkil topishiga nima turtki bo'ldi? BMT tashkil topishi va undan keying! davrda xalqaro tashkilotlaming rivojianish tendensiyalarini tushuntirib bering. Xalqaro tashkilotning tushunchasini aytib bering. Xalqaro hukumatlararo tashkilot nima? Xalqaro nohukumat tashkiloti nima? “Xalqaro paratashkilot” nima? Xalqaro tashkilotlar huquqi tushunchasini aytib bering. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik masalasi qanday klassifikatsiya qilinadi? Xalqaro tashkilotlaming organlari qanday klassifikatsiyalanadi? O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va uning fan sifatida rivojlanib borish tendensiyalarini tushuntirib bering. Kazus 1. Ma’lumki, Falastin deyarli bir vaqtda (2011-yil) BMT va YUNESK.O kabi tashkilotlarga doimiy a’zolik uchun ariza bilan murojaat qilgan edi. 2011-yil Falastinning YUNESKOga a’zoligi bo‘yicha murojaati YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan ijobiy hal etildi. Ammo BMTga doimiy a’zo bo’lishi haligacha (ya’ni 2016-yilning yanvari bo‘yicha) hal etilgani yo'q. Falastinni suveren, to‘la huquqli davlat sifatida mazkur tashkilotlarga a’zo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarda BMTning Xavfsizlik kengashi, YUNESKOning Tjroiya qo‘mitasi kabi asosiy organlarning vakolatlari va qarorlari ha) qiluvchi rol o’ynagan. Savol: Mazkur tashkilotlarga a’zolik uchun qabul protseduralari qanday? Ular 0‘rtasidagi farqni aniqlang. Falastinni ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun murojaati hamda uning ko‘rib chiqiIganligini, tashkilotlaming rasmiy saytiaridagi hujjatlariga asoslangan holda ohganing. Falastinni BMTning doimiy a’zoligi uchun murojaati qabul qilinmaganligining sabablari va omillarini tushuntiring bering. Kazus 2. Ocatda BMTda ayrim davlatlarning “qarzdorligi” bo'yicha ro'yxat e’lon qilinadi. Savol: BMT a’zo davlatlarining “qarzdorligi” deganda nima tushunijadi va unirig bu davlatlar uchun qanday huquqiy oqibatlami keltirib chiqarishini aniqlang. BMTning joriy yildagi “qarzdor” davlatlarini va ularning qai’zdorligi sabablarini BMT rasmiy saytidan tegishli rasmiy hujjatlar asosida aniqlang. Kazus 3. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2016-yili Toshkentda bo'lib o'tgan sammitida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov so‘zga chiqib, 0‘zbckiston bundan keyin ham Tashkiiot doirasida qarorlarning konsensus asosida qabul qilinishi tarafdori bo'lib qolishiga alohida to'xtalib o'tgan edi. Savol: Xalqaro tashkilotlar doirasida qaror qabul qilinishida konsensus prinsipining mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering. SHHT doirasida qarorlar qabul qilinishi protsedurasini ko'rsatib bering. Nima uchun 0‘zbekiston SHHT doirasida konsensus asosida qarorlar qabul qilinishi tarafdori ekanligini va uning ahamiyatini asoslab bering. Kazus 4. 1996-yili Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti BMTning Xalqaro sudidan yadro qurolini qo'llashning qanchalik mumkinligi yoki munikin emasligi bo‘yicha maslahat xulosasini soTaydi. Savol: BMTning Xalqaro sudi vakolatlarini, unga murojaat protsedurasini aniqlang. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining bunday so'rov bilan murojaat qilishining huquqiy asoslarini aniqlang. Xalqaro sudning mazkur so'rovga javobini Xalqaro sud rasmiy saytidan toping va uning huquqiy tahlilini bering. Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: Право международных организаций. Учебник / Под ред. И.П.Блищенко, А.X.Абашидзе. - М.: РУДН, 2013. Юлдашева Г., Борсиева 3., Гафурова Н. Право международных организаций. - Т.: ТДЮИ, 2013. Закирова С. Международные экономические организации. — Т.: УМЭД, 2012. Шибаева Е., Поточный М. Правовые вопросы структуры и деятельности международных организаций. — М.: изд-во МГУ, 1988. Мўмииов А. Ўзбекистон ва ЮНЕСКОнинг халқаро-ҳуқукий муносабатлари. — Т.: Янги аср авлоди, 2003. Муминов А. Халкаро ташкилотлар ҳуқуқи. Ўқув кўлланма. — Т.: ЖИДУ, 2014. Лукашук И., Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқук назарияси асослари. Дарслик. -Т.: Адолат, 2006. Международное право Учебник /7 Под ред. А.А.Ковалева. С.В.Черниченко. 3-е изд. - М.: Омега-Л, 2008. Международное право. Учебник / Под ред. А.Н.Вылегжанина. - М.:Юрайт: ИД Юрайт. 2011. IX BOB. XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi. Xalqaro huquqiy javobgariik subyektlari. Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi. Xalqaro huquqbuzarlik turlari va ular uchun javobgarlik asoslaii. Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari. Xalqaro jinoyat sudlari. Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi 19> Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling